Зиёдулла Давронов


Bilish – inson faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, narsa va hodisa



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Bilish – inson faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, narsa va hodisa,
olam to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishdir.
Bilish orqali u yoki bu voqelik
inson ongida aks etadi. Shu sababli, fanlarning barchasi bilish jarayonidan
foydalanib o‘z funksiyasini bajaradi. Fanning ma’lum turi erishgan
kashfiyot, ikkinchi fan turiga ta’sir qiladi. Fan va ilmiy ijod bilan
shug‘ulanayotgan kishi tafakkuri ob’yektga doimiy yaqinlasha boraveradi.
Chunki bilim jarayoni murakkab holda kyechadi. Turli bosqichlarni bosib
o‘tadi. Bu bosqichlar sezgilar, idrok, tasavvurni o‘z ichiga oladi. Barcha
fanlardagi ob’yektlarni bilish uchun ulardagi jarayonlarni bilish zarurdir.
Bilish dialektik xarakterdadir. U ziddiyatlar orqali amalga oshadi. Bilimda


10
aks etish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Aks etishsiz bilish amalga oshmaydi.
Shu jihatdan aytish mumkinki, barcha fanlar ob’yektlarini o‘rganish ham aks
etish (in’ikos)ga bog‘liq.
Bilish yordamida barcha fanlardagi qonun va qonuniyatlar ochiladi.
Tabiat narsalarining xilma-xilligi o‘rganiladi. Bularning barchasida metod va
metodologiya qo‘llaniladi. Tashqi olam narsalari va hodisalar bilish
ob’yektlaridir. Bu ob’yektlar fanlarda aks etadi. Ta’kidlash lozimki, amaliy
faoliyat ehtiyojlari bilish jarayonining yo‘nalishini belgilab beradi. Yechish
zarur bo‘lgan muhim muammolarni o‘rtaga qo‘yadi. Fanlar rivojlanish
sur’atlarining shart-sharoitlarini aniqlab beradi. Moddiy noz-ne’matlar ishlab
chiqarish bilish muammolarini hal qilish uchun turli asbob-uskunalar, texnik
vositalar, jihozlar yetkazib beradi. O‘z navbatida bilish faoliyati ham ishlab
chiqarishda mujassamlashadi, bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi.
Ilmiy ijod metodologiyasi singari boshqa fanlar ham bilish bilan
bog‘langan. Bilish orqali boshqa fanlar ham rivoj topadi. Bilish insonning
faoliyatida empirik va nazariy jihatdan namoyon bo‘ladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə