1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə1/5
tarix17.04.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#105909
  1   2   3   4   5
MTT nizomi


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda boshqarma deb yuritiladi) huquqiy maqomini, asosiy vazifalari va funktsiyalarini, huquq hamda majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanib, Navoiy viloyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish ishlarini tashkil etish va yuritish bo‘yicha boshqaruv organi hisoblanadi.
3. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Maktabgacha ta’lim vazirligining buyruq va ichki me’yoriy hujjatlariga, Maktabgacha ta’lim vazirligi hay’ati bayonnomasi qarorlari, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga asoslanib amalga oshiradi.
5. Boshqarma o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Boshqarma tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda tasarrufidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, bolalar ta’lim-tarbiyasining sifati, maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va maktabgacha ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish ehtiyojlarini rivojlantirish uchun mas’ul hisoblanadi.
7 .Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining hududiy bo‘linmalarida shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga ega bo‘ladi.
8. Boshqarmaning yuridik manzili (pochta manzili): Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Shodlik ko‘chasi, 6-uy, indeks:210100. 


Yüklə 17,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə