1. Avstraliya va Okeaniya ko‘llarini o‘rganish



Yüklə 15,38 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü15,38 Kb.
#105267
1-mavzu.


1. Avstraliya va Okeaniya ko‘llarini o‘rganish.
Eng mitti, eng past, eng quruq materik , xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan Janubiy tropik chizig‘i o‘tadi, evkalipt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60%) jihatidan birinchi o‘rinda, yagona davlat - Avstraliya ittifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
Avstraliya (lotincha «australius» - janubiy) to‘liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo‘'tadil yoritilish mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi.
Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan.Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi gollandiyalik Villyam Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi.
Materikning eng past joyi (Eyr ko‘li - 16 m) ham shu yerda. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan uchinchi tog‘li qismi - Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qiladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya Alpi tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2230 m) hisoblanadi.
Okeaniya hududi tabiiy-geografik va etnografik farqlariga asoslanib, uchta qismga bo‘linadi. 1.Melaneziya (yunoncha melos - qora, nesos - orol, ya'ni qora orollar). 2. Mikroneziya (yunoncha kichik orollar). 3.Polineziya (yunoncha ko‘p orollar). Okeaniya to‘g‘risidagi ma'lumotlar yevropaliklarga F.Magellan sayohatidan (1521-y.) keyin ma'lum bo‘lgan.

- Avstraliya va Okeaniya maydoni - 8 944 000 kv.km


- Avstraliya materigining maydoni -


- Orollar maydoni - 1 329 500 kv.km


- Materikning dengiz sathidan o'rtacha balandligi - 300 metr


- Materik qirg'oqlarining uzunligi - 19 700 km


- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Kossyushko t. 2 228 metr




- Dengiz sathidan eng past balandlik - Eyr-Nord k. -16 metr
Yüklə 15,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə