Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64

43
bodring, pomidor, qovun, kartoshka, kanop, ba’zan g‘o‘zaga katta 
ziyon yetkazadi.
Chuvalchanglarning parazit hayot kechirishga moslashishi. Para-
zit hayot kechirish chuvalchanglarning tashqi tuzilishiga va hayot 
kechirish xususiyatlariga katta ta’sir qilgan. Bunday o‘zgarishlar 
yassi chuvalchanglarda ayniqsa yaxshi ko‘zga tashlanadi. Ularning 
maxsus yopishish organlari paydo bo‘lgan; hazm qilish sistemasi 
yo‘qolib, jinsiy organlari juda kuchli rivojlangan. Lekin para-
zit chuvalchang 
lar va lichinkalarining ko‘pchiligi tashqi muhitga 
chiqqanida o‘z xo‘jayinini topolmasdan qirilib ketadi. Shuning 
uchun juda ko‘p nasl qoldiradi; ayrim turlari, masalan, jigar 
qurti va exinokokk, hatto lichinkalik davrida ham ko‘payish xu-
susiyatiga ega bo‘ladi.
Parazit chuvalchanglardan saqlanish. Tasmasimon chuvalchanglarni 
yuqtirmaslik uchun go‘sht mahsulotlarini yaxshi pi shi 
rib iste’mol qi-
lish lozim. Bunday chuvalchanglar tarqalishining oldini olish uchun 
esa hayvonlar 
ning zararlangan organlarini itlarga bermaslik kerak. 
Kushxonalardan chiqayotgan go‘sht mahsulotlarini qat’iy nazorat 
ostiga olish zarur. Daydi itlarga qarshi kurashish va shax 
siy gigi 
yena 
qoidalariga rioya qilish exinokokk bilan zararlanishning oldini oladi. 
Jigar qurti yuqmasligi uchun ko‘lmak suvlarni ichmaslik, daladan 
yig‘ib keltirilgan ko‘katlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilmaslik 
lozim. Askarida va bolalar gijjasini yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigi-
yena qoidalariga qat’iy rioya qilish, ya’ni ovqatlanishdan oldin qo‘lni 
sovunlab yuvish, meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab 
yuvib iste’mol qilish zarur.
Parazit chuvalchanglarni o‘rganish. Parazit chuvalchanglarni gel-
mintologiya fani o‘rganadi. Gelmintlarni o‘rganish va ularga qarshi 
kurash choralarini ishlab chiqishda K.I. Skryabin boshchiligida 
gelmintolog olimlar ko‘p ishlarni amalga oshirishgan. Gelmintlarni 
o‘rganishga bizning vatandoshlarimiz ham katta hissa qo‘shishgan. 
Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida dorivor giyohlar yor-
damida odam ichagidan parazit chuvalchanglarni haydab chiqarish 
haqida yozgan. O‘zbek olimlari A. T. To‘la 
ganov o‘simlik gelmint-
larini, M. A. Sultonov, J. A. Azimov, E. X. Er 
gashev yovvoyi va 
uy hayvonlari hamda o‘simlik gelmintlarini o‘rganishgan. Olimlar 
olib borgan tadqiqotlar parazit chuvalchanglar yetkazadigan zararni 
keskin kamaytirishga imkon berdi.
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi


44
1. Exinokokk qanday tuzilgan?
2. Exinokokk qanday rivojlanadi?
3. Bolalar gijjasi qanday ko‘payadi?
4. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qanday rivojlanadi?
5. Bo‘rtma nematoda qanday zarar yetkazadi?
6. Chuvalchanglarning parazit yashashga moslanish belgilari nimadan iborat?
7. Parazit chuvalchanglar yuqmasligi uchun nima qilish lozim?
1. Exinokokkning oraliq xo‘jayini: 
2. Bolalar gijjasi yuqadi:
a) odam, o‘txo‘r hayvonlar; 
a) iflos qo‘l orqali;
b) yirtqich hayvonlar; 
b) qaynatilmagan suv orqali;
d) umurtqasiz hayvonlar. 
d) sabzavot, meva, oziq-ovqat orqali.
Chuvalchanglar va ular xo‘jayinlarini juftlab yozing.
a) askarida
1) yirtqich hayvonlar;
b) exinokokk; 
2) chuchuk suv shillig‘i;
d) qoramol tasmasimoni; 
3) qoramollar;
e) jigar qurti. 
4) odam.
Lug
at daftaringizga yozib oling.
Exinokokk, bolalar gijjasi, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi, bo‘rtma nema-
toda, serpushtlik, shaxsiy gigiyena.
Jumboqni yeching. Bolalar gijjasi yosh bolalar organizmida kun kechiradi. Bu 
parazit katta yoshdagi odamlarga ham yuqishi mumkinmi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-1, d-3, e-2.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
?!


45
V
BOB
HALQALI CHUVALCHANGLAR 
TIPI
Halqali chuvalchanglar tanasi ko‘p sonli halqalarga bo‘lingan. 
Ularn 
ing hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv, jinsiy sistemasi 
rivoj 
 
langan. Bu tiðga ko‘p tukli halqalilar, kam tukli halqalilar va 
zuluklar sinflari kiradi.
     
Yomg‘ir chuvalchangining tashqi 
 
12-§.
  tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi
Yomg‘ir chuvalchangi halqali chu-
valchanglar tiðining kam tuklilar sinfiga 
kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chu-
chuk suvlarda yashaydi. 
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. 
Yomg‘ir chuvalchangi chirindiga boy 
nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni 
ariqlar bo‘yida, beda, sab 
zavot va po-
liz ekinlari ekilgan dalalar tuprog‘ida 
uchratish mumkin. Kuchli jaladan 
so‘ng ba’zan ko‘plab yer yuziga chiqi-
shi sababli ular yomg‘ir chuvalchanglari 
deb ataladi.
Yomg‘ir chuvalchangi tanasining 
uzunligi 8–10 sm, oldingi uchi ko-
nus 
 
simon o‘tkirlashgan. Tanasi halqaga 
o‘xshash tortmalar bilan ko‘p sonli 
bo‘g‘imlarga bo‘lingan (24-rasm). Har 
bir tana bo‘g‘imining qo 
rin tomonida 
to‘rt juftdan kalta va ingichka tuklar 
joylashgan.  Tuklar  ha ra   katlanayotgan 
chuvalchang uchun tayanch vazifasini 
12-§. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi 
1
2
4
5
3
B
A
24-rasm. Yomg‘ir
chuvalchangining tashqi 
tuzilishi:
A – yon tomondan ko‘ri nishi; 
B – qorin tomondan ko‘rinishi: 
1 – og‘iz; 2 – yon tuklar; 3 – 
qorin tomoni tuklari; 4 – bel-
bog‘; 5 – jinsiy teshiklar


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə