Zoologiya uzb 2017. indd


§. Dengiz bo‘shliqichlilari



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64

27
7-§. Dengiz bo‘shliqichlilari
7-§.      Dengiz bo‘shliqichlilari
Dengiz bo‘shliqichlilariga dengizlar tubida yakka o‘troq yashay-
digan aktiniyalar va o‘troq koloniya hosil qiladigan korall poliplar 
hamda suv qa’rida erkin suzib yurib hayot kechiradigan meduzalar 
kiradi.
Yakka o‘troq yashovchi aktiniyalar tanasining tuzilishi va shak-
li gidraga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ancha yirik (tana diametri 
0,5 m gacha) va rangli bo‘lishi bilan gidradan farq qiladi (15-
rasm, 4) aktiniyalar). Paypaslagichlari og‘iz teshigi atrofida bir 
necha qator bo‘lib joylashgan. Aktiniyalar suv tubidagi narsalar-
ga yopishib yashaydi, ba’zan tovonida asta-sekin harakat qiladi. 
Gidra singari ular ham o‘ljasini otiluvchi tolalari bilan jarohatlab, 
paypaslagichlari yordamida og‘ziga soladi (9-video. Aktiniyaning 
oziqlanishi). Ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar 
bilan simbioz yashashga moslashgan. Simbioz yashash har ikkala 
hayvon uchun ham foydali bo‘ladi. Ulardan biri, masalan, aktiniya 
qisqichbaqa chig‘anog‘iga o‘tirib olib, uni yirtqich hayvonlardan 
himoya qiladi. Qisqichbaqa esa aktiniyani o‘zi topgan ozig‘iga 
sherik qiladi.
Koloniya hosil qiluvchi poliðlar. Koloniya hosil qiluvchi polið-
lar  koloniyasi  gidraga o‘xshash tuzilgan juda ko‘p sonli poliðlardan 
iborat. Koloniyadagi poliðlarning ichki bo‘shliqlari o‘zaro tutashgan 
bo‘ladi. Shuning uchun har bir poliðning tutgan ozig‘i hamma 
koloniya a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. Koloniya hosil qiluv-
chi poliðlar mayda organik qoldiqlar va mikroorganizmlar bilan 
oziqlanadi. Ko‘pchilik turlarining tanasi devorida ohak skelet hosil 
bo‘ladi. Qattiq skeletli, koloniya bo‘lib yashovchi bo‘sh 
li 

ichlilar 
korall poliðlar deb ataladi (15-rasm, 5, 6).
Koloniya  bo‘lib yashovchi poliðlar jinsiy ko‘payganda tu 
xum 
dan 
chiqqan lichinkasi aktiniyalar lichinkasi singari suv tubiga yopishib, 
kichkina polið hosil qiladi. Polið davrida esa gidra singari jinssiz 
kurtaklanish orqali ko‘payadi. Lekin kurtakdan hosil bo‘lgan yosh 
poliðlar ona  tanasidan ajralib ketmasdan birga kurtaklana boshlay-
di. Shu tariqa koloniya hosil bo‘ladi.


28
III bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiрi
15-rasm. Dengiz bo‘shliqichlilari:
1 – ildizog‘iz meduza; 2 – qutb meduzasi; 3 – aureliya; 4 – aktiniyalar; 
5 – qizil korall polið; 6 – korall poliðlar koloniyasi
2
3
1
6
5
4


29
Korall riflari. Tropik dengiz  sohillari yaqinida, okeanning uncha 
chuqur bo‘lmagan joylarida korall poliðlar zich joylashib, juda yirik 
koloniyalar  riflarini hosil qiladi. Koloniya suv yuzasiga qarab o‘sa-
di; suv tubida esa koloniyaning halok bo‘lgan ostki qismi ko‘plab 
to‘planib qoladi. Shu tarzda vaqt o‘tishi bilan poliðlar koloniyasi 
korall orollarini hosil qiladi. Shamol, suv va qushlar orqali har xil 
o‘simliklarning urug‘i kelib qolishi natijasi 
da riflarda hayot boshla-
nadi. Bunday riflar Tinch okeanning tropik qismida, ayniqsa, Avs-
traliya qirg‘oqlari yaqinida ko‘p uch 
raydi.
Korall riflaridan qurilish materiali (ohaktosh) sifatida foydala-
niladi. Ayrim riflardan (qizil korall) zeb-ziynat buyumlari tay-
yorlanadi. Korall riflari turli baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari 
uchun makon bo‘ladi. Shuning uchun riflar tarqalgan joylar qo‘riq-
xonalarga aylantirilgan.
Meduzalar. Meduzalarning tanasi birmuncha tiniq, shishasimon 
dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o‘xshab ketadi (15-
rasm, 1, 2, 3). Soyabonning ostki tomoni markazida joylashgan 
og‘iz teshigi atrofida va soyabonning chetida juda ko‘p paypa 
s-
lagichlari bo‘ladi. Tana devori hujayralari hamma bo‘sh 
liqichlilar 
singari ikki qavat joylashgan, lekin oraliq moddasi juda kuchli 
rivojlangan. Meduzalarning soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv 
kuch bilan otilib chiqib, reaktiv harakat paydo bo‘ladi.
Meduzalar yirtqich bo‘lib, qisqichbaqasimonlar, chuval-
changlar, baliq chavoqlari va boshqa mayda suv hayvonlari bi-
lan  oziqlanadi.  Ular  o‘ljasini  otiluvchi  tolalari  yordamida  falaj       -
lab, og‘iz atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og‘ziga 
soladi. Ayrim meduzalar 
ning otiluvchi tolalari kuydirish xususi-
yatiga ega. Shimoliy dengizlarda uchraydigan qutb meduzasi va 
Qora dengizda ildizog‘iz  meduza cho‘miluvchilar uchun xavfli 
hisoblanadi. Dengiz likopchasi deb ata 
ladigan, barcha dengiz-
larda keng tarqalgan aureliya  meduzasi odam uchun zararsiz. 
Meduzalar baliqlar chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha 
ziyon yetkazadi.
Bo‘shliqichlilarning kelib chiqishi. Tanasidagi hujayralarning 
kuchsiz ixtisoslashganligi va kuchli regeneratsiya qilish xususiyati 
bo‘shliqichlilarning eng qadimgi hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. 
Olimlarning fikricha, qadimgi koloniya bo‘lib yashovchi bir hu-
jayrali xivchinlilardan dastlab gidrasimonlar, ulardan esa korall 
7-§. Dengiz bo‘shliqichlilari


30
poliðlar va meduzalar kelib chiqqan. Bo‘shliqichlilar tanasida 
oziqni qamrab olib hazm qiladigan hujayralarning bo‘lishi bu 
ning 
dalili hisoblanadi.
1. Aktiniyalar qanday tuzilgan?
2. Korall poliðlar koloniyasi qanday hosil bo‘ladi?
3. Meduzalar qanday tuzilgan?
4. Meduzalar qanday harakat qiladi?
5. Qaysi meduzalar odam uchun xavfli?
6. Bo‘shliqichlilar qanday kelib chiqqan?
1. Qaysi javob aktiniyalar uchun xos?
a) koloniya bo‘lib yashaydi;
b) paypaslagichlari bir necha qator joylashgan;
d) kurtaklari ona organizmidan ajralib ketmaydi.
2. Qaysi javob korallar uchun xos emas?
a) erkin suzib yashaydi;
b) ohak skelet hosil qiladi;
d) koloniya bo‘lib yashaydi.
Dengiz bo‘shliqichlilari va ular tarqalgan joylarni juftlab yozing.
a) ildizog‘iz; 
 
1) shimoliy dengizlar;
b) aureliya;  
 
2) tropik dengizlar;
d) qutb meduzasi;   
3) Qora dengiz;
e) korall riflari. 
 
4) barcha dengizlar.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Korall poliðlar, aktiniyalar, polið, riflar, korall orollari, qizil korall, medu zalar, 
aurelia, ildizog‘iz meduza, qutb meduzasi, soyabon, reaktiv hara katlanish.
Jumboqni yeching.
 Nima sababdan korall poliplar koloniyasi iliq suvli dengiz lar 
sohili yaqinida keng tarqalgan?
Topishmoqda qaysi hayvonning tuzilishi va zahari to‘g‘risida so‘z yuritiladi?
6. Soyabonga o‘xshar tanasi, 
  Tega ko‘rmang, chaqar ninasi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-1, e-2.
III bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiрi
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə