1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
SUDLAR TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Sud hokimiyati
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasi. 
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Hech 
qaysi boshqa organlar va shaxslar sud hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirib olishga haqli emas. 
2-modda. Sud tizimi 
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi: 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; 
harbiy sudlar; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy 
sudlari; 
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; 
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; 
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari
tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga 
oshirilishi mumkin. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasi. 
3-modda. Sudlar to‘g‘risidagi qonunchilik 
Sudlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyati tartibi 
alohida qonun bilan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə