0-2a-11 Tekshirdi: Qurbanbayeva Nodira Baxtiyorovna Toshkent 2012 reja: kirish I bob. Monopoliyaning vujudga kelishi va uning tasniflari



Yüklə 135,7 Kb.
tarix01.04.2018
ölçüsü135,7 Kb.
#35559



Kafedra: Iqtisodiyot nazariyasi

Mikroiqtisodiyot fani

Mavzu: Monopol bozorlarning vujudga kelishi va antimonopol siyosat. AQSHda monopoliyaga qarshi qonunlar: Federal Savdo Komessiyasi qonunlari, Sherman va Selner qonunlari, Robinson-Patman tuzatishlari.

Bajardi:Xolmirzayev Humoyun

0-2a-11
Tekshirdi:Qurbanbayeva Nodira Baxtiyorovna

Toshkent 2012

REJA:

KIRISH………………………………………………………………………………3

I BOB. Monopoliyaning vujudga kelishi va uning tasniflari

1.1. Monopoliyaning vujudga kelishi va uning turlari ………………….………5

1.2. Monopol tarmoqqa kirish to’siqlari…………………………………………10

1.3. Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari…………………………………...11

II BOB. Antimonopol siyosat. AQSH va O’zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik.

2.1. Antimonopol siyosatning vujudga kelishi va sabablari……………………14

2.2. AQSHning antimonopol siyosati va monopoliyaga qarshi qonunlar……..16

2.3. Mustaqillik davrida O’zbekistonning antimonopol siyosati va uning samarasi…………………………………..…………………………………….….19

XULOSA……………………………………………………………….………..…23

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..…….....24

Kirish

Bozor iqtisodoyoti har bir mamlakat uchun ideal iqtisodiy tizim bo’lgan bir vaqtda monpolistik iqtisodiyot ham o’zining iqtisodiy samaradorligi va yaqqol ko’zga tashlanuvchi salbiy samarasi bilan xarakterlanadi. Umuman olganda monopoliya tushunchasiga nazar soladigan bo’lsak monopoliya tushunchasi turli o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, ba’zi o’rinlarda unga “davlat , korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi” sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, “faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday hukmronlik holati”1, deb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning “mutlaq huquq” yoki “har qanday yoki yakka hukmronlik holati” kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o’rinli deb hisoblaymiz: monopoliya - monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari. 2

“Monopoliya” atamasi grekcha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, “monos” - yagona, bitta va “poleo” – sotaman, ya’ni yagona sotaman, faqatgina men sotaman degan ma’nolarni anglatadi. Monopoliyaning paydo bo’lish tarixi qadim tarixga borib taqaladi va uni iqtisodiy davrlarning barchasida turli shakllarda ko’rishimiz mumkin. Ammo monopoliyaning yangi tarixi XIX asr 3-choragidan boshlanadi. Bu davrda monopoliya o’zining rivojlanish cho’qqisiga chiqdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuning uchun ham XIX asrning oxirini monopol kapitalizm davri deb atashadi. Bunga sabab 1873-yilda boshlangan iqtisodiy krizis davrida ko’pgina firmalar monopoliyadan panoh izlashadi, kasodga uchramaslik uchun birlashishadi. Shu sababli ham ba’zi adabiyotlarda monopoliyani “krizisning bolasi” deb atashadi.

Real hayotda bozorda yagona firma faoliyat ko’rsatadigan vaziyatni topish qiyin. Monopoliya termini ayniqsa «sof» monopoliya doimo shartli ravishda qo’llaniladi.

Mukammal raqobat va «sof» absolyut monopoliya — bu bozordagi ikki qutb, ikki mantiqiy chegarani ifodalovchi nazariy abstraktsiya. Uni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.


1-jadval

Mukammal raqobat va monopoliya


Bozor holati (vaziyati)

Mukammal raqobat

Monopoliya

Sotuvchilar soni

Ko’p

Bitta

Bozorga kirish va

chiqishdagi to’siqlar

mavjudligi


Yo’q

Bor (bozorga kirishga)

Mahsulot turlari

Mahsulot bir turda, standartlashgan

Bir mahsulot

Narx ustidan nazorat

Yo’q

Nazorat o’rnatiladi



Manba: D.TojiboyevaIqtisodiyot nazariyasi” 2-kitob.Sharq.Toshkent 2005/317-bet

Sof monopolist milliy bozorda hukmron firma jahon miqyosida shunday mavqega ega bo’lmasligi mumkin. Masalan, Toshkent aviatsiya birlashmasi, “O’zbekiston havo yo’llari” DAK, “O’zbekiston temir yo’llari” DAK va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Ayrim firmalar esa jahon miqyosida ham shunday mavqeni egallashi mumkin. Masalan, mashhur «De Birs» firmasi, jahon miqyosida olmosga ishlov berib, sotishda hukmron mavqega ega va uning bu sohadagi ulushi 85-90 % ni tashkil etadi. Umuman olganda bozor tarkibi va raqobat turlarini aniq chegaralash juda qiyin.

Monopoliyaning vujudga kelishi, uning turlari, hamda ijobiy va salbiy jihatlari hamda monopoliyaga qarshi olib borilayotgan qonunchilik to’g’risida bundan keyingi qismlarimizda so’z yuritamiz va uni misollar taqariqasida ko’rib chiqamiz.

I BOB. Monopoliyaning vujudga kelishi va uning tasniflari

1.1. Monopoliyaning vujudga kelishi va uning turlari.

Monopoliyaning vujudga kelishi haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, uning vujudga kelish tarixiga va ilk ko’rinishlariga nazar tashlash lozim. Monopoliyalarning birinchi vujudga kelishi bir necha asr oldinga tarixga borib taqaladi. Qaqimda monopoliya davlat (qirollik, xonlik, amirlik, imperiya va hokazolar) tomonidan tashkil etilgan, ya’ni u yoki bu tovarni ishlab chiqarish huquqi bir kishiga (asosan davlat amaldorlari va katta boylarga) berilgan va u shaxsdan boshqa hech kim bu tovarni ishlab chiqara olmagan. Shunaqa qilib monopoliyaning ilk ko’rinishi yuzaga keladi.

Monopoliyaning vujudga kelishiga ishlab chiqaruvchilarning shunga intilishlari ham katta ta’sir ko’rsatadi. Chunki firma (korxona, korporatsiya va hokazolar) uchun bu bir qancha yengilliklar yaratib beradi:3

Birinchidan, monopoliya ishlab chiqaruvchiga raqobat bilan bog’liq bo’lgan bir qancha muammolar va risklardan qochish imkoniyatini beradi.

Ikkinchidan, monopoliya monopolga shunaqa imkoniyat beradiki. Unga ko’ra monopol ma’lum bir sohaning boshqaruv hokimiyatini o’z qo’liga oladi.

Uchinchidan, monopol shu bozordagi boshqa ishlab chiqaruvchilarga o’z ta’sirini o’tkaza oladi va ularga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Ishlab chiqarishni industrlashuvi kapitalni kontsentratsiyasi va markazlashuvini talab etadi. Chunki yangi texnika-texnologiya uchun katta kapital kerak. Kapitalning kontsentratsiyasi hamda markazlashuvi, ya'ni raqobatchilarning birlashuvi qo'shilishi esa monopoliyaga olib keladi. Taniqli iqtisodchi M. Fridmenning fikriga ko'ra, monopoliyaning vujudga kelish manbai uchta:



a) texnik zaruriyat;

b) hukumatning bevosita yoki bilvosita qo'llab-quvvatlashi;

v) xususiy kelishuv.

Monopoliyalar tashkil topishi iqtisodiyotdagi qamrovi va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi.

“Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi4.

Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib boorish maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Kapitalning to’planishi - bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.

Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir.

Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to’planishi farqlanadi.

Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog’i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to’planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.

Ishlab chiqarishning vertikal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o’zaro bo’gliq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to’planishidir. U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi.

Ishlab chiqarishning to’planishi o’z rivojining ma’lum darajasida monopoliyalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ishlab chiqrishning to’planishi hamda monopoliyalarning paydo bo’lishi o’rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo’ladi:


  • tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo’lishi ularning bir-biri bilan kesishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;

  • yirik korxonalar o’rtasidagi raqobat juda qaltis bo’lib, ular uchun katta miqyosdagi yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko’ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo’ladi.

Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to’planishidan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:

  • davlatning proteksion bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo’qotib, monopoliyaning paydo bo’lishiga sharoit yaratadi;

  • banklarning faoliyati va moloyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyarining jadal o’sishiga imkon beradi.

Hozirgi kunda monopoliyaning vujudga kelishini yuqorida aytib o’tilgan kriteriyalar bo’yicha ko’rib chiqdik, ammo buni sodda qilib quyidagicha ham tushuntirishimiz mumkin. Tarmoqda bir necha raqobatdosh firmalar faoliyat olib boradi va ma’lum bir muddatdan so’ng ulardan biri yoki bir nechtasi intensiv va ekstensiv usullardan foydalanib ishlab chiqarish hajmini oshiradi va bozordagi talabning ko’proq qismini o’ziga o’g’dirib oladi. Natijada oligolopolik bozor vujudga keladi. Keyinchalik bu firmalar ichidan bittasi ishlab chiqarishning optimal usulini, yoki arzon ishlab chiqarish resurslariga egalik qilish orqali qolqanlardan ko’ra ancha rivojlanadi va ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi. Iste’molchilarga qo’shimcha xizmatlar va qulayliklar yaratib berish orqali bozor talabining aksariyat qismini egallab oladi. Natijada monopoliya vujudga keladi.

Monopoliyaning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko’rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko’ra ajratish mumkin.



Iqtisodiy adabiyotlarda monopoliya turlari quyidagicha tasniflanadi:

Iqtisodiyotni qamrab olish darajasiga ko'ra ma'lum tarmoq miqyosida sof monopoliya. Bunda sotuvchi bitta, bozor boshqa sotuvchilar uchun yopiq. U sotish uchun tovarlar miqdori va narx ustidan to'la nazorat o'rnatadi.

Milliy xo'jalik miqyosida absolvut monopoliya. Bu davlat yoki uning xo'jalik idoralari tomonidan o'rnatilgan monopoliya. Masalan, tashqi savdo bo'yicha davlat monopoliyasi.

Monopsoniya (sof va absolyut) — bunda resurs va tovarlarni sotib oluvchi bitta bo'ladi.



Kelib chiqish sabablari va xarakteriga ko'ra monopoliyaning quyidagi turlari mavjud:



2-jadval

Monopoliyaning kelib chiqish sabablari ko’ra uning turlari

Kelib chikish sabablari

Monopoliya turlari

Ishlab chiqarishdagi ob'ektiv
texnologik zaruriyat, ishlab chiqarish-
ning kontsentratsiya(to'planuvchi)
darajasi yuqori bo'lishi zaruriyati

Tabiiy monopoliya

Bir markazdan amal qilish zarurli-
gi, qonuniy asosda vujudga kelishi

Legal monopoliya

Raqiblami engish maqsadida
kelish

Sun'iy monopoliya

Bozorda boshqalar egallamagan joy,
ishlab chiqarilmagan tovar, xizmat-
larni qidirish, topish, taklif ko'p
yoki kamligini o'rganish.

Tasodifiy monopoliya



Manba: Manba: D.TojiboyevaIqtisodiyot nazariyasi” 2-kitob.Sharq.Toshkent 2005

Monopoliyaning yuqoridagi 4 turiga quyidagicha ta’rif berish mumkin5


Tabiiy monopoliyalar. Bular ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan (masalan, metallar, er uchastkalari) resurslarga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik yurituvchi korxona infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari kiradi. Masalan, temir yo’l transporti, energetika, harbiy-sanoat kompleksi va hokazolar. Tabiiy monopoliyalar ko’pincha ishlab chiqarishning katta miqyosi bilan iqtisodiy afzallikka, yutuqqa ega bo’lishlari bilan o’zini oqlaydi. Bunda tovarlar eng kam xarajat qilib ishlab chiqarilishi bilan xarakterlanadi. Boshqa shu turdagi faoliyat ko’rsatadigan ko’pgina firmalar bo’lganda bunday natijaga erishib bo’lmasdi. Odatda, jamiyat a’zolarining manfaatini himoya qilish maqsadida tabiiy monopoliyalarga davlat egalik qiladi yoki tartibga solib turadi.

Legal monopoliyalar. Ular qonuniy asosda vujudga kelgan monopoliyalar bo’lib, quyidagi shakllarni o’z ichiga oladi:

a) patent tizimi. Patent hukumat tomonidan qilingan ixtiro uchun faqat ixtirochiga beriladigan guvohnoma, hujjat bo’lib, undan ixtirochi o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanadi. Patent deb, ovchilik, savdo bilan shug’ullanish huquqini beradigan hujjatga ham aytiladi;

b) mualliflik huquqi, unga muvofiq faqat mualliflar o’z asarlarini ma’lum bir davr yoki bir umrga sotish, ko’paytirish huquqini olishadi;

v) savdo belgilari, nishonlari, maxsus rasmlari, nomi, simvol-belgilar bo’lib, ular tovar, xizmat yoki firmaning boshqalardan ajralib turishini ta’minlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgan savdo nishonlaridan raqiblarning foydalanishi taqiqlanadi.



Sun’iy monopoliyalar. Shartli ravishda tabiiy monopoliyadan ajratish uchun shunday nomlanadi. Bu monopolistik manfaatni ko’zlab, korxonalarning birlashuvidan iborat. Bu monopoliyalar bozor tarkibini ataylab o’zgartiradilar:

— bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida turli to’siqlar hosil qiladilar (xom –ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar).

— autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxona)lar uchun arzon xom ashyo, energiya manbalaridan foydalanishni cheklaydilar;

— ishlab chiqrishning eng yuksak darajasidagi texnologiyasiga erishib , qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

— katta kapital sarflab, ishlab chiqarish miqyosini ko’paytirish imkoniga ega bo’ladilar;

— yaxshi yo’lga qo’yilgan reklamalar yordamida yangi firmalarni molini

kasodga uchratadilar.

Sun’iy monopoliyalarning qator shakllari mavjud bo’lib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ularning keng tarqalgan shakllari kartel, sindikat, trest va kontsernlar bo’lgan.

Kartel — bir tarmoqdagi bir necha korxonalarning ittifoqi bo’lib, uning qatnashchilari o’z ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik qilishni to’la saqlab qoladi, mahsulotlarni o’zlari realizatsiya qilishadi. Bitim, kvota-umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulush, sotish bahosi, bozorlarni bo’lib olish yuzasidan tuziladi. Kartel tarixan Germaniyada keng tarqalgan. Xozirgi zamon karteliga misol sifatida «OPEK» tashkilotini ko’rsatish mumkin.

Sindikat — bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi bo’lib, ishlab chiqarish alohida yuritilib, mahsulot esa o’zaro tashkil etilgan idora orqali sotiladi. Monopoliyaning bu shakli asrimiz boshida Rossiyada tarqalgan.

Trest — ma’lum tadbirkorlar guruhining ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikdagi egalik qilishi bo’lib, foyda har birining qo’shgan kapitaliga qarab taqsimlanadi. Monopoliyaning bu shakli AQShda keng tarqalgan. Trestlar vatani AQSh hisoblanadi.

Trestlar dastlab radikal tarzda texnologik yangilanish, eski, qoloq ishlab chiqarishni yangilashga olib keldi. Bu o’z navbatida xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarish masshtabini kengaytirishga olib keldi. Trest shaklidagi monopoliyalar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida elektrotexnika va avtomobilsozlikni, kimyo, metallurgiyani rivojlantirishga olib keldi.



Kontsernlar monopoliyaning eng yuqori va murakkab shakli bo’lib, turli sohalardagi rasman mustaqil kompaniyalardan tashkil topib, bosh kompaniya ular ustidan moliyaviy nazorat o’rnatadi .

Kontsernlarning boshqa monopoliya shakllaridan afzalligi shundaki, birinchidan, rasman mustaqil, bu ozmi-ko’pmi ularga faoliyat erkinligini beradi.

Ikkinchidan, qaysi tarmoq mahsuloti — xizmatlariga talab yuqori bo’lsa, aynan shu sohaga tezda kapital qo’yish imkonini beradi. Kontsernlar universallikning afzalligi bilan ixtisoslanishning ustunliklarini o’zida mujassamlashtiradi.

Monopoliyaning kontsernlar shakli tarixan Yaponiyada keng tar-qalgan.

Bulardan tashqari, monopoliyalarning boshqa turlari ham bor, lekin ular unchalik ko’p tarqalmagan.

Umuman olganda, monopoliyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishida o’ziga xos o’rin tutib, o’ziga xos ijobiy rol o’ynaydi. Ma’lum chegaradan o’tgach esa taraqqiyotga to’sqinlik qilib, jamiyat hayotiga salbiy ta’sir o’tkazadi.

Lekin bu monopoliyalarning vujudga kelishi bilan raqobat kurashi barham topadi degani emas. Raqobat kurashi monopoliya hukm-ronligi sharoitida ham muqarrar va keskinroq yuz beradi.
1.2. Monopol tarmoqqa kirish to’siqlari.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek monopol bozorga kirib borish juda qiyin, ammo monopol hokimiyatni ushlab turish undanda qiyin hisoblanadi.

Agar monopol firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi bo’lgan firmalar uchun maxsus to’siqlar bo’lishini taqazo qiladi. Tarmoqqa kirish to’siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to’xtatuvchi cheklanishlar.

Tarmoqqa kirish to’siqlaridan quyidagilarni ko’rsatish mumkin6.

1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko’rsatish, pochta xizmati ko’rsatish, kommunal xizmati ko’rsatish va aloqa xizmati ko’rsatish bo’yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to’siqlar yaratadi.

2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma’lum muddatgacha kuchga ega bo’ladi. AQSH da patent qonuniga ko’ra ixtirochi o’z ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.

3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, yuqorida aytib o’tganimizdek, Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85-90 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham monopoliyani vujudga keltiradi.

4. Bulardan tashqari yana monopol hokimiyatini saqlab qoluvchi to’siqlarga iqtisodiy baryerlarni ham kiritishimiz mumkin. Iqtisodiy baryerlar faqatgina monopol firma tomonidangina kiritilib jamiyatdagi iqtisodiy ahvolga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Iqtisodiy baryerlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: U yoki bu tovarni ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan resurslarning barchasiga egalik qilish, yoki shu resurs egasiga tahdid o’tkazish orqali resurslarning boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotilishiga yo’l qo’ymaslik.

Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun to’siq bo’lishi mumkin. Masalan, avtomobil’ zavodi ma’lum miqdorda avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal bo’ladi.

1.3. Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari.

Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo’lganidek, monopoliyaning ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi salbiy tomonlari ijobiy tomonlaridan ko’ra ancha ko’p . Monopoliyaning asosiy ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.

Ijobiy tomonlari. Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi uch jihat orqali namoyon bo’ladi.7

Birinchidan, u boshqa bir ma’lum tarmoqlarga nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.



Ikkinchidan, monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi korxonalarga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarish ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. Chunki uncha yirik bo’lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo’lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusida daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g’oyalar raqiblar tomonidan juda tez o’zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g’oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolist firmalarda esa moliyaviy imkoniyatlar keng bo’lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.

Uchinchidan, ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi. Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.

Salbiy tomonlari. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:

1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.

Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. O qibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.

2. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi hamda yuqori foyda olinishi bilan bo’g’liq bo’lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.

3. Iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatkardan qaytaradi.

4. Iqtisodiyotda bozordagi erkin harakatlarning to’sib qo’yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, sifati oast tovarlarni ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirilgan tovar narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o’z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin.

Monopoliyaning salbiy tomonlari haqida oldindan ta’kidlab kelingan va bir qancha buyuk iqtisodchilar bu haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishgan. Buning yorqin misoli sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:



  • Arnold Xarberger fikriga ko’ra bozorda monopoliyaning mavjud bo’lishi jamiyat boyliklarining bir qismini qaytmas xarajatlar (DeadWeight Loss (DWL))ga aylantiradi. Bu fikr o’z tasdig’ini topgan.8

Jamiyatning qaytmas harajatlari 1-grafik. c:\users\fearless\desktop\217px-monopoly-surpluses.png

Manba: www.wikipedia.com Monopoly

  • Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul yo’qligini ta’kidlaydi.

  • Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu harajatlar odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan.



II BOB.Antimonopol siyosat. AQSH va O’zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik.

2.1. Antimonopol siyosatning vujudga kelishi va sabablari.

Antimonopol qonunlar meni zeriktirib yubordi, ishlab chiqaruvchi narxni oshirishi bilan sudlar uni monopol deb e’lon qilishadi, narxni tushurishganda narxlar kamsitilishiga yo’l qo’yildi deyishadi, bir xil narxlarni esa yashirin kelishuvga yo’yishadi”. (Ronald Kouz)

Yuqorida monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’rib chiqdik. Bundan xulosa qiladigan bo’lsak monopoliyaning mamlakat iqtisodiyotiga ijobiydan ko’ra ko’proq salbiy ta’sir qiladi. Monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin. Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo’ladi.



3-jadval

Antimonopol siyosatga juda kam e’tibor beradigan davlatlar

Osiyo

Afrika

Yevropa

Shimoliy Amerika

Janubiy Amerika

Afg’oniston

Angola

Andorra

Beliz

Bolivya

Bangladesh

Botsvana

Gruziya

Bermud orolllari

Paragvay

Baxrayn

Gabon




Dominika

Surinam

Birma

Gana




Dominika Respublikasi

Ekvador

Bruney

Gvineya




Kyurasao




Gonkong

Kongo




Kuba




Qatar

Lesoto










Quvayt

Liberiya










Makao

Liviya










Falastin

Mavritaniya













Madagaskar










Manba: www.antitrustworldwiki.com

Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan monopolistik hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnahadi . Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.

Butun dunyodagi monopoliyani 100 % deb oladigan bo’lsak, uning har xil hududlardagi ulushini quyidagi grafikdan ko’rishimiz mumkin:



2-grafik

Jahondagi monopoliyaning davlatlar bo'yicha ulushi9

Manba: www.wikipedia.com Monopoliya

Odatda, AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi va antimonopol siyosatning klassik misoli sifatida iqtisodiyot tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.



2.2. AQSHning antimonopol siyosati va monopoliyaga qarshi qonunlar.

Monopoliyaga qashi siyosat albatta monopol sharoitda amalga oshiriladi. Buning uchun avvalam bor iqtisodiyotda monopol kuchlar bor yoki yo’qligini aniqlash lozim. Ushbu holda biz 1934-yilda Abba Lerner taklif etgan Lerner monopol ko’rsatkichidan foydalanamiz . Ushbu ko’rsatkich quyidagi ko’rsatkich orqali topiladi:

L=(Pm-MC) /Pm L-monopol hokimiyatning Lerner indeksi

Pm-monopol narx

MC-chekli xarajat

Shu bilan birga Xerfendal-Xirshman indeksi ham monopol darajani aniqlashda foydalaniladi :

hhi=s_1^2+s_2^2+...+s_n^2

HH1- Xerfendal-Xirshman indeksi

X-bozordagi korxonaning ulishi

AQSHda XIX asr oxirlarida katta-katta korporatatsiyalar va korxonalar foydani oshirish maqsadida birlashishadi, maxfiy ravishda kelishuvlar olib borishadi. Buning natijasida katta korxonalar katta monopolistlarga aylanishadi va bu holat iqtisodiyotning erkinligi va demokratiyasiga tahdid sola boshlaydi. Bu esa AQSHda birinchi monopoliyaga qarshi qonunchilikning vujudga kelishiga olib keldi.10

AQSHdagi birinchi monopoliyaga qarshi qonunchilikni 1887-yilda tuzilgan “Shtatlararo savdo-sotiq akti” (Interstate Commerce Act) boshlab berdi va bu bu sohadagi ilk qadam bo’ldi. Bu aktga muvofiq, temiryo’l orqali bir shtatdan ikkinchi shtatga kirayotgan yuklarga nisbatan “aqlli va adolatli” ta’riflar o’rnatilishini talab qiladi va uni nazorat qiladi. Bundan tashqari bu qonun temiryo’l kompaniyalarining birlashishini ta’qiqlab qo’ydi. Bu qonunga muvofiq AQSH tarixida birinchi marta “Shtatlararo savdo-sotiq qo’mitasi” tuzildi.

Keyinchalik AQSHning antimonopol siyosatida 1890-yilda Sherman qonuni, 1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni, 1936-yilda Robinson-Patmen qonun va yana bir qancha qonunlar qabul qilindi.

Bu qonunlarning asosiy sababi sifatida esa bir qancha firma va korxonalarning, ayniqsa, yuzlab temiryo’l liniyalarining bir joyda jamlanishi va bitta katta monopol sistemaga aylanishi edi. O’sha vaqtdagi AQSH senatorlaridan biri Jon Sherman bu holdan tashvishlanadi va o’z taklifi bilan kongressga chiqadi. Kongress uning taklifini ko’rib chiqqach, uni bir ovozdan maqullashadi va 1980-yilda Sherman qonuni kuchga kiradi.

Sherman qonuni 7 bobdan tashkil topgan bo’lib, u asosan savdoni va tijoratni monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo’l bilan yo’qotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to’lashdan tortib, firmani tarqatib yuborishgacha va hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha jazolanishni nazarda tutar edi. Sherman qonuni boshlamishida unchalik darajada yuqori samara bermagan bo’lsada, Ruzveltning federal hokimiyati shu qonunchilikaktiga muvofiq 45 ta kompaniyani sudga beradi va jazolaydi, William Taft esa uni 75 ta kompaniyaga qarshi ishlatadi.

1870-1880-yillarda AQSHning mashhur neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Standart Oil Company drektori John D. Rockefeller shu sohadagi o’zining raqobatchi kompaniyalariga tahdid o’tkazadi va temiryo’l kompaniyalari bilan ularga qarshi maxfiy kelishuv tuzadi va monopoliyaga erishadi. Ammo 1911-yilda AQSHning Supreme sudi bu kompaniyani Sherman qonunini buzganlikda aybdor deb topadi va u hamda sheriklarini qonunga ko’ra javobgarlikka tortadi.

1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo’lib, u qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo’yicha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi birlashib ketishlar, o’zaro bog’lanib ketuvchi direktorat va boshqalarni taqiqlaydi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo’yicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi.

O’sha davrda avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanmish Ford Motor Company raqobatchi kompaniyalarni sindirish va o’zida monopol hokimiyatni to’plash uchun narxlarni juda pasaytirib yuboradi va bu narx kamsitilishiga olib keladi. Keyinchalik Kleyton qonuniga muvofiq Fordning bu qilmishiga nuqta qo’yiladi va tarmoqda raqobat qaytadan yo’lga qo’yiladi.

1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to’siq qo’ygan bo’lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertical ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.



Robinson-Patmen qonuni

Robinson-Patmen qonuni 1936-yilda qabul qilingan bo’lib, bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, “narxlar qaychisi”, narx bo’yicha kamsitishlar va boshqa bir qancha faoliyatlarni taqiqlaydi.

Bu qonun birinchi narxlar diskriminatsiyasiga qarshi qaratilgan qonun hisoblanadi. Bundan oldingi Kleyton qonunida ham narx kamsitilishiga e’tibor berilgan, ammo bu o’z samarasini deyarli ko’rsatmagan. Robinson-Patmen qonunini shuning uchun ham ba’zi bir adabiyotlarda Kleyton qonuning mukammallashtirilgan 2-shakli deb ham atashadi.

Robinson-Patmen qonunini narxlar kamsitilishini ildini olish orqali kichkina korxonalarni katta korxonalardan himoya qilgan desak ham bo’ladi. Chunki ko’p miqdorda tovar (asosan resurslar) sotib oluvchilarga kamroq tovar sotib oladiganlarga nisbatan arzon narxlarda mol sotish, maxsus chegirmalar qilish natijasida katta firmalar o’z mollarini arzonroq narxda sotish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Buning oqibatida ular tarmoqdagi talabning katta qismiga egalik qiladilar va o’z qo’llarida monopol hokimiyatni to’plashadi. Natijada kichkina firmalar kasodga uchrashadi va bu iqtisodiyotga salbiy ta’sir qiladi.

1976-yilda o’nlab AQSHning Spokani shahridagi yoqilg’I sotuvchi kichik kompaniyalari Texaco yoqilg’i sotish kompaniyasini sudga beradi va 449.000 AQSH dollari miqdorida zararlarini qoplashga muvaffaq bo’lishadi. Texaco ko’p miqdorda yoqilg’i sotib oluvchi kompaniyalarga boshqalarga nisbatan arzon narxda yoqilg’i sotadi. Natijada ular aholi bozorida yoqilg’ini arzon narxda sotish imkoniyatiga ega bo’lishadi va xaridorlarning katta qismini o’zlariga og’dirishadi.

1938 yildagi Uiler qonuni iste’molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi. Qonunga muvofiq tovar haqida noto’g’ri ma’lumot berish va noto’g’ri reklama qilish taqiqlanadi.



2.3. O’zbekistonning antimonopol siyosati.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.

Bugungi kunda O’zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar. Shunga ko’ra mamlakatimizda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur.

b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqelarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarini oldini olish.

Shu maqsadda 1992-yilning avgust oyida O’zbekistonda “Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun kuchga kiritildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik keltirib chiqarish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etildi.

Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 27-dekabrda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida” gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shaklllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.

Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O’zbekiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan.

Quyidagi xatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:


  • xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste’mol qilinishi (5-modda)

  • xo’jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kelishilgan xatti-harakatlar) (6-modda)

  • davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda)

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda O’zbekiston monopoliyaga qarshi organ – Moliya Vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoniga asosan, Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va muqil davlat qo’mitasiga aylandi. Keyinchalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi farmoniga binoan, u monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga aylantirild i.

Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozoridagi shu turdagi mahsulotning 35 %dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 % deb belgilanadi.11

Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxonalarning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:

1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo’yish.

2. O’z monopol mavqeini suist’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi” nizom asosida amalgam oshiriladi.

Monopoliyani maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu chora tadbirlar samarasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oxirgi 12 yil mobaynida monopolist korxonalar soni deyarli 4 barobar kamaydi, monopolist mahsulotlar soni esa 30 barobarga kaamaydi. 2004-yilda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi.

2003-yilda 1-yanvarida Davlat reyestrida monopol sifatida 386 ta xo’jalik yurituvchi subyektlari hisobga olingan bo’lsa, 2009-yil 1-yanvaridagi holatiga ko’ra bu ko’rsatkich 95 tani tashkil etdi. 2007 yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Bu sohada mamlakatimizda katta yutuqlarga erishilgan bo’lsada bu bilan cheklanib qolinayotganligi yo’q. Buning yorqin misoli sifatida joriy 2010-yilning 26-fevralda yurtboshimizning “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Bu farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari farmonda qo’mitaning asosiy vazifalari va huquqlari aniq qilib belgilab berildi.

3-grafik

O’zbekiston Respublikasida monopol subyektlar va mahsulotlar soni

Manba: O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining reysteri

2010-yilning 12-noyabrida bo’lib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ham monopoliyani cheklash va raqobatni rivojlantirish haqida alohida to’ xtalib o’tdilar. Bu borada tadbirkorlikni, asosan, kichik biznesni rivojlantirishga katta e’tibor berilishi zarurligini ta’kidlab o’tdilar.





XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodiyotda sof raqobat qanchalik darajada kam uchrasa, sof monopoliya ham shunchalik darajada kam uchraydi. Ayniqsa, oxirgi yillarda dunyoning aksariyat davlarlari tomonidan olib borilgan antimonopol siyosat tufayli monopoliyalar faoliyatiga tartibga solindi, chek qo’yildi va iqtisodiyotning turli sohalarida monopol hokimiyatning vujudga kelishining oldi olindi. Ammo shu o’rinda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, ba’zi bir sohalarda davlatning o’zi tomonidan monopoliya vujudga keltirilib, ularga bir qancha imkoniyatlar yaratib berildi. Zero, bu sohalarda monopoliya raqobatga nisbatan tarmoq barqarorligi va bir me’yorda faoliyat yuritishini ta’minlab bera oladi. Bunday tarmoqga metro yaqqol misol bo’la oladi.

Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo’lgan juda murakkab jarayondir. O’zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko’plab tarmoqlarda hukmron mavqega ega bo’lgan korxonalar xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.

Shu kunga qadar olib borilgan ishlar va ularning natijalarini tahlil qilgan holda yana quyidagi xulosani chiqaramiz: Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi subyektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha egiluvchan bo’lishi darkor.

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g’oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni takomillashtirish bilan birga, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan antimonopol islohotlarning sur’ati va mantiqiy talablardan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etmoqda.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. (12.11.2010)

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. (26.02.2010)

3. “Iqtisodiyot nazariyasi” - Sh.Shodmonov, U.V.G’afurov /2005y

4. “Iqtisodiyot nazariyasi” Norboy BEKNOZOV (Darslik)/2005 y

5. “Mikroiqtisodiyot” – B.T.Salimov, U.S.Muxiddinov/ /2006y

6.“Iqtisodiyot nazariyasi” – D.Tojiboyeva/316-319-betlar/2005y

7. “Курс микроэкономики” – R.M.Nuriyev/576-bet/2005y

8. “Mikroiqtisodiyot” – K.R.Makkonel/119-133-betlar/2005y

9. “Микроэкономика” – L.S.Tarasechev/2006y

10. “Microeconomics” – P.Samuelson/531-537-betlar

11. “Микроэкономика и поведение” - Роберт Х. Франк.

12. “Особенности антимонополной политики в Узбекистане: обшие принсипи и правовая база” 2-nashr - T.Shadibayeva /5-7-betlar

Foydalanilgan saytlar:12

1. www.iet.ru

2. www.ic.omskreg.ru

3.www.wikipedia.com

4. www.knigi.alhademic.ru

5. www.economics.ru

6. www.google.co.uz

7. www.antitrust.com

8. www.stat.uz

9. www.press-service.uz

10. www.globalcompetitionpolicy.org


1 D.Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi/2-nashr.Sharq.Toshkent 2005/246-bet

2 Sh.Shodmonov.Iqtisodiyot nazariyasi.Toshkent 2005/261-bet

3 www.wikipedia.com Monopoly

4 Р.М.Нуреев. Курс микроэкономики. Норма. Москва 2001

5 М.Н.Чепурина. Курс экономической теории. “АСА” М.2009

6 R.Pindyck, D.Rubinfield. Microeconomics./fourth edition. USA.2005

7 B.T.Salimov, U.S.Muxiddinov.Mikroiqtisodiyot/Sharq. Toshkent 2006/135-136-betlar/

Sh. Shodmonov .Iqtisodiyot nazariyasi/Fan va texnologiya. Toshkent 2005./ 267-268-betlar/



8 www.globalcompetitionpolicy.org

9 Grafikdagi ma’lumotlar 2011-yil 1-yanvar holati bo’yicha olingan

10 www.antitrustlaw.org

11 “Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi”ning nizomida shunday ko’rsatilgan.

12 Yuqorida aytib o’tilgan saytlardagi ma’lumotlar 12.12.2011 holatdagi ma’lumotlar.

Yüklə 135,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə