Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Empirik bilish –
narsa va hodisalarni inson bilan bevosita yoki asbob-uskunalar orqali
o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.
Bu bilishning o‘ziga xos metodlari
kuzatish, tasvirlash kabilardir. Bilishning empirik darajasida narsa va
hodisalarning tashqi ko‘rinishlari qayd etiladi, dalillar to‘planadi.
Bilishning
nazariy bosqichi – insonning narsa va hodisalar mohiyatiga tafakkur
orqali kirib borishidir.
Bunda metodologiya fani (iqtisodiy, siyosiy,
texnikaviy) orqali tafakkur yordamida u yoki bu sohalarni modellashtiradi,
gipoteza, intuitsiya, faraz, dalillar orqali fikran shakllantiradi. Demak, ilmiy
ijod metodologiyasi bilish nazariyasi bilan mustahkam aloqadadir. Bilish
nazariyasi barcha fanlarda mavjuddir. Bilish jarayonisiz ilmiy ijod kursi o‘z
predmetini namoyon qilaolmaydi. O‘z navbatida, barcha fanlar, jumladan:
iqtisodiy fanlar bilan shug‘ullanayotganlar ham ilmiy ijod mohiyatini
tushunmasalar kashfiyotlarga erishishlari amri maholdir.
Iqtisodiy tadqiqotlar ham, ta’kidlaganimizdek, metodologiyaga
suyanganida ularning ilmiyligi yanada kuchayadi, chunki ular ham bilish
jarayoni bilan bog‘liq. Iqtisodiy, moliyaviy, bank tizimi, soliq sohalari bilan


11
shug‘ullangan olimlar ham o‘z faoliyatida metodlardan, turli xil
yondashuvlardan, yo‘nalishlardan foydalanishga majbur, ularsiz o‘z
tadqiqotini amalga oshirolmaydi. Aytish lozimki, O‘zbekistonning hozirgi
taraqqiyotini belgilab berishda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov
iqtisodiyotni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilashi bejiz
emas. Prezident iqtisodiyotchi sifatida istiqbol iqtisodiyotga bog‘liqligini
ilmiy asoslab berdi. Shu sababli ham iqtisodchilar ilmiy ijodida I.A.Karimov
asarlari metodologiya sifatida xizmat qiladi. Demak, iqtisodiy tadqiqotchilar
ilmiy ijod metodologiyasini iqtisodiy jarayonlarning bilish metodlari
haqidagi ta’limot sifatida qabul qilishi lozim. U ilmiy jarayon va ijodiy usul,
vosita, tamoyil hamda qoidalar yig‘indisidir. Shu munosabat bilan aytish
mumkinki, bo‘lajak mutaxassislar ilmiy tadqiqot va ilmiy ijod
metodologiyasini mukammal o‘rgansalar, kundalik faoliyatlaridagi
qiyinchiliklarni yengilroq yechadilar, ularni bartaraf etishlari osonlashadi.
Ilmiy ijodda usul va tamoyillarni o‘zlashtirish birinchi galdagi vazifadir. Bu
o‘rinda har bir bo‘lajak mutaxassis falsafiy metodologiyaga jiddiy e’tiborini
qaratishi lozim. Chunki iqtisodiy sohani bilish usullari ham falsafiy
metodologiya bilan aloqada, munosobatdadir.
Iqtisodiy sohadagi ta’limotlarni to‘plash axborot tizimiga ham
bog‘liqdir. Ilmiy izlanish axborotlarsiz amalga oshmaydi. Ayniqsa, hozirgi
davr kashfiyotlari turli axborotlarning to‘planishiga ham bog‘liqdir.
Ma’lumki, har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy taraqqiyotiga ega. Ana shu
iqtisodiy taraqqiyotlarni o‘rganish va xulosalar chiqarish ilmiy
izlanuvchining bilim saviyasini yanada oshiradi. Amaliy faoliyatida
qo‘llashiga imkon yaratadi. Bu esa yosh tadqiqotchining kelajagini, ayniqsa,
ilmiy faoliyatini mustahkamlashga yordam beradi
.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə