1. Litosfera Yerning tosh qobig’i Yerning ichki va tashqi qobiqlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə1/7
tarix12.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#85326
  1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu


MAVZU: YERNING TOSH QOBIG’I – LITOSFERA.
Reja:

1. Litosfera - Yerning tosh qobig’i

2. Yerning ichki va tashqi qobiqlari.

3. Yer po’stining tuzilishi va tarkibi.



Tayanch iboralar: litosfera, yadro, mantiya, materik Yer po’sti, okean Yer po’sti, Yer po’stini tuzilishi, tarkibi, tog’ jinslari, cho’kindi tog’ jinslari, magmatik tog’ jinslari, metomorfik tog’ jinslari, o’tkinchi – oraliq yer po’sti, astonosfera.



1. Litosfera - Yerning tosh qobig’i. Litosfera (grekcha litos-tosh, sfera-qobiq) Yerning qattiq tosh qobig’idir. Mantiyani ustida joylashgan va uni yopinchiq sifatida har tomondan o’rab olgan. Uning qalinligi 50-200 km.

Litosfera mantiyaning yuqori qismini va Yer po’stini o’z ichiga oladi. Litosfera yuqori mantiyadagi yumshoq, yopishqoq xamirga o’xshagan astenosfera qatlami ustida joylangan. Litosfera astenosfera qatlami ustida izostatik ravishda muvozanatlashgan, ya’ni litosfera bo’laklari og’irligi va zichligiga qarab Arximed qonuniga binoan joylashadi.

Litosferaning quyi qismiga yuqori mantiya qatlamining bir qismi ham kiradi. Mazkur qatlam Yer po’stidan Moxo chegarasi bilan bo’lingan. Mazkur chegarada yuqorida aytilganidek moddalarning zichligi keskin o’zgaradi . astonosferaga ta’sir etadigan litosfera va gidroferaning uchta ustuni tasvirlangan. Ular astenosferaga bir xil bosimda ta’sir etadi. Litosferaning yuqori qismini Yer po’sti tashkil qiladi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə