1. kolbalar, stakanlar; reaktivlar, elektr plita



Yüklə 14,42 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü14,42 Kb.
#128954
1-amaliy


1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Meva va sabzavotlarni kimyoviy tarkibini aniqlash asboblari va o’rganish usullari
Jihoz va materiallar:
1. kolbalar, stakanlar;
2. reaktivlar, elektr plita;
3. lakmus qog’ozi, pipetka;
4. meva-sabzavot namunalari.
Kislota juda muhim ko’rsatkich bo’lib, uning shakarga bo’lgan nisbati meva-sabzavotlarning sifatini (ta’mini) aniqlab beradi. Povidla, jem va marmelad olinayotganda xom ashyoda albatta 0,9-1% kislota bo’lishi shart, bo’lmasa tayyor mahsulot quyuqlashmaydi. Vinochilik sanoatida ham, albatta uzum yoki mevalarda kislota miqdori 0,7- 0,9% dan kam bo’lsa, sifatli mahsulot olib bo’lmaydi. Tuzlangan mahsulotda kislota miqdori standartlarning texnik saqlashga kiritilgan. Kislotaning miqdorini aniqlash uchun ularning neytrallanish va ishqorli eritmada titrlanishiga asoslangan. Neytrallanish nuqtasini indiqator yordamida aniqlanadi. Vazifa. Kislota miqdorini titrlash yo’li bilan aniqlash.
Ishlash tartibi: maydalangan va ezilgan o’rtacha namunadan 20 yoki 25 ml stakanga olinadi. Olingan namuna 200 yoki 250 ml li kolbaga olinadi. Stakandagi proba qoldiqlarini suv bilan yuviladi, bu qoldiqlar voronkada va kolbaning bo’yinlarida ham bo’lishi mumkin. Kolba 0,5-0,75 hajmida to’ldiriladi. Kolba hammomga qo’yiladi va 80 C haroratda 30 daqiqa ushlanadi. Bu esa termometr yordamida nazorat qilinadi. Keyin kolba vodoprovod suvida sovutiladi. Distillangan suv kolba chizig’igacha olib kelinadi, aralashtiriladi va quruq kolbaga filtrdan o’tkaziladi. Mana shu olingan filtratda umumiy kislota miqdori aniqla-nadi. Buning uchun filtrdan 20-25 ml li kichik kolbaga eritma olinadi, keyin unga indiqator sifatida 2-3 tomchi fenolftalein eritmasi tomiziladi va 01 ishqorli eritmada titrlanadi. Titrlash eritma pushti rang bo’lguncha davom etadi. Neytrallanishni aniqlash uchun bo’yalgan eritmalar qizil lakmus qog’ozda aniqlanadi. Ishqor eritmasi qo’shilganda, eritmadan bir tomchi olib lakmus qog’oziga tomiziladi. Ya’ni neytrallash bo’lganda lakmus qog’ozi ko’karib ketadi. Sho’r suv yoki marinadlardagi kislota miqdorini aniqlash uchun avval ularni paxta filtrdan o’tkaziladi keyin pipetkada 10-25 ml proba olinib, yuqorida aytilgandek titrlanadi.
O’zlashtirish uchun savollar.
1. Meva-sabzavotlar tarkibidagi organik kislotalar qanday ahamiyatga ega?
2. Meva-sabzavotlar tarkibida qanday organik kislotalar bo’ladi?
3. Kislotalarni aniqlashning boshqa usullarini ham bilasizmi?
Yüklə 14,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə