Ўзбекистон Республикаси


-dars. Darsning mavzusi: Biosfera evolyusiyasi. Biogenez, noogenez, noosfera



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə7/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17


39-dars.

Darsning mavzusi: Biosfera evolyusiyasi. Biogenez, noogenez, noosfera.
Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni biosferaning evolyusiyasi va uning bosqichlarida vujudga kelgan о‘zgarishlar bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: О‘quvchilarni biosferaning evolyusiyasi va uning bosqichlarida vujudga kelgan о‘zgarishlar bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va ekologik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarning biosferaning chegaralari, moddalar va energiya aylanishi, evolyusion tushunchalari, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Biosfera va uning chegaralari, bosqichlari aks etgan jadvallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (о‘quvchilarning yakka tartibda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturi)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Biosfera evolyusiyasi, biogenez va noogenez bosqichlari, xemosintezlovchi, fotosintezlovchi bakteriyalar, noogenika, noosfera.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

II. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash. (1- ilova)

III. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini о‘quv topshiriqlarini bajarishga yllash.

IY. Yangi mavzuni о‘rganish:

a) Yangi mavzu bо‘yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va о‘quvchilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;

b) О‘quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi о‘quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yllash;

v) har bir о‘quv faoliyati elementi topshiriqlarining tо‘liq bajarilishini nazorat qilish,tegishli kо‘rsatmalar berish;

Mavzu mazmuni quyidagi 3ta modulga ajratiladi.

1. Biosfera evolyusiyasi.

2. Biogenez bosqichi.

3. Noogenez bosqichi.

4. О‘zbekiston tabiiy boyliklari, mineral xom- ashyo resurslari, ulardan oqilona foydalanish yullari.

5. Insoniyatning barqaror rivojlanish konsepsiyasi - tabiat bilan jamiyatning koevolyusiyasi.

6. Tabiat bilan jamiyatni uyg‘unligi - zaruriy muammo.

Shu modullar asosida quyidagi modul dasturi tuziladi.

g) har bir о‘quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara о‘tkazish.

Y. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini aniqlash va baholash. ( 2 – ilova)

YI. Darsni umumiy yakunlash.Uyga vazifa berish. Mustaqil ravishda 39-§ matnini о‘qing. Darslikning 276 – sahifasidagi savollarga javob bering. Test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.
Biosfera evolyusiyasi. Biogenez, noogenez, noosfera.” mavzusi bо‘yicha о‘quvchilarning yakka tartibda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturi.

Modul dasturining didaktik maqsadi: siz modul dasturi yordamida mustaqil ishlab biosfera evolyusiyasi, uning biogenez, noogenez, noosfera bosqichlari bilan tanishishingiz, darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.


О‘F

О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan о‘quv

materialiga oid topshiriqlar



Topshiriqlarni bajarish bо‘yicha kо‘rsatmalar

Bah




Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qing, quyidagi savollarga javob toping va topshiriklarni bajaring:

Individual

ishlang
О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol – javobda faol

ishtirok etin





1-О‘F

Maqsad: Biosfera evolyusiyasi bilan tanishtirish.

1. Biosfera evolyusiyasiga qaysi omillar ta’sir etishini izohlang.

2. Biosfera evolyusiyasi nechta bosqichga ajratiladi?

3. Har bir bosqichning о‘ziga xos xususiyatini aniqlang va topshiriq yakunida berilgan jadvalni tо‘ldiring.



2-О‘F



Maqsad: Biosfera evolyusiyasining biogenez bosqichini о‘rganish.

Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qing, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

1. Dastlabki tirik organizmlarga xos xususiyatlarni о‘rganing.

2. Dastlabki tirik organizmlar va avtotrof organizmlarni taqqoslang.

3. Avtotrof organizmlarning kelib chiqishi qanday о‘zgarishlarga olib kelganligini aniqlang.

4. Kislorodning hosil bо‘lishi va sarflanishi о‘rtasida muvozanat qachon paydo bо‘lgan?

5. Tabiatda moddalar davriy aylanishida qaysi organizmlar ishtirok etishini aniqlang.

6. Insonning paydo bо‘lishi biosfera tarixida qanday о‘zgarishlarga olib keldi?


Individual

ishlang

О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol – javobda faol



ishtirok etin



3-О‘F



Maqsad: Biosfera evolyusiyasining noogenez bosqichini о‘rganish.

Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qing, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

1. Noogenez bosqichining bо‘lishiga qaysi omil sababchi bо‘lgan?

2. Noogenez bosqichini biogenez bosqichi bilan taqqoslang. Farqini aniqlang.

3. Noosfera tushunchasi fanga kim tomonidan kiritilgan?

4. Noogenika fanining vazifalarini aniqlang.

5. Darslikdagi topshiriqlarni bajaring.


Individual

ishlang




4-О‘F

4. О‘zbekiston tabiiy boyliklari, mineral xom- ashyo resurslari, ulardan oqilona foydalanish yullari haqida nimalar bilasiz?

5. Insoniyatning barqaror rivojlanish konsepsiyasi - tabiat bilan jamiyatning koevolyusiyasi deganda nimani tushunasiz?

6. Tabiat bilan jamiyatni uyg‘unligi - zaruriy muammo kanligi haqida fikr yuriting.

Individual

ishlang

keys stadi






5-О‘F


Modulni yakunlash.

Modul dasturining didaktik maqsadini о‘qib chiqing.

Siz unga qay darajada erishdingiz? О‘zingizning о‘quv faoliyatingizni besh balli tizimida baholang.

О‘quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bо‘lsangiz biosfera evolyusiyasi va bosqichlari nomlaridan foydalanib krossvord tuzing.

Agar о‘z о‘quv faoliyatingizdan erishilgan natija sizni qanoatlantirmasa, modul dasturi yordamida mavzuni qayta о‘rganing.


О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol – javobda faol

ishtirok etin






Biosfera evolyusiyasi. Biogenez, noogenez, noosfera ” mavzusidagi



modulli darsning texnologik xaritasi

TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism

5 minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajarila­digan topshiriqlarni anglaydi.

II bosqich

О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quv chilar-ning bilimlari­ni nazorat qi­lish va baholash.

10 minut


О‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriqlari yordamida о‘quvchilar bilimini nazorat qiladi va baholaydi.


О‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriq­larini bajaradi.


III bosqich

О‘quvchilarning bi­lish faoliyatini tashkil etish.

5 minut.


Modul dasturining didaktik maqsadi, modullar, ularning xususiy didaktik maqsadlari, bajariladigan о‘quv topshiriq­lari bilan tanishtiradi.

Modul dasturining didak­tik maqsadi, modullar, ularning xususiy didaktik maqsadlari, bajariladigan о‘quv topshiriq­lari yuzasi­dan kо‘rsatmalarni anglay­di.

IV bosqich

Yangi mavzuni о‘rganish.

45 minut.



О‘quvchilarning yakka tartib­da mustaqil ishini tashkil etadi.

Modul dasturidan о‘rin olgan har bir modul topshiriqlarini mustaqil о‘zlashtirilishini ta’min­lay­di.

Har bir modul yakunida о‘quvchilar bilan savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkazadi.

Tegishli hollarda yordam uyushtiradi. Modul dasturini yakunlaydi.



О‘z о‘quv faoliyatini tashkil etadi.

1-modul. Biosfera evolyusiyasi.

2- modul.Biogenez bosqichi.

3-modul. Noogenez bosqichi.

Modul dasturining didak­tik maqsadiga erishganlik daraja­si­ni aniqlaydi va о‘z-о‘zini baholaydi.

Savol-javob, о‘quv bahsida faol ishtirok etadi.




V bosqich. О‘quvchilar bilimi­ni nazo­rat qilish va baholash. 10 minut.

О‘rganilgan mavzu yuzasidan test topshiriqlari, savol­lar va didaktik jadvallar beradi.

Test topshiriqlari, savollar va didaktik jadvallarni bajaradi.

VI bosqich

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash. 5 minut.



О‘quvchilar faoliyatini va natijani tahlil qilish, ularga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi, mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.

1 – ilova.



1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.
1. Dengiz suvida uglerod nima sifatida tо‘planadi va chо‘kindi sifatida uzoq vaqt biogen migratsiyasida qatnashmaydi?

A. Kо‘mir kislota va uning tuzlari, bо‘r, ohaktosh, korallar.

B. Neft, toshkо‘mir, yoqilg‘i gazlari, torf, yog‘och.

D. Bо‘r, ohaktosh.

E. Karbonat angidrid, bо‘r, ohaktosh, korallar.

2. Kislorod yetishmaydigan sharoitda organik moddalarning minerallashmasdan qolishi natijasida nimalar hosil bо‘ladi?

A. Kо‘mir kislota va uning tuzlari, bо‘r, ohaktosh, korallar.

B. Neft, toshkо‘mir, yoqilg‘i gazlari, torf, yog‘och.

D. Bо‘r, ohaktosh.

E. Karbonat angidrid, bо‘r, ohaktosh, korallar.

3. Biogen migratsiyada eng faol ishtirok etuvchi elementlar nima deb ataladi?

A. Biogenlar. B. Organik moddalar. D. Biologik faol moddalar. E. Kimyoviy izotoplar.

4. Tirik organizmlar tarkibiga H2 ning qaysi izotopi kiradi?

A. H3. B. H1. D. H2. E. H1 va H2.

5. Tirik organizmlar tarkibiga 2 ning qaysi izotopi kiradi?

A. 16 va 18. B. 18. D. 17. E. 16 .

6. Biogen migratsiyada ishtirok etadigan kimyoviy elementlarning sonini kо‘rsating.

A. 67 ta. B. 30 ta. D. 40 ta. E. 27 ta.

7. Kam miqdorning cheksizligini ta’minlashning birdan bir usuli uni yopiq lialqa bо‘ylab aylanishga majbur etishdir. Tabiat xuddi о‘sha usulni tanlagan. Ushbu fikr qaysi olimga tegishli?

A. Vilyams V. R. B. Darvin CH. D. Vernadskiy V. I. E. Zyuss E.

8. Yerda moddalarning davriy aylanishini ta’minlovchi birdan-bir manba nima?

A. Biogen elementlar. B. Suv. D. Quyosh energiyasi. E. Kimyoviy energiY.

9. Bir yil davomida yerga tushadigan quyosh energiyasi 10,5xl020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning ... foizi Yerdan koinotga qaytariladi, ... foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, uning ... foizini Yer yuzidan qaytaradi.

A. 20, 42, 58. B. 42, 58, 20. D. 48, 52, 30. E. 52, 20, 48.

10. Yerga yutilgan quyosh energiyasining necha foizi suv va tuproqdan suvni bug‘lantirish uchun sarflanadi?

A. 10. B. 20. D. 50. E. 5.


Test javobi: 1 – A; 2 – B; 3 – A; 4 – B; 5 – E; 6 – D; 7 – A; 8 – D; 9 – B; 10 – A.

II.2. IJTIMOIY FANLAR, BIZNES VA HUQUQ SOHASIDA KASBGA YО‘NALTIRIB О‘QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR

1-dars. Darsning mavzusi: Kirish
Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni biologiya fanining mazmuni, tekshirish obyekti, ilmiy tadqiqot metodlari, fanlar sistemasi, nazariy va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: biologiya fanining mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyatini tushuntirish orqali о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hamda ularga ekologik va aqliy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: о‘quvchilarning biologiya fanidan olgan asosiy biologik tushunchalari, о‘quv adabiyotlari va darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Biologiya fanlari sistemasi, metodlari jadvali.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi (taqdimot darsi).

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, fanlari sistemasi, hayotning tuzilish darajalari, ilmiy – tadqiqot metodlari, muammolar, biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. О‘quvchilarning umumta’lim maktabida biologiya о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilimlarini faollashtirish (1 – ilova).

  3. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

  4. Yangi mavzuni о‘rganish:

Reja:

1. Biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti;

2. Hayotning tuzilish darajalari,

3. Biologiya fanlari sistemasi;

4. Biologiyaning ilmiy – tadqiqot metodlari;

5. Biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati;

6. Biologiya fanidagi muammolar.

7. Yashil iqtisodiyot.

О‘qituvchi ushbu darsni tashkil etishdan avval, о‘quvchilar guruhi bilan muayyan tayyorgarlik ishlarini olib boradi. О‘quvchilarga biologiya fani sohasida ishlayotgan “olimlar” maqomini berib, ular zimmasiga biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, biologiya fanlari sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati bо‘yicha axborot tо‘plash va о‘quvchilarni tanishtirish vazifasi yuklatiladi.

О‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan sо‘ng, о‘quvchilarning avval о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilimlarini faollashtiradi, sо‘ngra о‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi. Shundan sо‘ng biologiya fanining taqdimoti boshlanadi.

“Olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar navbat bilan о‘quvchilarni biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, biologiya fanlari sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati bilan tanishtiradi.

Y. О‘qituvchi taqdimot tugagandan sо‘ng darslikda berilgan topshiriqlar asosida о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi.

YI. О‘quvchilar о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash maqsadida topshiriqlar tavsiya etiladi. (2-ilova)

VII. Darsni yakunlash. Uyga vazifa: Mustaqil ravishda 1-§ matnini о‘qib, darslikning 8 – betidagi savollarga javob berish.

Kirish” mavzusidagi didaktik о‘yin texnologiyasidan foydalanilgan taqdimot darsning texnologik xaritasi



TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich.

Tashkiliy qism

3-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni anglaydi.

II bosqich.

О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

5-minut


О‘quvchilarning umumta’lim maktabida biologiya о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilimlarini

1 - ilovadagi topshiriqlar asosida faollashtiradi.



1 - ilovadagi topshiriqlarni bajaradi.



III bosqich.

Yangi mavzu rejasi bilan tanishtirish.

2-minut.


Taqdimot topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.


Taqdimot topshiriqlari­ning didaktik maqsadi, bajarila­digan о‘quv topshiriqlari yuza­sidan kо‘rsatmalarni anglaydi.

О‘z о‘quv faoliyatini tashkil etadi.



IV bosqich.

Yangi mavzuni о‘rganish.

60-minut


О‘quvchilardan olimlar”guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.

О‘quv materialini topshiriqlar yordamida mustaqil о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

Har bir guruhning о‘quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini tinglaydi.

Har bir ma’ruza yakunida о‘quvchilar bilan savol -

javob, о‘quv bahsi о‘tkazadi


“Olimlar” guruhi topshiriqlarini bajaradi.

1-guruh. Biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti;

2-guruh. Hayotning tuzilish darajalari;

3-guruh. Biologiya fanlari sistemasi;

4-guruh. Biologiyaning ilmiy–tadqiqot metodlari;

5-guruh. Biologiyaning naza­riy va amaliy ahamiyati;

6-guruh. Biologiya fanida­gi muammolar.

Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan ma’ruza tayyorlaydi. О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol-javob, о‘quv bah­sida faol ishtirok etadi.



V bosqich. О‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

О‘quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

Mustaqil ishlarda ishtirok etadi.



VI bosqich О‘quvchilar о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash.

О‘quvchilar о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash maqsadida 2 - ilovadagi topshiriqlarni beradi.


Egallagan bilimlarini nazorat qilish va о‘z – о‘zini baholash maqsadida

2 - ilovadagi topshiriqlarni bajaradi.




VII. Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash. 8-minut

Erishilgan natijani tahlil qiladi, darsga yakun yasaydi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi.

VI. Uyga vazifa berish. 2-minut.

О‘quvchilarga uyda mustaqil bajarish uchun topshiriqlar beradi.

Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.

1 – ilova.

Kirish mavzusiga doir testlar.

1. Uglevodlar tarkibiga qanday elementlar kiradi?

A. , H2, 2. B. N2, , H2. D. N2, , 2. E. H2, 2, S.

2.Uzum shakari deb ataladigan uglevodni toping.

A.Laktoza B.Glyukoza D.Fruktoza E.Riboza

3. Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda о‘zgarib turishi nima deb ataladi ?

A. Metabolizm. B. Anabolizm. . Katabolizm. D. Energiya almashinuvi

4. Hayotning hujayrasiz shakliga nimalar kiradi?

A. Bakteriyalar. B. Kо‘k – yashil suvо‘tlar.

D. Viruslar. E. Zamburug‘lar.

5.Yadrosi shakllanmagan organizmlar nima deb ataladi?

A. Eukariotlar. B. Avtotroflar. D. Prokariotlar. E. Geterotroflar.

6. Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab qanday guruhga bо‘linadi?

A. Avtotrof va fototrof. B. Saprofit va golozoy.

D.Geterotrof va avtotrof. E. Xemotrof va avtotrof.

7. Quyosh energiyasidan foydalanuvchi organizmlar qanday nomlanadi?

A. Avtotrof. B. Xemotrof. D. Fototrof. E.Saprofit.

8. Jinsiy xromosomalarning о‘zgarishi natijasida sodir bо‘luvchi irsiy kasalliklarni kо‘rsating.

A) Daun sindromi, klaynfelter sindromi. B) Klaynfelter sindromi, Shershevskiy -Terner sindromi.

D) Polidaktiliya, gemofiliya E) Kalta barmoqlilik, sil kasalligiga moyillik.

9.Klaynfelter sindromida jinsiy xromosomalar holatini belgilang.

A. XO, XXY. B. XXX , XXXY. D. XUU, XY. E. XXY, XXXY.

10. Odamdagi dominant belgilarni aniqlang.

1. Jingalak soch. 2. Tо‘g‘ri soch. 3. Qо‘y kо‘z. 4. Sepkillar.

5. Malla soch. 6. PolidaktiliY. 7. Kо‘k kо‘z.

A. 1,2,5,6. B. 2,3,4,7. D. 1,3,4,5. E. 1,3,4,6,
Test javoblari: 1. A. 2. B. 3. A. 4. D. 5. D. 6. D. 7. D . 8. B. 9. E. 10. E.

2 – ilova.

1 – topshiriq. Biologiya fanining ilmiy –tadqiqot metodlari yordamida hal etiladigan muammolarni yozing. Keys stadi

Biologiyaning ilmiy –tadqiqot metodlari

Mazkur metodlar yordamida hal etiladigan muammolar

Kuzatish metodi




Taqqoslash metodi




Tarixiy metod




Eksperimental metod




Modellastirish metodi.





2 – topshiriq. Biologiya fanidagi о‘z yechimini topmagan muammolarni yozing.


Biologiya fanidagi о‘z yechimini topmagan muammolar

1




2




3




4




5




6





3 – topshiriq. Biologiya fani sohalarining tadqiq obyektlarini yozing.

Biologiya fani sohalari




Zoologiya




Mikrobiologiya




Gidrobiologiya




Paleontologiya




Ekologiya




Anatomiya




Fiziologiya




Embriologiya




Sistematika




Biofizika




Biokimy




Bionika




Biotexnologiya



1. Organizmlarning sistematik guruhlarini , о‘zaro qarindoshlik munosabatlarini tadqiq etadi.

2. Tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qо‘llash.

3. Organizmlar, organlar funksiyasini tadqiq etadi.

4. Qazilma holdagi organizmlar tо‘g‘risidagi fan hisoblanadi.

5. Murtak rivojlanishini tadqiq etadi.

6. Organizmlar, organlar tuzilishini tadqiq etadi.

7. Suv muhitidagi organizmlar tо‘g‘risidagi fan.

8. Organizm bilan muhit orasidagi munosabat tо‘g‘risidagi fan.

9. Hayvonlar tо‘g‘risidagi fan.

10. Biologik sistemalarda rо‘y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar haqidagi fan.

11. Organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlar tо‘g‘risidagi fan.

12. Organizmlar hayot faoliyatining о‘ziga xos jihatlaridan texnik sistemalar yaratishni maqsad qilib qо‘yadi.

13. Mikroorganizmlar tо‘g‘risidagi fan.



4 – topshiriq. Hayotning har bir tuzilish darajasida amalga oshadigan jarayonlarni yozing.

Hayotning tuzilish darajalari

Ushbu darajada nima amalga oshadi?

Molekula




Hujayra




Organizm




Populyatsiya — tur




Biogeotsenoz




Biosfera



1. Har qanday tirik mavjudot murakkab tuzilishga ega bо‘lmasin, u biologik molekulalar — nuklein kislotalar, oqsillar va boshqa organik moddalardan tashkil lopgan.

2. Bu tuzilish darajasida har xil vazifani bajaruvchi organlar sistemasi paydo bо‘ladi.

3. Barcha tirik mavjudotlarning tuzilishi, funksional va rivojlanish birligi hisoblanadi.

4. ... lar birlashib, hayotning biosfera darajasini tashkil etadi.

5. Hayotning shu darajasida shaxsiy rivojlanish, о‘lim kuzatiladi.

6. Shu darajadan boshlab hayotning о‘ziga xos xossalarin - modda va energiya almashinuvi, irsiy axborot berilishi amalga oshadi.

7. Tur tarqalgan arealning ma’lum qismida yashashga moslashgan, о‘zaro erkin chatishib nasl beradigan, shu turga mansub boshqa organizmlar guruhidan nisbatan alohidalashgan, barqaror organizmlar guruhi ... deyiladi.

8. Hayot tuzilishining bu darajasida moddalar va energiyaning davra bо‘ylab aylanishi sodir bо‘ladi.

9. Tuzilishi turlicha murakkablikda bо‘lgan har xil sistematik guruhlarga mansub turlarning tarixiy rivojlanish jarayonida anorganik tabiat bilan tarkib nisbatan barqaror sistema hisoblanadi.

10. Hayot tuzilishining bu darajasi­da faqat moddalar, energiya almashinish, irsiy axborot berilishi rо‘y bermasdan, balki tiriklikning bir butunligi ta’minlanadi.

11. Hayotning ... darajasi Yerdagi hayotning barcha shakl va kо‘rinishlarini qamrab olgan.

12. Bu darajadan boshlab evolusion yangilanish rо‘y beradi.

3 – topshiriq javobi: 4 – topshiriq javobi:



Biologiya fani sohalari

Biologiya fani sohalarining tadqiq obyektlari

Zoologiya

9

Mikrobiologiya

13

Gidrobiologiya

7

Paleontologiya

4

Ekologiya

8

Anatomiya

6

Fiziologiya

3

Embriologiya

5

Sistematika

1

Biofizika

10

Biokimy

11

Bionika

12

Biotexnologiya

2




Hayotning tuzilish darajalari

Ushbu darajada nima amalga oshadi?

Molekula

1, 6.

Hujayra

2, 3. 10.

Organizm

5.

Populyatsiya — tur

7, 12.

Biogeotsenoz

3, 9.

Biosfera

4, 8, 11.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə