Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə4/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

I.Tashkiliy qism


О‘qituvchi ushbu darsni о‘tkazishdan bir hafta avval о‘quvchilarni darsning maqsadi, о‘yin mashqni olib borish tartibi, о‘quvchilar bajarishi lozim bо‘lgan о‘quv topshiriklari bilan tanishtiradi.

Dars “Zinama-zina о‘yini” qoidasiga binoan 2-bosqichda о‘tkaziladi.

1. Bosqich. О‘quvchilarning о‘quv fani bо‘yicha tushuncha, g‘oyalar va atamalar­ni о‘zlashtirish darajasini aniqlash.

Buning uchun о‘qituvchi darslikda berilgan atamalar izohidan foydalanib 3 xil variantda 30 tadan atamalar majmuasini tuzadi. Atamalar yonida uning izohi bо‘lishi shart. О‘qituvchi bu bosqichda о‘quvchilarni teng sonli 6 kishidan iborat kichik guruhlarni tashkil etadi. Har bir gurux “Atamalar” varag‘ining variantini tanlab oladi.

Quyida shunday “Atamalar varag‘i” dan namuna berilmoqda.

1-bosqich uchun savollar tо‘plami


Tur tarqalgan arealning chetki qismlarida yangi populyatsiyalarning paydo bо‘lishi.(allopatrik tur hosil bо‘lishi)

Bir-biriga yaqin joylashgan orollar majmuasi. (arxipelag)

Tarixiy davrda tarkib topgan, о‘z-о‘zini boshqaruvchi bir xil tabiiy uyushma, biotsenozning anorganik tabiat komponentlari bilan cham-barchas bog‘langan mustahkam ekologik sistema. (biogeotsenoz)

Populyatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar tо‘plami. (genofond)

Tasodifiy sabablar ta’sirida populyatsiya genetik tuzilishining о‘zgarishi genetika avtomatik jarayon (genlar dreyfi)

Evolyusiya jarayonida bir ajdoddan tarqalgan organizmlarda belgi-xossalarining bir-biridan farqlanishi.(divergensiya)

Dushman tomonidan kо‘p nobud qilinadigan hayvonlarni himoyalangan hayvonlarga rang, shakl jihatdan taqlid qilish. (mimikriya)

Kelib chiqishi har xil funksiyasi bо‘yicha о‘xshash organlar. (analogik)

Bajaradigan funksiyasidan qat’iy nazar kelib chiqishi, tuzilishi о‘xshash bо‘lgan organlar. (gomologik)

О‘simlik va hayvonlarning Yer kurrasi bо‘yicha tarqalishini о‘rganuvchi fan. (biogeografiya)

Tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda о‘xshash bо‘lishi. (konvergensiya)

Turdan yuqori sistematik guruhlarda rо‘y beradigan evolyusion jarayonlar. (makroevolyusiya)

Qazilma holdagi organizmlarni о‘rganuvchi fan. (paleontologiya)

Evolyusion jarayonda organlar hajmining kichrayishi, sonini kamayishi, funksiyasining yо‘qolishi. (rudiment)

Organizmlarning embrional rivojini о‘rganuvchi fan. (embriologiya)

Hayotning g‘ayritabiiy kuchlar tomonidan yaratilganini ta’kidlovchi ta’limot. (kreatsionizm)

Hayotning Yerda boshqa sayyoralar sistemasidan kelib qolganligini ta’kidlovchi ta’limot. (panspermiya)

Hayotning anorganik tabiatdan rivojlanganligini ta’kidlovchi dunyoqarash. (abiogenez)

Hayotning mavjud hayot shakllaridan rivojlanganligini ta’kidlovchi ta’limot. (biogenez)

Suyuq ovqat mahsulotlarini yuz gradusgacha qaynatish yо‘li bilan mikroorganizmlardan tozalash usuli. (pasterizatsiya)

Organizmlarning tuzilishi, hayot faoliyatining yuksalishi. (aromorfoz)

Organizmlarning murakkab tuzilishdan sodda tuzilishga о‘tishi. (degeneratsiya)

Yura davridagi bahaybat qadimgi sudralib yuruvchi dinozavrlarning bir xili. (diplodok)

Organizmlarning muhit sharoitiga xususiy moslashishi. (idioadaptatsiya)

Eng keyingi era. (kaynozoy)

О‘rta era. (mezozoy)

Qadimgi era. (paleozoy)

Birinchi hayot erasi. (proterozoy)

Qadimgi sudralib yuruvchilar, dastlabki sut emizuvchilar о‘rtasidagi oraliq hayvon. (terapsid)

Eng qadimgi era. (arxey)

Kichik guruhdagi 6 о‘quvchining bittasi “kichik konsultant” vazifasini bajaradi. U о‘quvchilarga variantdagi savollarni ketma-ket berib, ularning javobini atamalar izoxi bо‘yicha nazorat kiladi. Javob tо‘g‘ri bо‘lgan holda ularga avvaldan tayyorlanib qо‘yilgan kartochkalarni berib boradi.Shunday qilib har bir о‘quvchi savollarga galma-gal javob berib, bu bosqichda 6 ball tо‘plash imkoniyati bо‘ladi. О‘quvchilarning tо‘plagan bali ulardagi kartochkalar soniga qarab aniqlanadi. Shundan sо‘ng, о‘yinning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

II – bosqichda о‘qituvchi о‘quvchilarni tо‘plagan ballariga muvofiq

qayta guruhlaydi.О‘qituvchi bu bosqich uchun alohida topshiriqlar tuzadi:

II – bosqich savollari:

1 ball tо‘plagan о‘quvchilar guruhi savollari

Ongli va ongsiz tanlashni о‘zaro taqqoslang. Ular о‘rtasidagi о‘xshashlik va farqni aniqlang.

Gomologik organlarga ta’rif bering. Misollar keltiring.

Yerda hayotning rivojlanishini qaysi eralar va davrlarga bо‘lib о‘rganiladi.

2 ball tо‘plagan о‘quvchilar guruhi savollari:

Sun’iy tanlash va tabiiy tanlanishni taqqoslang.

Analogik organlarga ta’rif bering. Misollar keltiring.

Kaynozoy erasidagi, hayotning rivojlanishidagi о‘ziga xoslikni tushuntiring.

3 ball tо‘plagan о‘quvchilar guruhi savollari:

Yashash uchun kurashning qanday xillari bor? Ularga misollar keltiring.

Biogenetik qonunning mohiyatini izoxlang.

Umurtqali hayvonlarda qon aylanish organlarining evolyusiyasini tushuntiring.

4 ball tо‘plagan о‘quvchilar guruhi savollari:

Tur mezonlarini aytib bering.

Yerda hayotning biokimyoviy evolyusiyasining mohiyatini tushuntiring.

Xayvonlarda nerv sistemasining evolyusiyasini izohlang.

5 ball tо‘plagan о‘quvchilar guruhi savollari:

Evolyusiyaning molekulyar soatini tushuntiring.

Paleozoy erasida hayotning rivojlanishini tushuntiring.

Hayotning paydo bо‘lishi haqidagi nazariyalar tо‘g‘risida gapirib bering.

6 ball tо‘plagan о‘quvchilar guruhi savollari:

Evolyusion jarayonning turli yо‘ralishlarini tushuntiring.

Mezozoy erasida hayotning rivojlanishidagi о‘ziga xoslikni tushuntiring.

Tabiiy tanlanishning harakatlantiruvchi, stabillashtiruvchi, dizruptiv shakllarining mohiyatini tushuntiring. Ular orasidagi о‘xshashlik, farqlar va о‘zaro bog‘lanishlarni tushuntiring.

О‘quvchilar bu topshiriqlarni bajarib bо‘lganlaridan sо‘ng, о‘zaro savol-javob о‘tkazadilar.Har bir guruh о‘z topshiriqlarini kо‘rgazmali vositalar yordamida bayon etadi.Topshiriqni mukammal bajargan kichik guruhlar rag‘batlantiriladi va g‘oliblar aniqlanadi. О‘qituvchi о‘quvchilar javobidagi kamchiliklarni aniqlaydi va unga barham beradi, sо‘ngra darsni umumiy yakunlaydi.
3.1.2. Modulli ta’lim texnologiyalari

О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyani о‘qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Modulli ta’lim texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha sо‘zdan olingan bо‘lib, qism (blok) degan ma’noni bildiradi.

Biologiyani о‘qitishda modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va har bir qismni о‘quvchilar mustaqil о‘zlashtirishlari uchun о‘quv topshiriqlari tuziladi. Shu о‘quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob о‘tkaziladi va xulosa chiqariladi.

Mazkur darslarda о‘quvchilarning bilish faoliyati modullarni ketma-ket о‘zlashtirishlarini nazarda tutgan holda tashkil etiladi. Har bir modulni о‘zlashtirish jarayoni о‘quvchilarning yaxlit bilish faoliyatining elementi sanaladi, ya’ni bir darsda yaxlit tashkil etilishi kо‘zda tutilgan о‘quvchilarning о‘quv faoliyati mavzu ajratilgan modullarga muvofiq holda о‘quv faoliyati elementlari (О‘FE)dan tashkil topadi. Agar darsda о‘rganiladigan mavzu mazmuni 4 ta moduldan iborat bо‘lsa, о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati mos holda 4 ta о‘quv faoliyati elementi (О‘FE) dan tashkil topadi. Shuni qayd etish kerakki, dars yakunida о‘quvchilarning о‘z faoliyatlarini tahlil qilishi va о‘z-о‘zini baholashini amalga oshirish maqsadida modul dasturini yakunlash bosqichi bо‘ladi. Shu sababli fikr yuritilayotgan ushbu darsda foydalaniladigan modul dasturida 5 ta о‘kuv faoliyati elementi (О‘FE) bо‘ladi. О‘qituvchi shu asosda modul dasturini tuzadi.

Ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri, о‘quvchilarga insoniyat tarixi davomida yaratilgan bilimlarni yetkazish, fanlar asoslari bо‘yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, zarur axborotlarni tanlash va mustaqil о‘qishni о‘rgatish orqali bilim olishga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirish va qiziqishlarini orttirishdan iborat.

Ushbu vazifalarni an’anaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanilgan holda hal etib bо‘lmaydi, shu sababli ta’lim-tarbiya jarayoniga modulli ta’lim texnologiyasini qо‘llash zarurati vujudga keldi.

Modulli ta’limning asosiy mohiyati, о‘quvchilar modul dasturlari yordamida mustaqil ishlashiga asoslangan о‘quv-bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadilar.

Modul dasturlari mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivoj­lan­tiruv­chi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, о‘quvchi­lar­ning dars davomida bajaradigan о‘quv topshiriqlari, topshiriq­lar­ni bajarish bо‘yicha berilgan kо‘rsatmalar, modul dasturini yakunlash qismini о‘zida mujassam­lashti­ra­di.

Modul dasturlarini tuzishda о‘qituvchi e’tiborini quyidagilarga karatishi zarur:

1. Modul dasturidan kо‘zda tutilgan didaktik maqsadni aniq yoritish. An’anaviy ta’limda, dars ishlangmasida о‘qituvchi darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanti­ruv­chi maqsadlarini о‘z zimmasiga yuklaydi, ya’ni о‘quvchilarda muayyan tushunchalarni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, tarbiya berish va h.k. Modul dasturining didaktik maqsadi darsning yuqorida qayd etilgan maqsadlariga uyg‘un holda о‘quvchilarning zimmasiga yuklatiladi. Shuni qayd etish kerakki, maqsad aniq bо‘lsa, unga muvofiq holda tadbirlar qо‘llaniladi va erishish oson bо‘ladi.

2. О‘quv materialini о‘rganishning mantiqiy yо‘nalishi (induktiv yoki deduktiv tarzda berilganligi)ni aniqlash. Modulli ta’lim tamoyillari hisobga olingan holda о‘quv materialini mazmunan tugallangan mantiqiy ketma-ketlikdagi kichik qism (modul)larga taqsimlash.

3. О‘quvchilar tomonidan о‘quv materiallarini har bir moduli yoki qismini о‘zlashtiri­shi uchun tashkil etiladigan о‘quv faoliyati usullarini belgilash.

4. О‘quv faoliyati usullariga bog‘liq holda modul dasturidan о‘rin olishi lozim bо‘lgan о‘quv elementlarini va ularning ketma-ketligini aniqlash.

5. О‘quvchilar bilimini aniqlash va nazorat qilish bо‘yicha dastlabki joriy nazorat, axborot tо‘plami, о‘qitish mazmunini qayta ishlash, yakuniy nazorat va о‘quvchilar bilimidagi tipik kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish yо‘llarini belgilash.



  • О‘quvchilar uchun asosiy va qо‘shimcha adabiyotlarni tanlash.

О‘quvchilar modul dasturi yordamida о‘quv materialini mustaqil va ijodiy о‘rganish jarayoni mazkur mavzuni о‘zlashtirish uchun dasturda belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishishi lozim.

Modul dasturini muvaffaqiyatli qо‘llashning muhim sharti, unda о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyatining о‘quv elementlarini tо‘g‘ri tanlashdir. Chunki о‘quvchilar modul dasturi bilan ishlaganda, aynan shu о‘quv elementlarini bajaradilar.

Modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishda о‘qituvchi quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:

1. О‘quvchilarga mustaqil о‘zlashtirish uchun tavsiya etiladigan о‘quv materiali о‘quvchilarning о‘quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ular uddalay oladigan va shu bilan birga maksimal darajada qiyin bо‘lmasligi kerak.

2. О‘quvchilar о‘quv materialini dasturda belgilangan vaqt doirasida egallashlari kerak.

3. О‘qituvchi о‘quvchilarni о‘quv materiallarini mustaqil va ijodiy о‘zlashtirish kо‘nikmasiga ega bо‘lishiga erishishi lozim. Bunda, dastlab о‘qituvchi darsga olib kiradigan axborotni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini о‘quvchilar о‘qituvchi yordamida ikkinchi qismini ijodiy va mustaqil о‘zlashtirishlari lozim. Keyin belgilangan mavzularni modulli dars shaklida о‘tkazishni mо‘ljallab, modul dasturlarini tuzadi.

Modul dasturi о‘qituvchilar tomonidan tuzilib unda о‘qitish maqsadlari mavzuni о‘rganish bosqichlari, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan о‘quv faoliyati elementlari, о‘quvchilar bilimini nazorat qilish yо‘llari ketma-ket yoziladi.

Shuni qayd etish kerakki, modul dasturlari bu - dars matni va о‘qituvchi tomonidan о‘quv materialini rejalashtirish emas, balki о‘quvchilarning u yoki bu mavzuni mustaqil va ijodiy о‘rganishlariga mо‘ljallangan о‘quv faoliyati dasturidir.

Modul dasturlari о‘qituvchilar tomonidan tuzilib unda о‘qitish maqsadlari, mavzuni о‘rganish bosqichlari, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan о‘quv topshiriqlari, о‘quv faoliyati elementlari, о‘quvchilar bilimini nazorat qilish yо‘llari ketma-ket yoziladi.

Modulli darslarda, mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan о‘quv faoliyati elementlardan yakka tartibda yoki tegishli О‘FE dan majmua holda foydalanish mumkin.

Ta’lim-tarbiya jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uchun о‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:


  1. О‘quv materiallarini modulli rejalashtirish. О‘quv yili boshida qaysi mavzularni modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanib о‘rganilishini belgilash;

  2. Mazkur mavzular bо‘yicha modulli dars ishlangmalarini loyihalash;

  3. Mavzuning ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq holda modul dasturlarini tuzish;

Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga kо‘ra:

  • О‘quvchilarning individual tarzda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturlari har bir о‘quvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, о‘zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, о‘z-о‘zini baholash kо‘nikmalarini rivojlantirish;

  • Ikkita о‘quvchi hamkorlikda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilganlardan tashqari, о‘quvchilarning bir-birini о‘qitish, о‘zaro hamkorlikda о‘quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, о‘zaro nazoratni amalga oshirishi;

  • О‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda о‘quvchilar о‘rtasida muloqot, о‘quv bahsi va munozara, о‘zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.

О‘qituvchi mazkur modul dasturlaridan avval individual tarzdagi modul dasturlaridan qо‘llab, о‘quvchilarning о‘quv materialarini mustaqil va ijodiy о‘zlashtirish kо‘nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan sо‘ng, ikkita о‘quvchi hamkorlikda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart sharoitlar vujudga kelgandan sо‘ng, kichik guruhlarda ishlashga mо‘ljallangan modul dasturlaridan foydalanishi lozim.

Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:

1. Musobaqa usuli.

О‘qituvchi о‘quvchilarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol-javob, о‘quv bahsi musobaqa tarzida о‘tkaziladi. Guruhlar о‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi. Guruh a’zolari о‘z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.

2. Kichik konsultantlar usuli.

О‘qituvchi о‘quvchilarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir guruhga kichik konsultantlar tayinlanadi. Kichik konsultantlar guruh ishini boshqaradi, о‘quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi. Har bir modul yakunida savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkaziladi. О‘zaro nazorat orqali о‘quvchilar baholanadi.

Modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darslarda о‘uvchilarning о‘quv-bilish faoliyati modul dasturlari asosida tashkil etiladi. О‘quvchilar о‘quv materialini modul dasturidan о‘rin olgan о‘quv topshiriqlarini sifatli bajarish orqali mustaqil о‘zlashtiradilar va о‘z о‘quv faoliyatining subyektiga aylanadilar. Shu tariqa yagona ta’lim-tarbiya jarayonining ikkita subyekti о‘qituvchi va о‘quvchi о‘quv jarayonidan kо‘zlangan maqsadga erishadi.

О‘qituvchi о‘quv materiallarini modullarga ajratadi va modul dasturini yaratadi. Har bir modulning xususiy didaktik maqsadi va о‘quv topshiriqlarini aniqlaydi. Mashg‘ulot yuzasidan nazorat test topshiriqlari va mustaqil ish topshiriqlarini tuzadi. О‘quvchilarning mustaqil о‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Modul dasturining didaktik maqsadi va о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. О‘quvchilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etadi. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.

Modul dasturidan о‘rin olgan har bir modul yakunida о‘quv bahsi, savol-javob, munozara, aqliy hujum о‘tkazadi. Modul dasturini yakunlaydi.

Mashg‘ulot yuzasidan test topshiriqlari yordamida о‘qituvchi nazoratini amalga oshiradi. Erishilgan natijani tahlil qilib о‘quvchilarga erishilgan natijasiga muvofiq holda mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini tavsiya etadi.

О‘quvchilar modul dasturining didaktik maqsadi, modullar, modullarning xusuciy didaktik maqsadlari, mashg‘ulot davomida bajariladigan о‘quv topshiriqlari, topshiriqlar yuzasidan kо‘rsatmalarni anglaydi. О‘z о‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Mashg‘ulot matnini mustaqil о‘zlashtiradi, о‘quv topshiriqlarini sifatli bajaradi, savollarga javob topadi. Muammoli vaziyatlardan chiqishning optimal variantlarini taklif etadi. О‘quv bahsi, savol-javob, munozara va aqliy hujumda faol ishtirok etadi va h.q.

3.1.3. Hamkorlikda о‘qitish texnologiyalari

Hamkorlikda о‘qitish g‘oyasi turli mamlakatlardagi jumladan Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson (1987), Kaliforniya universiteti professori J.Aronson (1978), Izroildagi Tel-Aviv universiteti professori SH.Sharan (1988) tomonidan ishlab chiqilgan.

Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda о‘qitish asosan о‘quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, Izroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda о‘qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, kо‘proq о‘quvchilar tomonidan о‘quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, о‘quv bahsi va munozaralar о‘tkazishni nazarda tutadi.

Mazkur g‘oyalar bir-birini tо‘ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.

Hamkorlikda о‘qitish g‘oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bо‘lgan. Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, G‘arbiy Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Izroil mamlakatlari ta’lim muassasalarida keng qо‘llanila boshlagan.

Hamkorlikda о‘qitishning asosiy g‘oyasi о‘quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda о‘qishni о‘rganishdir.

Hamkorlikda о‘qitish har bir о‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga о‘rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir о‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, о‘z kuchi va qobiliyatiga bо‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma’suliyat hissini shakllantirishni kо‘zda tutadi.

Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi har bir о‘quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, о‘quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, о‘quv materialini puxta о‘zlashtirishiga, о‘rtoqlariga hamkor bо‘lib, о‘zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi.

О‘qituvchi ta’lim jarayonida hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagilarni:


  • Qaysi mavzularni hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanib о‘rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi;

  • Ushbu mavzu bо‘yicha о‘quvchilarga tavsiya etiladigan о‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan kо‘rsatmalarni tayyorlashi;

  • Hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanib о‘tiladigan dars turi, dars strukturasi va borishini loyihalashi;

  • О‘tgan va yangi mavzular yuzasidan о‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.

Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki, о‘quvchilar о‘z sheriklari bilan hamkorlikda о‘quv topshiriqlarni tо‘g‘ri bajarishlari barobarida guruh a’zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular о‘rtasidagi muloqotda muloqot madaniyati tamoyillariga amal qilinishi ham hisobga olinadi.

Shunday qilib, guruh a’zolari bir vaqtning о‘zida ikkita topshiriqni bajaradi:

1. akademik topshiriq - bilish va ijodiy izlanish orqali о‘quv topshiriqlaridan kо‘zlangan maqsadga erishish;

2. ijtimoiy-psixologik topshiriq - dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga ega bо‘lish, odob osoyishtaligini saqlash;

О‘qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi.

О‘qituvchi biologiya ta’limi jarayonida hamkorlikda о‘qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning о‘ziga xos xususiyatlariga oid bilim, kо‘nikma va malakalarni, о‘quvchilarning mustaqil ishlari, о‘quv bahsi va munozaralarni samarali tashkil etish yо‘llarini egallagan, о‘quvchilarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, о‘z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, о‘quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish kо‘nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bо‘lishi lozim.

Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud:

Komandada о‘qitish (R.Slavin) da о‘quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari о‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir о‘quvchi mavzudan kо‘zda tutilgan bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishiga e’tiborni qaratadi.

Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bо‘lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, о‘quvchilarga topshiriq­larni hamkorlikda bajarish bо‘yicha kо‘rsatma berilishi yetarli emas. О‘quvchilar о‘rtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir о‘quvchining qо‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada о‘quvchilarning bilimlarni о‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir о‘quvchining kundalik natijasi avval qо‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina о‘quvchilar о‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, kо‘proq izlanishga, bilim, kо‘nikma va malakalarni puxta о‘zlashtirishga intiladi.



Kichik guruhlarda hamkorlikda о‘qitish (R.Slavin 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta о‘quvchidan tashkil topadi. О‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, sо‘ngra о‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. О‘quvchilarga berilgan о‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir о‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir о‘quvchi о‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, о‘rtoqlarini о‘qitadi, sо‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. О‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test topshiriqlari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.

О‘quvchilarning kichik guruhlardagi о‘quv faoliyati о‘yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda xam tashkil etilishi mumkin.



Hamkorlikda о‘qitishning zigzag yoki arra metodi.(E.Aronson 1978).

Pedagogik amaliyotda bu metod qisqacha “arra” metodi deb nomlanadi. Mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta о‘quvchidan tashkil topadi. Dars davomida о‘rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qism (blok yoki modul)larga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan о‘quvchilar bajarishi lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlar tuziladi. Har bir о‘quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bо‘yicha “mutaxassis”ga aylanadi. Sо‘ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) “mutaxassisi” bо‘lishi shart, mazkur “mutaxassis”lar о‘zlari egallagan bilimlarni xuddi “arra” tishlari ketma-ket kelganidek, navbat bilan о‘rtoqlariga bayon qiladi. Mazkur guruhlarda о‘quv materiali mantikiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.

Shuni qayd etish kerakki, ushbu darsda о‘quvchilar ikki marta guruhlarga ajratiladi.

Birinchi gurux “mutaxassislar” tayyorlash guruxi.

Mazkur mavzu bо‘yicha о‘quv materiali mantiqiy tugallangan fikrli tо‘rtta qismdan iborat bо‘lganligi sababli, darsda qatnashayotgan 32 ta о‘quvchi dars boshlanishidan oldin 4 xil rangdagi kartochkalar yordamida teng sonli tо‘rtta 8ta о‘quv­chi­dan iborat “mutaxassislar” guruhiga ajratiladi. Ular о‘zlariga tegishli о‘quv topshiriqlarni bajaradi va shu qism bо‘yicha “mutaxassislar”ga aylanadi.

Ikkinchi guruh “mutaxassislar” uchrashuvi guruhi. Rangli kartochkalarning har birining orqa tomonida 1 dan 8 gacha raqamlar yozilgan bо‘lib, barcha rangli kartochkalardagi raqamlar yig‘indisi sinfdagi о‘quvchilar soniga teng bо‘lishi lozim.

“Mutaxassislar” uchrashuvi kartochkalarning orqa tomonidagi raqamlar asosida 8 ta guruh tashkil etilib, bu guruhlar tarkibiga bir xil raqamli 4 xil rangdagi kartochkalarga ega bо‘lgan 4 ta о‘quvchi kiradi. Shuni qayd etish kerakki, bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) “mutaxassisi” bо‘lishi shart.

Mazkur uchrashuvda “mutaxassislar”lar о‘zlari egallagan bilimlarni xuddi “arra” tishlari ketma-ket kelganidek, navbat bilan о‘rtoqlariga bayon qiladi. Ushbu guruhlarda о‘quv materialining 4 ta qismi mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi. Sо‘ngra о‘quv materiali yuzasidan tuzilgan topshiriqlar yaxlit holatga keltirilib, guruhlar о‘rtasida savol-javob, munozara о‘tkaziladi.

О‘quvchilar bilimlarni puxta egallashning yagona yо‘li о‘z hamkorining axborotini diqqat bilan tinglash ekanligini anglagan holda, mushohada yuritishga, kerakli ma’lumotlarni daftarga yozishga harakat qiladi. Bu yerda о‘qituvchi faqat о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadigan tashkilot­chi vazifasini bajaradi. Dars oxirida о‘qituvchi о‘quvchilar­ning bilim darajasini test topshiriqlari yordamida aniqlay­di. Har bir о‘quvchining bilimi sifatidagi о‘sish hisobga olinadi.

О‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda о‘tkazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball tо‘plagan guruh g‘olib sanaladi.

Xulosa qilib aytganda, о‘qitish jarayonining samaradorligi о‘qituvchi tomonidan о‘quvchilarning bilish faoliyatini о‘qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish kо‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə