1-keys: 17 yoshli o’quvchilar a va n darsdan qochib, parkka ketishdi. Avtobusda yo’lovchilar kamligidan foydalanib, yumshoq o’rindiqqa ismlarini o’yib yozdi. Shu bilan birga ular tamaki chekib, kulini o’rindiqqa tushirib qo’yishdi



Yüklə 12,55 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü12,55 Kb.
#135281
  1   2   3   4   5   6
Keyslar to’plami 1-keys-fayllar.org


Keyslar to’plami 1-keys

1-keys: 17 yoshli o’quvchilar A va N darsdan qochib, parkka ketishdi. Avtobusda yo’lovchilar kamligidan foydalanib, yumshoq o’rindiqqa ismlarini o’yib yozdi. Shu bilan birga ular tamaki chekib, kulini o’rindiqqa tushirib qo’yishdi. Passajirlardan biri o’rindiqni bir parchasi kuyganini ko’rib, o’quvchilarni tartibga chaqirdi. O’quvchilar avtobus to’xtashi bilan qochib tushib ketishdi. Biroq, o’quvchilarni ichki ishlar xodimlari topishdi.
Ayting-chi o’quvchilar qanday jazoga loyiq?


2-keys: 15 yoshli B. o’rtog’i bilan urishib qoldi. Ertasiga ataylab uning deraza oynalarini sindirdi. Uchastka militsiyasi B. ning qilmishi uchun uning ota-onasiga katta miqdorda jarima solinishini ma’lum qildi.
Sizningcha B. qanday jazoga loyiq?


3-keys: 16 yoshli G. sinfdoshi S. ni uning shaxsiga tegadigan so’zlar bilan haqoratladi. So’ng qo’l telefonini zo’rlik bilan tortib oldi. Ertasiga S. telefonini qaytarishni so’raganida yo’qotib qo’yganini aytdi va qaytarmadi. S. sudga murojaat etdi.
G. qanday jazoga loyiq deb o’ylaysiz?


4-keys: 17 yoshli fuqaro M. 14 yoshli S. ni tilanchilik qilishga majbur qiladi. Buning uchun fuqaro M. ga ma’muriy chora ko’rildi. Bir oydan so’ng, 15 yoshli G. ni spirtli ichimlik ichishga o’rgata boshladi. Fuqaro M. ning xatti-harakatini huquq posbonlari aniqlashdi.
Uni qanday jazo kutmoqda?


5-keys: 17 yoshli fuqaro A. 11 yoshli ukasi S. bilan shahar transportida chiptasiz yurgani uchun nazoratchi ushlab oldi. Nazoratchi yo’l haqi to’lashni talab qilganida ukam kichkina, yo’l haqi to’lamayman, deb janjal qildi va nazoratchini haqorat qildi. Nazoratchi, fuqaro A. ga chora ko’rish uchun sudga murojaat qildi.
Fuqaro A. ni qanday jazo kutmoqda?


6-keys: 15 yoshli Alisher yozgi ta’til vaqtida do’konga mineral suv sotuvchisi bo’lib ishga kirdi. Do’kon egasi uni haftasiga 48 soat ishlatib, kattalar bilan bir xil maosh to’ladi.
Alisherning huquqlarini to’g’ri baholang.



Yüklə 12,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə