1-laboratoriya mashg’uloti. Past kuchlanish kabellarini ulanish usullarini o‘rganish. Ishdan maqsad



Yüklə 348,64 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü348,64 Kb.
#146062
  1   2   3
1-L. ETT montaji va ishlatish


1-laboratoriya mashg’uloti.
Past kuchlanish kabellarini ulanish usullarini o‘rganish.
Ishdan maqsad. Past kuchlanishli kabellarni ulanish usullarini o’rganish, amaliy holda ulanish usullarini bajarish.
Nazariy qism
Montaj ishlarini samarali olib borish uchun har bir brigada va ishchi xodimni bajaradigan ish xarakteriga qarab maxsus asboblar yig‘masi bilan ta’minlash zarur. Ular: - montyorlik asboblari (otvyortka, ombir, qisqich, pichoq); - o‘lchov tekshirish asboblari bo’lishi mumkin.
Elektromontaj ishlarida maxsus jihozlar va materiallar ishlatiladi. Ular 1000 dan ortiq nomlanishda bo‘ladi. Masalan, kabellar oxirini ulashga tayyorlash va ulash uchun kabel zanjirlari va nakonechniklari ishlatiladi. Ular turli shaklda va oicham li qilib ishlangan bo‘ladi. Zajim diametri va boshqa o‘lchamlari ularda ko’rsatilgan bo‘ladi, masalan:
2, 3 - trubkaning ichki diametri.
5,4 - ulanish zajim diametri.
Trubkali kabel ulanish va presslashda aluminiyli quyma nakonechniklar payvandlab ulash uchun ishlatiladi (LA).
Trubkali mis - aluminiyli nakonechniklar (TAM 5, 4, 6, 8 ).
PK - 2 klesh bilan qisib mahkamlanuvchi GAO tipli gilzalar. Simlar jgut va paketlar yordamida yig‘iladi va perforatsiyalangan tasmaga (k-226) plastmassa birkalar (BM) yordamida markirovka qilinadi.
Tarmoq o‘tkazgichlarini mexanik zararlanishdan himoya qilish uchun quvurlar va metall yenglar ishlatiladi. Quvurlar po‘lat yoki plastikdan yasalgan bo‘lishi mumkin. Ulanishlar muftalar yordamida yoki payvandlab bajariladi. Ulanish joylari izolatsiya ustidan metall lentalar bilan o‘ralib, zararlanishdan himoya qilinadi. Ulanish joylaridagi yengchalar germetik (R3 - TS - X) yoki zichlanmagan (R3 - TS) bo‘lishi mumkin. Germetik yengchalar tarmoqlarni namlik ta’siridan himoya qiladi. Ular ulanish qutisiga (SMK) yoki bevosita asbobga (SMP) ulanadigan qilib bajariladi.
Tarmoqning tokli qismini yerga ulangan konstruksiyalardan izolatsiya qilish uchun roliklar, izolatorlar, quvur va vtulkalar ishlatiladi. Roliklar va izolatorlar izolatsiyalovchi tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Vtulkalar va voroniklar tarmoqning binoga kirish joylariga, to‘siqlardan o‘tishda, tomidan tashqariga chiqarishga o‘rnatiladi.
Ulanish joylarini ishonchli bo‘lishi uchun montaj konstruksiyalari ishlatiladi. Kabel taxtlari (TJ - 16, PK - 25) kabel tirgaklariga (SK - 40, SK - 6L) va osma tirgaklarga (P - 6, P - 8 ) mahkamlanadi. Kabel lotoklari (K - 60) - ochiq perforatsiya qilingan bo‘lib, kabellarni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
Kabellar metall listlardan g‘ovak qilib yasalgan kabel yo‘laklarida ham yotqizilishi mumkin. Kabellar va simlar konstruksiyalarda mahkamlangan troslarda tortilishi mumkin. Shinali tannoqlar mobil qurilmalami elektr energiyasi bilan ta’minlab turish uchun ishlatiladi (yoritish va nurlatish qurilmalari, transportyorlar, teleshkalar va hokazolarda). Montaj konstruksiyalari devorlarga, konstruksiyalarga mahkamlovchi detallar yordamida o‘rnatiladi. Buning uchun dyubel-mixlar (DG), dyubel-vintlar (DV), shruplar, vintlar, plastmassali dyubellar va boshqalar ishlatiladi.
Kabel va simlar shodasini mahkamlash uchun lentalar, troslar ishlatiladi. Montaj lentasi (ЛМ) 10-15 mm, enli qilib tayyorlanadi. Ular 120 H gacha siqilish kuchiga mo‘Ijallanadi. Tasmalar o‘ramda 1200, 1500 m uzunlikda boMadi. Tasmalar yordamida diametri 3-70 mm bo‘lgan kabellar bandajlanadi, qushi ichga yoki tashqarida. O‘tkazgich simlarning izolatsiyasini mexanik zararlanishidan saqlash uchun polietilen tulkalar ishlatiladi. Ular simlarni devorlardan o‘tishida ham qo‘yiladi. Simlar kabellarni o‘lchab ulash uchun, elektr uskunalarining chiqish joylarini kontakt shinalarini ulashda sig‘ishi, payvand va poyka qilishi, boltli va vintli ulanishlar qo‘llaniladi. Sig‘ishi qo‘l kelishi, gidro, elektr mexanik moslamalar yordamida boshqariladi. Siqib ulash uchun sim diametriga qarab 20-30 mm qismi yechilib, ГАО-4, ГАО-5, ГАО-6, ГАО-8 gilzalari qo‘ydiriladi va klesh bilan siqiladi. Izolatsiyasi tozalangan sim oksid qatlamdan tozalanadi va kvarsavazelin pastasi surtiladi, keyin gilza kiygizilib, bir necha joydan siqiladi, 12,5 mm kesim yuzaga burab ulangan aluminni simlar payvandlash apparati yordamida kontaktli qizdirish bilan payvandlanadi.

Yüklə 348,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə