1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari



Yüklə 293,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.10.2023
ölçüsü293,69 Kb.
#128259
1   2   3   4   5   6
2-Mavzu. Didaktika

 
U
 
o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, 
ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan 
xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim 
o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda 
o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to’g’ridan to’g’ri, 
bevosita va nisbiy munosabat
1
aks etadi. 
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqot yuzaga keladi. 
“Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish 
qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, 
dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Didakti
ka pedagogikaning ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadigan bo‘limdir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko”- o‘qitish, “didaskal” - 
o‘rgatuvchi, degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning so‘zma - so‘z tarjimasi ta’lim, 
o‘qitish nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi quyidagi masalalarni: ta’lim 
jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim qoidalari, ta’lim metodlari, ta’limni tashkil 
etish shakllari hamda ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hisobga 


olish va baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Didaktikaning asosiy maqsadi, vazifasi 
o‘qituvchini o‘qitishga doir ma’lumot, mahorat bilan, o‘quvchilarni esa ilmiy bilimlar 
ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir. 
Didaktika termini qadimgi Gretsiyada Afina va Sparta shaharlarida eramizdan 
avvalgi IV - V asrda paydo bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy, Misr va Markaziy Osiyo 
davlatlarida rivoj topgan. 
O‘zbek didaktikasiga Al-Xorazmiy, A.R.Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy, M.Ulug‘bek, 
A.Avloniy, M.Behbudiy, Muhammadrasul Rasuliy, Q.Niyoziy va boshqa mutafakkirlar 
hamda hozirgi mashhur pedagoglar, olimlar munosib hissa qo‘shmoqda. 
Didaktikaga oid materiallar mashhur pedagog YA.A.Komenskiy, Ushinskiy va 
boshqalar tomonidan boyitildi. 
Didaktikaning asoslari hikmatlar, hadislar va xalq og‘zaki ijodining boshqa 
manbalarida o‘z aksini topgan. Ayniqsa vatandoshimiz B.Zarnudjiyning “O‘quvchiga 
ta’lim yo‘lida qo‘llanma” asari bag‘oyat qimmatlidir. 
Men ushbu kitobni “O‘quvchiga bilim olish yo‘lida qo‘llanma” deb atab, uni 
quyidagi bo‘limlardan iborat deb tuzdim. Ular: “Bilimning mohiyati va ularni 
takomillashtirish haqida”, “Ta’lim yo‘lida ongli istaklar haqida”, “O‘qituvchi, o‘rtoq, 
fanlarni tanlash haqida”, “Olimlar va fanning sharafi haqida”, “Dars vaqti haqida 
qo‘llanma”, “Bilimlarni egallash haqida”, “Ollohdan qo‘rqish va ta’lim olish”, 
“Bilimlarni xotirada saqlash, esdan chiqarish turlari”, “Umrni uzaytiruvchi va 
qisqartiruvchi kuchlar haqida va boshqalardan iborat”. Inson tarbiyasida va 
shakllanishida bilim, ta’lim, ma’lumot eng muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘qituvchi rahbarligida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma 
va malakalarini egallash bilan ularda ilmiy dunyoqarash va shaxsning asosiy sifatlari: 
axloq, estetik qarashlar hamda kasb - hunarga bo‘lgan qiziqishlar tarbiyalanadi. 
Ma’lumot va ta’lim o‘zaro yaqin aloqada bo‘ladi. Ma’lumot - bu ta’limning natijasi 
ta’lim esa ma’lumot olishning asosiy shartlaridan biridir. 
Didaktika ma’lumotning ilmiy asoslanishi bilan shug‘ullanish bilan birga yuksak 
darajada bilimlar zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni tarixiy bir jarayonida beradi va 
hozirgi fan, texnika taraqqiyoti davrida o‘quvchilarni muayyan darajada shaxsni tarkib 
topdiradi. 
Didaktika faqat ma’lumot mazmunini belgilabgina qolmay, balki qanday o‘qitish 
kerakligini ham belgilaydi. 
Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lish bilan birga boshqa 
bir qancha fanlar bilan uzviy bog‘langan: Filosofiya, sotsiologiya, logika, psixologiya
fiziologiya oliy nerv faoliyati, kibernetika, matematika va h.k. 
Hozirgi zamon didaktikasining taraqqiyoti ijtimoiy hayot, fan va texnikaning ishlab 
chiqarish darajasi bilan asoslanadi. Didaktikaning hozirgi davrida vazifalaridan biri 
oldingidek har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni shakllantirish bo‘lib 
qolmoqda va shunday bo‘lib qolaveradi. 


Didaktika oldidagi eng muhim vazifalardan biri o‘sib boruvchi ta’limni keng yoyish, 
shu asosda shaxsning eng asosiy sifatlarini ya’ni ilmiy bilishini ta’minlash, ijodiy 
fikrlashga o‘rgatish hamda doimiy ravishda o‘z ma’lumotini takomillashtirib borish 
kabilarni talab etmoqda. 
Ta’lim va ma’lumotning birligi asosida ta’limning tarbiyalovchi metodikasini 
takomillashtirish, bilish qobiliyatlarini, dunyoqarashni va yuksak ma’naviy - axlaqiy 
sifatlarni tarkib toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 
Didaktika asosan pedagogika fanining ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanadi. 
Bular: 
1. Ilmiy kuzatish: 
2. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va yoyish. 
3. Didaktik eksperiment. 
4. O‘quv hujjatlarni o‘rganish va h.k. 
Pedagogika fanida didaktika ikki turga ajratilib o‘rganiladi. Birinchisi umumiy 
didaktika ya’ni o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ana shu o‘rganish 
asosida o‘qitish jarayonining yangi-yangi qirralari ochiladi va amaliyotga tadbiq etiladi. 
Masalan EHM yoki ta’limning texnika vositalari yordamida o‘quvchilarning bilish 
qobiliyatlari o‘stiriladi. Yuqoridagi o‘qitish sohasida yutuqlar umumiy didakitkaning 
rivojlanib borayotganligi ko‘rsatadi. 
Shu bilan bir qatorda xususiy didaktika ya’ni bir fanni o‘qitishining o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganadigan tarmog‘i hisoblanadi. Fanda xususiy didaktikani metodika 
ham deb yuritiladi. Masalan, ona tili o‘qitish metodikasi, kimyo o‘qitish metodikasi, 
boshlang‘ich ta’lim metodikasi singarilar. 
Umumiy didaktika bilan xususiy didaktikalar o‘zaro uzviy aloqadorlikda, 
bog‘liqlikda ish olib boradi. Ular bir - birlarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi va 
yagona maqsadni ya’ni barkamol insonni shakllantirish vazifasini amalga oshiradi. 
Xususiy didaktika rivojlanib qo‘lga kiritgan yutuqlari umumiy didaktikaning hamda 
xususiy didaktikaning, vazifalarini hal qilishga yo‘naltiradi. YOki aksincha. SHuning 
uchun ular o‘zaro hamkorlikda, aloqadorlikda bir - biriga tayangan holda ish tutadi. 
 
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay. imom Al Buxoriy. Muhammad 
payg‘ambar:
“Ilm egallang! Ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida 
yo‘ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlada madadkor, odamlar orasida zebu-
ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.(Axloq odobga oid hadislardan). 
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar. Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar. Yusuf Xos 
Xojib. 
Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Ilmsiz inson mevasiz daraxt 
kabidir. Abdullo Avloniy. 
Didaktikaning maqsadi va vazifasi haqida “Avesto”da: odamlarga va ularning 
avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar hamda tarbiya hayotning 
eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday 


tarbiyalash kerakki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng 
yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin, deb ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim 
to‘g‘risidagi Qonun 3-moddasida: “Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti 
sohasida ustivor deb e’lon qilinadi”. (20 - bet) Barcha turdagi ta’lim muassasalarida 
o‘quvchilarga beriladigan ta’lim ana shu hujjat asosida tashkil etiladi. 
O‘qituvchi didaktikani ilmiy o‘zlashtirmasdan, o‘quvchilarni talab darajasida o‘qita 
olmaydi. Buning uchun didaktika haqida maxsus ilmiy didaktika ma’lumotiga ega 
bo‘lishi shart. 
Didaktikaning tushunchasi, kategoriyasi ya’ni predmeti bilim, ko‘nikma, malaka va 
ma’lumotlarni tashkil etadi. 
Bilimlar-odamlarning 
ijtimoiy-tarixiy 
amaliyoti 
jarayonida 
to‘plangan, 
umumlashgan tajribasidir. Yoki Bilimlar-bu ijtimoiy-tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy-
tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar, insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini 
faol o‘zlashtirish jarayonida to‘plagan, amalda sinovdan o‘tgan va ob’ektiv dunyoni 
chuqurroq anglashga hamda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiat, jamiyat, inson tafakkuri 
va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlangan 
majmuasidir. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir 
qancha ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. Kishida bilim qanchalik boy va 
muntazam tarzda olingan bo‘lsa, uning kelajakda mustaqil bilim olish imkoniyati ham 
shuncha katta bo‘ladi. (V.V.Davidov va boshqalar) 
Ko‘nikmalar maktab o‘quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib (qo‘yilgan 
vazifalar va shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir. 
Ko‘nikma bilimlar kabi harakatda, kishi biror harakatga erishish uchun har xil 
faoliyat turida izchil bajariladigan uslublar tizimi kabi belgilanadi. Ko‘nikmalarni kishi 
faoliyati turlariga ko‘ra bir necha turlarga ajratib ko‘rsatish mumkin. 
1.O‘quv faoliyatiga oid ko‘nikmalar - bular o‘qituvchini tinglash va eshitganini 
tushunish, uning ko‘rsatmalariga qarab harakat qilish, kuzatish, idroki yo‘naltirilgan 
narsalarni ko‘ra olish: turli masalarni echa olish; sanay, o‘qiy, yoza olish va h.k.
2.Nutqiy faoliyat ko‘nikmalari - nutqni tinglash, uni tushunish, o‘z fikrini aniq 
bayon qilish, leksik, fonetik va grammatik normalarga amal qilish. 
3.Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar - musiqiy, rang-tasvir, harakatli. 
4.Kishining jamiyatda muomala va o‘zini tutish ko‘nikmalari. 
5.Mehnat ko‘nikmalari. 
Malaka-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki Malaka - bu 
faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish 
qobiliyatidir. 
Ko‘nikma va malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. 
Ularni mutahkamlash uchun uzoq vaqt bilim olish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus mashqlar 
talab qilinadi. 


Ta’lim mazmunidagi asosiy narsa-zarur bilim va ko‘nikmalarni mustaqil egallash, 
egallangan bilimlar haqida avval hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida vujudga 
keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. 
Ta’lim jarayonida, bilimlar, ko‘nikma va malakalar bir-biri bilan o‘zaro uzviy 
bog‘lansada, avvalgidek bilimlar etakchi rol o‘ynayveradi. CHunki o‘quvchilar bilimlar 
asosidagina ko‘nikma va malakalarning ma’lum doirasini egallaydilar. Bolalarga 
matematikaning to‘rt amalini mashq qildirishdan oldin ularga sanoqni o‘rgatish lozim. 
Lekin ko‘nikma va malakalar ham o‘z navbatida bilimlar egallash jarayoniga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ma’lumot - olingan, hosil qilingan bilimlar, tarkib topgan ko‘nikma, malakalar 
hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmuasi.

Yüklə 293,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə