Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

14
1. Soxta oyoqlilarning harakatlanish organlari:
a) sitoplazmaning muvaqqat o‘simtalari;
b) hujayra membranasidan hosil bo‘ladi;
d) soxta oyoqlar va kiðriklardan iborat.
2. Amyobaning oziqni qamrab oladigan organoidi:
a) hazm qilish vakuolasi;
b) hujayra membranasi;
d) soxta oyoqlar.
Organoidlarni ular bajaradigan vazifasi bilan juftlab yo zing:
a) soxta oyoqlar;    
1) ortiqcha suvni chiqarish;
b) qisqaruvchi vakuola; 
2) hujayrani himoya qilish;
d) hazm vakuolasi;   
3) oziqni hazm qilish;
e) hujayra po‘sti.    
4) harakatlanish.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Bir hujayralilar, soxta oyoq, soxta oyoqlilar, hazm qilish vakuolasi, qisqaruv-
chi vakuola, ayirish, nafas olish, ta’sirlanish, jinssiz ko‘payish, foraminiferalar, 
nurlilar, ichburug‘ amyobasi, sista, sista hosil qilish.
Jumboqni yeching. Qisqaruvchi vakuola soxta oyoqlilar hujayrasi ichidagi 
bosimni me’yorlashtirib turadi. U holda nima sababdan parazit ichburug‘ 
amyobasi va dengizlarda hayot kechiradigan soxtaoyoqlilar hujayrasida qis-
qaruvchi vakuola mavjud emas?
Topishmoqda keltirilgan hayvonning qiyofasi va harakatlanishiga tavsif bering.
1. Suv tubida bor ekan bir tomchi,
  Qanday tirik jon ekan? – Top-chi!
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-1, d-3, e-2.
4-§.   
 
 Xivchinlilar sinfi
Xivchinlilarni yashil evglena misolida o‘rganamiz. Xivchinlilar 
tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ular-
ning tiðik vakili yashil  evglena hisoblanadi (6-rasm). Ular bitta yoki 
bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi.
Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena ko‘lmak suvlarda va 
hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5–10 
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
?!


15
marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo‘lib, oldingi va 
keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o‘xshash buralib, uni 
oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq 
bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazma-
sida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog‘ga o‘xshash 
«ko‘zcha» joylashgan. 
Oziqlanishi. Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi 
xromatoforalar  bo‘ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena 
fotosintez qiladi. Yorug‘lik ta’sirida uning xromatoforala 
rida organik 
moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar evglenaning o‘sishi, rivojlani-
shi va ko‘payishi uchun sarf bo‘ladi. Evglena qorong‘ida hayvonlar 
singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq mud-
dat qorong‘i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi 
rangsiz 
lanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi 
orqali shimib oziqlana boshlaydi.  Evglenaning fotosintez qilish xu-
susiyati o‘simliklar bilan hay vonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib 
chiqqan 
ligidan darak beradi.
Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan 
kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli al-
mashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib 
yuboriladi. 
Ta’sirlanishi.  Evglena  qizil dog‘ ko‘zchasi yordamida yorug‘likni 
sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug‘ tushib 
turgan tomoniga qarab harakat qiladi.
Ko‘payishi.  Evglena amyoba singari ikkiga bo‘linish orqali jins-
siz ko‘payadi (7-rasm). Bo‘linish boshlanishi bilan eski xivchinning 
yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo‘ladi. Bo‘li 
nish butun tana 
bo‘ylab shu ikki xivchin hamda yadro o‘rtasidan o‘tadi. 
6-rasm. Yashil evglenaning 
tuzilishi:
1 – hujayra qobig‘i; 2 – xiv-
chin; 3 – sitoplaz ma; 4 – yadro; 
5 – xromatoforalar; 6 – zaxira 
oziq zarralari; 7 – «ko‘z cha»; 
8 – qisqaruvchi vakuola; 9 – 
qis qa ruvchi  vakuolaning  suyu q lik 
to‘p     lovchi  bo‘shlig‘i
1
4
3
6
5
2
8
7
9
4-§. Xivchinlilar sinfi


16
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
Sista hosil qilishi. Noqulay sharoit tug‘ilganda evglenaning xivchi-
ni tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan 
o‘ralib sistaga aylanadi.
Volvoks – koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos 
suvli hovuz va ko‘llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga 
o‘xshash volvokslar uchraydi (8-rasm). Volvoks koloniyasi mingga ya-
qin noksimon ikki xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar 
sharning sirtida joylashgan bo‘lib, sitoplazmatik iðchalar yordamida 
o‘zaro bog‘langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to‘lgan.
7-rasm. Yashil evglenaning bo‘linib ko‘payishi
8-rasm. Volvoks:
1 – lupa orqali ko‘rinishi; 2 – mikroskopda ko‘rinishi; 3 – ikkita hujayrasi.
2
1
3
Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Triðanosoma tropik 
Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini keltirib 
chiqaradi.  Leyshmaniya O‘zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda 
va tropik mamlakatlarda uchraydi, odam yuzi va ba’zan qo‘l terisida 
uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladi.


17
1. Xivchinlilar tuzilishi soxta oyoqlilardan qanday farq qiladi?
2. Evglena yorug‘likda qanday oziqlanadi?
3. Qisqaruvchi vakuola qanday ahamiyatga ega?
4. Evglena qanday ko‘payadi?
5. Nima sababdan volvoks koloniyali hayvonlarga kiritiladi?
6. Triðanosoma odamga qanday yuqadi?
7. Xivchinlilarning qaysi xususiyatlari o‘simlikka o‘xshaydi?
1. Evglena sitoplazmasida:
a) qisqaruvchi, hazm vakuolalari bor;
b) xromatofora, qisqaruvchi vakuolasi bor;
d) qizil ko‘zchasi va xivchini bor.
2. Volvoks hujayralari:
a) duksimon:
b) sharsimon;
d) noksimon.
Hayvonlar nomi va ularga mos keladigan xususiyatlarni juftlab yozing.
a) leyshmaniya;  
 
1) qon paraziti;
b) volvoks;   
 
2) tanasi duksimon;   
d) triðanosoma;  
 
3) terida yara paydo qiladi;
e) evglena.   
 
4) koloniya bo‘lib yashaydi.
Lug
at daftaringizga yozib oling.
Yashil evglena, volvoks, triðanosoma, leyshmaniya, xromatofora lar, fotosintez, 
koloniya, xivchin, xlorofill, qizil dog‘ ko‘zcha.
Quyidagi jumboqni yeching. Xivchinlilar – bitta yoki bir hechta xivchin yor-
damida harakatlanadigan mikroskopik hayvonlar. U holda nega yashil evglena 
tanasini burab, volvoks esa koptok singari dumalab harakatlanadi?
Topishmoqlarda qaysi hayvonlarning tuzilishi tasvirlangan va ular harakatlan-
ishiga tavsif bering? 
2.  Maysa rangli mitti o‘zi.
  Bor xivchini, bordir ko‘zi.
3.  Mitti koptok, tepib bo‘lmas,
  Dumalaydi, tutib bo‘lmas.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-1, e-2.
2 – 
?!
4-§. Xivchinlilar sinfi


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə