Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64

24
joylashgan hujayralardan tash-
kil topgan. Tashqi – ekto der ma 
va ichki – endoderma qavat-
lari yupqa parda bilan ajralgan. 
Tana devori keng ichki tana 
bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Bu 
bo‘shliq ichak va 
zifasini ham 
bajaradi (12-rasm). 
Tashqi qavat, asosan, teri-
mus kul  hujayralaridan  iborat. 
Bu hujayralarning tana devori-
ga botib kirib kengaygan to-
monida  muskul tolalari bo‘ladi. 
Muskullarning qisqarishi tufayli 
gidra umbaloq oshib yoki odim-
lab harakatlanadi.
Ektoderma hujayralari orasida 
otuvchi hujayralar ham bo‘ladi 
(13-rasm). Bunday hujayralar 
ayniqsa, paypaslagichlarda juda 
ko‘p. Otuvchi hujayraning may-
da  sezuvchi tukchasi va otuvchi 
kapsulasi bo‘ladi. Kapsulada 
naysimon ingichka otiluvchi tola 
joylashgan. Hayvonlar (dafniya, 
siklop, baliq chavoqlari) otuvchi 
hujayra tukchasiga tegib ketsa, 
kapsuladagi tola otilib chiqib, ular terisiga sanchiladi. Kapsuladan 
oqib keladigan zaharli suyuqlik hayvon tanasiga o‘tib, uni falajlaydi.
III bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiрi
12-rasm. Gidraning bo‘yiga kesmasi 
va tanasi hujayralari: 
1–otuvchi hujayra; 2–nerv hujayrasi;
3–spermatozoid; 4–tuxum hujayra;
5–hazm qilish hujayrasi; 6–teri-muskul 
hujayrasi
1
2
3
4
5
6
13-rasm. Gidraning otuvchi (A) va hazm 
qiluvchi (B) hujayralari: 
1–otiluvchi tola; 2–otuvchi
kapsula; 3–sezuvchi tukcha;
4–muskul tolasi; 5–yadro;
6–hazm qiluvchi vakuolalar; 
7–qamrab olinayotgan oziq
3
2
1
4
5
6
7
B
A


25
2
1
3
4
5
6
7
14-rasm. Gidraning 
jinsiy ko‘payishi:
1 – tuxum hujayra; 
2 – urug‘ hujayra; 
3 – urug‘langan hujayra; 
4, 5 – urug‘langan hujay-
raning bo‘linishi; 
6, 7 – ikki qavatli 
embrion.
Ta’sirlanishi va refleks hosil qilishi. Ektodermada uzun o‘sim 
tali 
yulduzsimon  nerv hujayralari tarqoq joylashgan. Ularning o‘simtalari 
tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Nerv hujayralari yor 
 
damida gidra 
tashqi muhit ta’sirini sezadi va tanasini yig‘ib oladi. Gidraning 
ta’sirlanishga javob berish xususiyati refleks deb ataladi. 
Endoderma hujayralari, oziqlanishi. Endoderma qavati soxta 
oyoq 
lar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bez-
li hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish 
va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozig‘i ham bir hu-
jayralilar singari hujayra ichida hazm bo‘ladi. Gidra tutilgan o‘lja-
ni paypaslagichla 
riga yopishtirib, og‘ziga olib boradi. Oziq tana 
bo‘shlig‘iga tushib, hazm suyuqligi ta’sirida maydalanadi. Xivchinlar 
oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoq 
lari yordamida 
oziqni qamrab olib, hazm qiladi.
Regeneratsiya. Ektoderma hujayralari orasida yirik yadroli may 
da 
oraliq hujayralar bo‘ladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar 
tez o‘sa boshlaydi va shikastlangan hujayralar o‘rnini to‘ldiradi. 
Tananing jarohatlangan yoki yo‘qotilgan qismining tiklanishi regene-
ratsiya deyiladi. Gidra tanasi 200 bo‘lakka ajratilganda ham har 
qaysi bo‘lakdan bittadan gidra tiklanishi aniqlangan.
Jinssiz ko‘payishi. Oziq yetarli bo‘lgan iliq bahor va yoz mav-
sumida gidra tanasi sirtida bir nechta kurtaklar paydo bo‘ladi. 
Pay 
paslagichlar va og‘iz teshigi paydo bo‘lishi bilan kurtaklar yosh 
gidralarga aylanadi. Ular ona organizmidan ajralib, mustaqil yashay 
boshlaydi. 
Jinsiy ko‘payish. Kuzda noqulay sharoit tug‘ilishidan oldin gidra 
tanasining sirtida kichik bo‘rtmachalar paydo bo‘ladi. Bo‘rtmacha-
larda bittadan yirik tuxum hujayra yoki ko‘p miqdorda urug‘ hu-
jay ra lar  —  sper matozoidlar yetiladi (14-rasm).
6-§. Gidroid poliрlar sinfi: chuchuk suv gidrasi


26
Gidra tuxum hujayrasining soxta oyoqlari  bo‘ladi. Spermato-
zoidlar esa mayda, tez harakatlanadigan kichik hujayralardan iborat. 
Ular suv orqali borib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘langan 
tuxum hujayra zigota deb ataladi. Zigotaning  sirti qalin qobiq 
bilan qoplanadi. Gidra qishda nobud bo‘ladi, zigota esa qishlab 
qoladi. Bahorda zigotadan yosh gidra hosil bo‘ladi. Tuxum po‘sti 
yorilishi bilan yosh gidra suvga chiqadi va o‘z hayotini davom et-
tiradi.
1. Tana simmetriyasi nima?
2. Gidra ektodermasida qanday hujayralar bor?
3. Otuvchi hujayralar qanday vazifani bajaradi?
4. Endoderma hujayralari qanday vazifani bajaradi?
5. Regeneratsiya nima?
1. Poliðlar – bu bo‘shliqichlilar: 
2. Zigota – tuxum hujayra:
a) erkin yashaydigan; 
a) urug‘langan;
b) tuban tuzilgan; 
b) qishlab qoladigan;
d) yopishib yashaydigan. 
d) urug‘lanmagan.
Gidra tanasi hujayralari va ular vazifasini juftlab yozing.
a) teri-muskul; 
 
1) ta’sirlanish, refleks hosil qilish;
b) otuvchi;  
 
2) regeneratsiya;
d) nerv; 
 
 
3) hazm qilish;
e) oraliq;   
 
4) qoplash, harakatlanish;
f) xivchinli;  
 
5) hazm shirasi ishlab chiqarish;
g) bezli. 
 
 
6) o‘ljani falajlash, himoya.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Polið, simmetriya, ektoderma, endoderma, teri-muskul hujayra, otuv 
chi hu-
jayra, nerv hujayra, oraliq hujayra, regeneratsiya, spermatozoid.
Quyidagi savolga javob toping. Ko‘p hujayralilarning xivchinli bir hujayralilardan 
kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. 12 va 13-rasmdan foydalanib, gidra tuzili-
shining qaysi xususiyatlari xivchinlilarga o‘xshashligini aniqlang.
Quyidagi topishmoqni toping va unga tavsif bering.
5. Bir og‘izga o‘n xizmatkor.
  Qanday o‘lja unga darkor?
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-6, d-1, e-2, f-3, g-5.
III bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiрi
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə