Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

11
II
BOB
BIR HUJAYRALILAR, 
YA’NI SODDA HAYVONLAR
  
Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega 
bo‘lgan bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasida ayirish va hazm 
qi 
lish vakuolalari, harakatlanish organoidlari va yadrosi bo‘ladi.
3-§.  Soxta oyoqlilar sinfi
Soxta oyoqlilar – eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Oddiy 
amyoba ularning tiðik vakili hisoblandi.
Yashash muhiti va tuzilishi. Amyoba to‘kilgan barglar va xas-
cho‘plar bilan ifloslangan ko‘lmak suvlar tubida hayot kechira-
di. Tanasining kattaligi 0,2–0,5 mm, shaffof bo‘ladi. Amyoba 
hujayra 
sining shakli doimo o‘zgarib turadi. Boshqa hujayralar 
singari amyoba tanasi ham quyuq dildiroq modda, ya’ni sitoplaz-
madan iborat. Sitoplaz 
mada bitta yadro va hujayra organoidlari 
joylashgan (3, 4-rasmlar). Hujayra membranasi sitoplazmani tashqi 
muhitdan ajratib turadi.
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
3-rasm. Oddiy amyobaning 
mikroskopda ko‘rinishi
Soxta oyoqlar
Yashil suvoti
4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi:
1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma;
3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro;
5 – qisqaruvchi vakuola;
6 – qamrab olinayotgan oziq
1
4
3
6
5
2


12
Harakatlanishi.  Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bo‘l   -
maganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o‘tsa, tana sining o‘sha 
tomoni bo‘rtib chiqib, «soxta oyoqlar» deb ataladigan muvaqqat 
o‘simtalar hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning 
oqishiga o‘xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to‘xtovsiz hosil bo‘lib va 
yo‘qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o‘zgarib turadi.
Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va orga 
nik 
qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch 
kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni 
qamrab olib, uni sitoplazmaga o‘tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi 
ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha – hazm qilish vakuolasi 
paydo bo‘ladi. Hazm shirasi ta’sirida vakuoladagi oziq moddalar 
hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi sitoplazmadan tash-
qariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olishi. Amyoba suvda erigan  kislorod bilan nafas oladi. 
Uning sitoplazmasiga kislorod suv bilan birga to‘xtovsiz o‘tib tura-
di. Kislorod yordamida sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanib, 
amyoba hayoti uchun zarur bo‘lgan energiya hamda zararli modda-
lar almashinuvi mahsulotlari hosil bo‘ladi. Sitoplazmadagi suvning 
ortiqcha qismi zararli moddalar almashi nuvi mahsulotlari bilan birga 
qisqaruvchi vakuola bo‘shlig‘iga o‘tadi. Vakuola qisqarganida uning 
ichidagi suyuqlik hujayradan chiqarib yuboriladi. Ana shu tariqa 
amyoba organizmi bilan tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi 
sodir bo‘ladi. 
Ta’sirlanishi. Sodda tuzilgan bo‘lsa ham, amyoba hayvon orga-
nizmiga xos xususiyatlarga ega. Ayrim ta’sirlar yordamida amyoba 
tanasining shakli o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. Agar amyobali 
suvga ozroq osh tuzi qo‘shilsa, u hamma soxta oyoq 
larini tortib 
olib, sharsimon shaklga kiradi. Bu hodisa amyobaning ta’sirlanishini 
ko‘rsatadi.
Ko‘payishi.  Amyoba ikkiga bo‘linish yo‘li bilan jinssiz ko‘ payadi 
(5-rasm). Buning uchun yadroning hajmi ortib, uning qobig‘i 
yemiriladi. Sitoplazmaga chiqqan yadro moddalari hujayraning 
ikki tomoniga teng taqsimlanadi. Tezda hujayraning ikki tomoni-
da bittadan yadro hosil bo‘ladi. Amyoba tanasi ham cho‘zilib, 
o‘rtasidan ingichkalashadi va ikkiga ajraladi. Ana shu yo‘l bilan 
bitta amyobadan ikkita yangi amyoba hosil bo‘ladi. Bu xildagi 
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar


13
ko‘payishda jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaganligi tufayli jinssiz 
ko‘payish deb ataladi. 
Sista hosil qilishi. Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda 
amyoba ha 
ra 
katlanishdan to‘xtab yumaloqlanadi; uning hujayrasi 
sirtida qalin po‘st – sista hosil bo‘ladi. Amyoba sista ichida noqu-
lay sharoit ta’siridan saqlanadi. Qulay sharoit tug‘ilganda amyoba 
sistadan chiqib, hayot faoliyatini davom ettiradi.
Soxta oyoqlilarning xilma-xilligi. Dengizlarda ohak chig‘anoqli 
soxta oyoqlilardan foraminiferalar va kremniy (qum) skeletli 
nursimonlar ko‘p uchraydi. Bundan bir necha million yil ilgari 
yashab, qirilib ketgan foraminiferalar chig‘anoqlari qoldig‘i 
hozirgi ohaktosh konlarini hosil qilgan. Nursimonlar skeleti 
qoldig‘idan metallarni silliqlashda va jilvir qog‘oz tayyorlashda 
foydalaniladi. Ayrim soxta oyoqlilar xavfli parazit hisoblanadi. 
Masalan, odam va sutemizuvchilar ichagida yashaydigan 
ichburug‘ amyobasi ichak devorini yemirib, qonli ichburug‘ 
paydo qiladi.
1. Amyoba hujayrasi qanday tuzilgan?
2. Amyobaning soxta oyoqlari qanday hosil bo‘ladi?
3. Amyoba qanday oziqlanadi?
4. Qisqaruvchi vakuola qanday vazifa bajaradi?
5. Amyobaning ta’sirlanishi qanday sodir bo‘ladi?
6. Amyoba qanday ko‘payadi?
7. Soxta oyoqlilar qanday ahamiyatga ega?
8. Nima uchun amyoba hujayrasidan ortiqcha suv chiqarib turilishi zarur?
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
1
2
3
4
5
5-rasm. Amyobaning bo‘linib ko‘payishi.
1 – bo‘linishga kirishayotgan hujayra; 2, 3, 4 – hujayra va uning yadrosining 
ikkiga ajralishi; 5 – hosil bo‘lgan ikkita yangi hujayra


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə