1-Laboratoriya ishi: Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi va masalalarni yechish jarayoni tahlili Maqsad



Yüklə 16,17 Kb.
tarix26.04.2022
ölçüsü16,17 Kb.
#86085
1-Laboratoriya


1-Laboratoriya ishi: Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi va masalalarni yechish jarayoni tahlili

Maqsad: Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi va masalalarni yechish jarayoni tahlilini o’rganish

Kerakli jihozlar: sekundomer, stimul material, javoblar varaqasi

Stimul material

  1. O’g’li hozir 5 yoshda, ammo u besh yil ilgari u otasidan besh marta yosh edi. Otasi hozir necha yoshda?

  1. 54 yoshda

  2. 52 yoshda

V) 50 yoshda

G) 48 yoshda

D) 56 yoshda

2. Erkinning yoshi buvisining yoshidan 8 marta kichik. Erkinning otasi buvisidan ikki marta kichik. Agar Erkinning buvisi 64 yoshli bo’lsa, bola va otaning yoshlari nechada?

A) 6 va 42 yoshda B) 12 va 40 yoshda V) 9 va 54 yoshda

G) 8 va 32 yoshda D) 4 va 28 yoshda

3. Sardorda 169 ta, Sarvarda esa 13 ta yong’oq bor. Sarvarning yong’og’i Sardornikidan necha marta kam?

A) 2 marta B) 12 marta V) 1 marta G) 13 marta D) 21 marta

4. 48 metr arqondan 8 dan 1 qismi qirqib olindi. Necha metr arqon qirqib olindi?

A) 6 metr B) 40 metr V) 17 metr G) 9 metr D) 7 metr

5. 72 kilogramm apelsinni 8 ta savatga baravardan solishdi. 11 ta shunday savatga necha kilogram apelsin sig’adi?

A) 99 kg B) 172 kg V) 78 kg G) 88 kg D) 80 kg

6.Simdan kvadrat vat eng tomonli uchburchak yasaldi. Bu ikki shaklga 77 sm sim ketdi. Agar uchburchakning tomoni teng bo’lsa, uchburchakning tomonini toping?

A) 7 sm B) 11 sm V) 6 sm G) 31,5 sm D) 21 sm

7. Odam yugurganda bir minutda 45 litr, yurganda 5 marta kam havo yutadi. Odam 6 minut yurganda necha litr havo yutadi?

A) 5 litr B) 9 litr V) 22 litr G) 40 litr D) 54 litr

8. O’quvchi bir chiziqqa 7 ta belgiladi. Nuqtadan nuqtagacha bo’lgan masofa 5 sm. Birinchi nuqtadan to’rtinchi nuqtagacha bo’lgan masofa qancha?

A) 35 sm B) 12 sm V) 15 sm G) 63 sm D) 20 sm

9. Issiqxonada o’quvchilar 400 kg bodring, undan 200 kg kam pomidor, pomidor 100 kg ortiq karam yetishtirdilar. O’quvchilar hammasi bo’lib qancha sabzavot yetishtirdilar?

A) 700 kg B) 1000 kg V) 1200 kg G) 900 kg D) 600 kg

10. Bidonda 80 litr asal bor edi. Bidonga unda bor bo’lgan asalning yarmiga teng miqdorda asal qo’shildi, keyin hamma asalning 10 dan bir qismi olindi. Bidondan qancha asal olindi?

A) 40 litr B) 108 litr V) 60 litr G) 6 litr D)12 litr

11. Laziz bozordan 6500 so’mdan 3 kg nok va 4500 so’mlik uzum sotib oldi. Sotuvchi Lazizga 1000 so’m qaytim berdi. U sotuvchiga necha so’m bergan?

A) 14000 so’m B) 13500 so’m V) 21000 so’m

G) 17000 so’m D) 25000 so’m

12. Oralaridagi masofa 48 km bo’lgan ikki shahardan bir-biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi. Birining tezligi 5 km/soat, ikkinchisiniki birinchisinikidan 3 km/soat kam. Piyodalar necha soatdan keyin uchrashadilar?

A) 2 soatdan keyin B) 10 soatdan keyin V) 5 soatdan keyin

G) 1 soatdan keyin D) 6 soatdan keyin

13. “Nexia” avtomobili 3 soatda 195 km, chavandoz 5 soatda 65 km masofa bosib o’tdi. Chavondozning tezligi qancha va uning tezligi “Nexia” avtomobilining tezligidan necha marta kam?

A) 13 km/soat, 5 marta B) 70 km/soat, 7 marta V) 65 km/soat, 3 marta

G) 32,5 km/soat, 2 marta D) 16 km/soat, 8 marta

14. Bozorda xaridor qo’y go’shti sotib oldi. U 8 kg qo’y go’shti uchun pul to’laganda, 6000 so’m puli ortib qoldi. Shunda u 9 kg qo’y go’shti uchun pul to’lamoqchi bo’lgan edi. 16000 so’m yetmadi. Xaridorning qancha puli bor edi?

A) 183000 B) 182000 V) 177000 G) 198000 D) 182500

15. O’rmonda tulki o’zidan 150 m. uzoqlikdagi quyonni ko’rib qoldi. Quyon 2 minutda 500 m., tulki esa 5 minutda 1300 m.ga yugura oladi.tulki qancha vaqt ichida quyonga yetib oladi?

A) 5 minutda B) 15 minutda V) 10 minutda G) 20 minutda D) 12 minutda

16. Ikki cho’pon o’zaro 7 ta qo’yni bo’lib olishdi. Shunda birinchisi ikkinchisiga qaraganda 3 ta qo’y ko’p oldi. Har biriga nechtadan qo’y tegdi?

A) 5 va 2 B) 5 tadan V) 3 tadan G) 6 va 1 D) 4 va 3

17. Kurant har soatda bong uradi. Shuningdek soat nechani ko’rsatayotgan bo’lsa shuncha bong uradi. 12 soatda necha marta bong uradi?

A) 68 marta B) 16 marta V) 78 marta G) 88 marta D) 28 marta

18. Yozgi sessiyalar vaqtida kollej bufetidan Alisher bir nechta lavash sotib oldi va yotoqxonasiga olib kelib muzlatgichga qo’ydi. Ertalabki nonushtaga muzlatgichdagi lavashlarning 3 dan 1 qismini paqqos tushurdi. Tushlikda qolgan lavashlarning yarmini yedi. Kecha borib qarasa muzlatgichda bor yo’g’i ikkita lavash qolibdi. Aytingchi jami lavashlar soni nechta bo’lgan?

A) 6 ta B) 8 ta V) 7 ta G) 10 ta D) 5 ta

19. O’quvchi kutubxonadan bir dona badiiy kitob oldi. Agar u kuniga o’rta hisobda 30 betdan o’qisa, kitobni muddatidan 10 kun oldin qaytarib berishi mumkin. Agar u kuniga 25 betdan o’qisa, unda 6 kun oldin qaytarib berishi mumkin. O’quvchi kutubxonadan olgan kitob necha betdan iborat?

A) 600 betlik kitob B) 625 betlik kitob V) 700 betlik kitob

G) 900 betlik kitob D) 620 betlik kitob



20. Kvadrat stolning bir burchagini arralab tashlashdi. Stolning nechta burchagi qoldi?

A) 4 ta B) 2 ta V) 3 ta G) 5 ta D) qolmaydi
Yüklə 16,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə