Ziyonet doc


Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”si tarixiy manba sifatida. 
Sharafiddin Ali yazdiyning “Zafarnoma”si (1424 – 1425) tarixiy kechinma 
va voqealar bayonini izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. 
Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma” asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid 
malumotlardan tashqari Temurdan oldingi o’tgan davr tarixi xaqida ham bag’oyat 
qiziqarli malumotlar berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruxning o’g’li 
Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida 
maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yillarda turli kotiblarni baxshi 
va munislar forsiy tilda yozilgan mavjud malumotlarni to’plash haqida farmon 
bergan. To’plangan malumotlar bo’lgan voqealarni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishilar 
hikoyasi bilan taqqoslangan, so’ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan 
tanishish va Ibrohim Sultonga ahborot berish topshirilgan. 
Taniqli sharqshunos olim A. O’rinboev “sharq yulduzi” jurnalining 1992 yil 
3-sonida bosilgan “Temuriylar davrining nodir yodigorligi” maqolasida 
quyidagilarni hikoya qiladi: “Zafarnoma” ning Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy 


38 
qismida Sh. A. Yazdiy shunday yozadi: “Podishohlikning birga tomonlaridan 
Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma sheriy 
hamda nasriy nusxalari to’planib bo’lingach, ular bilan tanishish uchun 3 ta guruh 
tuzilgan , turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni voqealarni o’z 
ko’zlari bilan ko’rganlar esa bir guruhni tashkil etgan. Dastlab Temur haqidagi xar 
bir hikoya o’qilgan, agar u voqea bayoni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishining talqiniga 
to’g’ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish uchun turli shaharlarga 
choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning boshqa zamondoshlaridan 
surishtirgan yoki qo’shimcha malumotlar to’plagan. Ibrohim Sulton aytib turgan bu 
asarning dastlabki xomakisi qalamga olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali 
“Zafarnoma” asarini yozgan Ibrohim Sultonning buyurug’iga muvofiq kitobni 
bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa haqida barcha malumotlar 
juda sinchiklab tekshirilishi shart bo’lgan” “Zafarnoma” asarini yozishda 
Sharafiddin Ali Yazdiyning shahsiy hujjatlaridan keng foydalanilgan. Asar 
muqaddima, ikki fasl va xotimadan iborat, muqaddimada Amir Temurga qadar 
bo’lgan turkiy xonliklar tarixi bayon qilingan . Asosiy fasllarda esa amir 
Temurning tarixi mukammal yoritilgan ”Zafarnoma” asosiy qism avvalida 
“Qissayi Sohibqiron” deb atalgan mutaqorib bahridagi sheriy qissa bor. Unda 
sohibqiron Amir Temurning fazilatlari va sifatlari haqida ko’tarinki ruhda muhtasar 
so’z yuritilib, Tarixiy Amir Temurning badiiy obrazini chizishga qadam qo’yilgan. 
“Zafarnoma” fransuz, ingliz, usmonli turk tillariga ayrim qismlari rus tilida 
nashr etilgan. “Zafarnoma” XV asrda Lutfiy nazmda o’zbek tiliga o’girilgan degan 
xabar berishsada ammo uning o’zi hozirgacha topilgan emas. “Zafarnomaning 
to’liq asl matni 1972 yilda A. O’rinboev tomonidan Toshkentda (“Fan nashriyoti”) 
nashr etiladi. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə