Зиёдулла Давронов


Falsafaning ilmiy ijoddagi vazifalari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Falsafaning ilmiy ijoddagi vazifalari
Falsafa fani fanlar ichida eng qadimiydir. Qolgan fanlar nisbatan
yangidir. Ana shu fanlarning ham o‘zlarining metodologiyasi bor. Masalan,
biologiya fani hozirgi paytda juda ko‘p tarmoqlarga ega. Shu tarmoqlar
uchun darvinizm fani metodologiya deb hisoblansa, geometriya fanlari
uchun Yevklid, fizika fanlari uchun Eynshteyn ta’limoti, mexanika fanlari
uchun Nyuton ta’limoti, algebra uchun al - Xorazmiy ta’limotlari
metodologiyadir. Bu metodologiyalar ma’lum davrlarda paydo bo‘lib,
rivojlanib o‘zgarib borgan. Fanlar tarixida shunday bir metodologiya borki, u
o‘zgarmasdir. Bu falsafadir. Falsafa barcha fanlar uchun umumiy
metodologiyadir. Demak, ilmiy ijod ham falsafaga suyanadi. Zero, falsafa,
ijod uchun metodologiyadir. Falsafaning gnoseologik vazifasi bu – ilmiy
bilish jarayonini asoslab berishdir.
Gnoseologiya ijod jarayonini sub’yektning faol, mutlaq maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyati, deb e’tirof etadi. Ana shu faoliyat orqali sub’yekt
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi yutuqlarni keltirib chiqaradi. Shaxsni
talant va qobiliyatini, ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam
beradi.
Demak, ijodni falsafa bilan bog‘lab tushuntirsak, ijod deganda,
avvalo, ilmiy falsafiy yondashilgan jiddiy va muhim, inson faoliyati
uchun zarur bo‘lgan ob’yekt sirlarini ochish tushuniladi
.
Ijodni to‘g‘ri yo‘lga boshqaruvchi metodologiyaning o‘zi ilmiy
bo‘lishi kerak. Bu falsafaga oid. Masalan, markscha-lenincha falsafaning
ba’zi tomonlari noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Sababi, bu falsafa fanni dinga qarshi
qo‘ydi. Fanni sinfiylashtirib uni sotsialistik va kapitalistik yo‘nalishlarga
bo‘lib tashladi. Fanni bir yoqlamalikka olib bordi, ya’ni fan faqat ishchilar va
dehonlar foydasiga, aniqrog‘i kommunizm g‘oyasiga bo‘ysundirmoqchi


20
bo‘ldi. Haqiqatda esa falsafa tabiat, jamiyat, inson tafakkuri uchun nazariy
va amaliy jihatdan xizmat qilishi lozim. Demak, falsafani ijod uchun eng
umumiy, maxsus tomonlarini hisobga olgan holda, uni hayotga tatbiq eta
bilish kerak.
Falsafa barcha ijod turlari uchun, asosan to‘rtta vazifani bajaradi:
1. Ijod turlarini nazariya bilan qurollantiradi, ya’ni ijod turi qaratilgan
ob’yekt haqida oldindan ma’lum mazmun va mohiyatga ega bo‘lgan fikrni
o‘rtaga tashlaydi. Ijodkorni izlanishga chorlaydi.
2. Eng umumiy metodologiya sifatida ijod turlariga xizmat qiladi.
Ijodning xususiy metodlarini boyitib boradi. Xulosalarni yanada ilmiy
bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladi.
3. Ijod jarayonida izlanuvchini u yoki bu dunyoqarash bilan
shakllantiradi. Ijod qiluvchining tafakkur darajasini kengaytirishga yordam
beradi.
4.
Ijodning milliy va umum insoniy qadriyatlarga e’tiborini
kuchaytirishga yo‘naltiradi va boshqalar.
Bu sohalarning barchasi falsafiy bilish jarayoni bilan bog‘langan.
Falsafaning bilish sohasidagi vazifasi ham diqqat e’tibordan chetda
qolmasligi kerak. Sababi, bilish jarayonisiz ijod amalga oshmasligi bizga
ma’lum. Bilish orqali inson haqiqatga erishadi. Demak, falsafa, falsafa
predmetining o‘zini ham to‘g‘ri yo‘lga boshlay olish lozim. Tekshirilayotgan
yoki mulohaza yuritilayotgan ob’yektning turli tomonlari xususiyatlarini,
mazmun mohiyatini to‘liq, ongli, har tomonlama bilish ijodning hayotiyligini
ta’minlaydi. Falsafa ijodkorni ijod orqali tubdan, yangi bilimga ega bo‘lishga
chorlaydi. Mutlaqo noan’naviy tafakkur usuli bilan qurollanishga, ob’yektga
nisbatan o‘ta ongli sub’yekt sifatida e’tiborni qaratishga majbur qiladi. Bu
esa ijodkorning faoliyatini yangi bosqichga ko‘taradi.
Xulosa qilib aytganda, falsafa ijod jarayonida o‘zining qonun va
kategoriyalari orqali ilmiy tadqiqotlarning tuzilishi, uslublari vositalari va
barcha jarayonlarini anglashda yordam berish bilan birga ijodkorning
faolligini oshiradi. Ob’yekt mazmuniga qarab fikrlashni maqsad qilib
qo‘yadi.


21

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə