1-mashg‘ulot. Sana Mavzu: Pazandachilik o’quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya- gigiyena talablari. Sanitariya va gigiyena haqida tushuncha



Yüklə 37,99 Kb.
tarix25.03.2018
ölçüsü37,99 Kb.
#33359

1-mashg‘ulot. Sana_______________

Mavzu: Pazandachilik o’quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya- gigiyena talablari. Sanitariya va gigiyena haqida tushuncha

Darsning maqsadi:



a) ta’limiy – o’quvchilarga pazandachilik haqida umumiy ma’lumot berish, pazandachilik ishlarida rioya qilinadigan sanitariya-gigiyena qoidalarini o’rgatish.

b) tarbiyaviy – o’quvchilarni pazandachilikda ehtiyotkor va tejamkor bo’lib ishlashga o’rgatish.

v) rivojlantiruvchi – o’quvchilarning pazandachilik haqidagi bilim va ko’nikmalarini kengaytirish.

Darsning jihozi: pazandachilik ishlariga oid turli ko’rgazmalar va jihozlar.

Darsning turi: nazariy;

Darsning tipii: kirish darsi.

Fanlararo bog’lanish: biologiya, kimyo, fizika, matematika;

Darsning usuli: bahs, munozara.

Darsning borishi: I-Tashkiliy qism.

II-So’rash: mehnat ta’limi haqida nimalarni bilasiz? Mehnat ta’limi fanida rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalarini bilasizmi?

III-Yangi mavzuni bayon qilish. Ma’lumki, hayot uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarining mo’l-ko’lchiligini ta’minlash, asrash qayta ishlash, isrof qilmaslik kabi masalalar insekundt paydo bo’lgan davrlardanoq dolzarb bo’lib kelgan. Pazandachilikning boshqa san’at tarmoqlari kabi o’ziga xos «janrlari» ham mavjud bo’lib, ular o’zbek pazandachiligida oshpazlik, kabobsozlik, novvoyilik, qandolatchilik, mantipazlik, yaxnapazlik va shu kabilardir. Mana shu pazandachilik janrlarining barchasidan xabardor mutaxassislar umumiy nom bilan pazanda deb yuritiladi. Taom har qanday insonning hayot kechirishi va ishlashi uchun zarur bo’lgan ehtiyojdir. Taom tayyorlash – murakkab va nozik jarayondir. Chunki e’tiborsizlik bilan tayyorlangan taom bemaza bo’lishi, hatto, insonni zaharlishi mumkin. Shu sababli ham insonlar orasida asrlar davomida taom tayyorlash usullari va uni iste’mol qilish bo’yicha o’ziga xos ovqatlanish madaniyati shakllangan. Har bir xalqning o’ziga xos pazandachilik udumlari, urf-odatlari, milliy taomlari yuzaga kelgan. Pazandachilik – keng tarmoqli soha hisoblanadi.

Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari

Pazandachilikda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari:



  1. Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr (gaz) asboblari va jihozlarning sozligini tekshirish;

  2. Yelektr jihozlarini tok manbaiga ulashda qo’l quruq bo’lishi;

  3. Go’sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish;

  4. Pichoqni boshqa kishiga dasta tomoni bilan uzatish;

  5. Kastryul yoki qozonda suyuqlik qaynatishda uni to’ldirib yubormaslik;

  6. Suyuqlik qaynab turgan idish qopqog’ini narigi tomonga qaratib ochish;

  7. Tovodagi qizigan yog’ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solish;

  8. Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sochratmasdan, yehtiyotkorlik bilan solish;

  9. Issiq idish-tovoqlarni maxsus qalpoq, moslama yoki ushlagichlar bilan ushlash.

  10. Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko’chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik.

  11. Tayyorlanayotgan taomni uzoq vaqt qarovsiz qoldirmaslik;

  12. Taom tayyor bo’lgandan keyin elektr (gaz) qurilmalarini tarmoqdan uzib qo’yish.

Suyuqliklar, yog’lar va issiq idishlar bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari

1. Idishni suyuqlik bilan to’ldirib yubormaslik lozim. Qaynab turgan qozonga ichidagi suyuqlik toshib ketmasligi uchun qarab turish kerak

2. Issiq jihozlarni maxsus asbob yoki sochiq bilan ushlash kerak

3. Suyuqlik qaynab chiqqandan keyin olovni pasaytirih yoki o’chirib qo’yish kerak

4. Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog’ini o’ziga qaratib ochish kerak

5. Qozonga, tovaga qizdirish uchun quyilgan yog’ni nazorasiz qoldirmang. Baland haroratda yog’ yonib ketadi.

6. Tovadagi qizdirilgan yog’ga mahsulotlarni oz-ozdan, asta-sekin tovaning bir chetidan solish kerak.

7. Qaynayotgan suyuqliklarga mahsulotlarni sachratmasdan yehtiyotkorlik bilan tashlash kerak

8. Choynak kastryulyalarning dastalari bo’shab qolgan yoki singan bo’lishi mumkin yemas.

9. Agarda polga suyuqliklar, yog’lar to’kilgan bo’lsa, u holda darxol polni sirpanib ketmaslik uchun quruq latta bilan artish kerak



Pichoq, kesish asboblari va jihozlar bilan ishlashning texnika xavfsizlik qoidalari

1. To’g’rayotganda pichoqni to’g’ri ushlash kerak, pichoq, vilka sop tomoni bilan uzatiladi

2. Taxtakachni stolning tekis joyiga qo’yish kerak. Stolning chetiga qo’yib bo’lmaydi, chunki to’g’rayotganda mahsulotlar yerga tushadi.

3. Yaxlatilgan go’sht, baliqlarga yerigandan keyin ishlov beriladi.

4. Qirg’ich bilan ishlayotganda yehtiyot bo’lish kerak, mahsulotlarga oxirigacha ishlov berish shart yemas, aks holda jarohat olish mumkin

5. Go’sht qiymalagichga go’shtni solishda maxsus yog’och moslama bilan ishlash kerak, qo’lni yehtiyot qiling, begona shaxs bilan gaplashish kerak yemas

6. Konserva bankalarini pichoq yoki boshqa asboblar bilan ochish mumkin yemas. Faqat o’zining maxsus moslamalaridan foydalanish kerak.

Gaz bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari

1. Ish boshlashdan oldin xonani shamollattish lozim.

2. Gaz plitasi to’g’ri yoqilishi kerak

3. Gaz plitaning konforkalari qizg’ish sariq, olov uzilib yonsa, demak, bu gazda ishlash mumkin yemas

4. Gazning olovi ko’k-havo rang bo’lishi kerak

5. Gaz plitaning duxovkasini ishlatishdan oldin shamollatish shart.

6. Gaz hidi chiqsa darhol mutaxassisni chaqirih kerak

7. Gaz plitalarni nazorasiz qoldirish mumkin yemas.

8. Ishlatib bo’lgandan so’ng gaz plitasini o’chirib tozalab qo’yish shart.

Elektr asbob jihozlari bilan ishlaganda tenika xavfsizlik qoidalari

1. Agar kichkina elektr plitasi bo’lsa, ushbu plitani ustiga qo’yishdan oldin uning tagiga olovga qarshi taglik ishlatiladi

2. Elektr plitani yoqishdan oldin elektr shnurga qarash lozim, ochiq joylar bo’lishi mumkin yemas

3. Shtepsel rozetkasi o’z joyidan chiqib turgan, osilib turgan bolihi mumkin yemas.

4. Quruq qo’l bilan elektr asboblarini shtepsel vilkasini ushlab o’chirih va yoqish lozim.

5. Plitkalarning usti yorilmagan tekis bo’lishi shart

6. Ovqatni elektr plitkalarida tayyorlash uchun faqat sirli idishlardan foydalaning

7. Elektr plitkalarni nazorasiz qo’ymaslik kerak



Pazandachilk xonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari

1. Taomlar maxsus xona-oshxonada tayyorlanadi, unga yorug’lik yaxshi tushadigan, hid va bug’larni tozalash uchun maxsus ventilyator o’rnatilgan bo’lishi kerak

2. Xona jihozlarining saramjonligi va ozodaligini ta’minlash.

3. Toza idishlarni shkafda yoki javonlarda saqlash kerak

4. Pashshalarning oshxonaga kirishiga yo’l qo’ymang!

5. Idishlar issiq suvga biroz choy sodasi, garchisa va boshqa yuvish vositalari solib tegishli moslamalar yordamda yuviladi. Bu vositalar idishlarni yaxshi tozalaydi.

6. Oziq-ovqat chiqindilarini maxsus qopqog’i bor idishga solish kerak va o’z vaqtida to’kish kerak.

7. Oshxonalar vaqti-vaqti bilan shamollatiladi.



Pazandachilikda shaxsiy sanitariya-gigiyena talabalari

1. Taom tayyorlash uchun maxsus kiyimlar kiyiladi (fartuk, ro’mol).

2. Sochlar ro’mol tagiga olinadi, tayyorlashga kirishishdan oldin qo’lni sovun bilan yuvish kerak

3. Barmoqlardagi tirnoqlar olingan bo’lishi shart.

4. Cho’ntakda to’g’nog’ich, sinadigan va o’tkir asboblar bo’lishi kerak yemas.

5. Ish joyini to’g’ri tashkil qilish kerak.

6. Taom tayyorlashda iloji boricha sifatli mahsulotlardan foydalanish kerak.

7. Xom go’shtni, baliq go’shtini to’g’raganda alohida taxtakachlardan foydalanish kerak. Xg, Xb (xom go’sht, xom baliq deb yozib qo’yilgan)

8. Ish o’rinlarini doimo toza, ozoda, saramjon-sarishta holatda saqlashni odat qiling.

Tayyor taomlar va oziq-ovqatlarni saqlash qoidalari

1. Tayyor taomlar va oziq-ovqat mahslotlarini yopiq joyda saqlash kerak

2. Buzulgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak yemas.

3. Ayniydigan mahsulotlarni muzlatgichda saqlash lozim.

4. Mahsulotlarni tozalab yuvish va navlarga ajratish zarur.

5. Tayyor va xom taomlarni alohida saqlash kerak. Tayyor taomni tez iste’mol qilish lozim, chunki unda mikroorganizmlar ko’payib, zaxarlanish mumkin



6. Siri ko’chgan va alyumin idishda ovqatlarni saqlab bo’lmaydi, zaxarlanish mumkin.

Pazandachilik ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi koidalariga rioyaya kilish talablari

Gaz plitalaridan foydalanishda:

  1. Ish boshlashdan oldin xonani shamollatish lozim.

  2. Gaz plitasi to’ri yokilishi kerak.

  3. Gaz plitaning konforkasi kizish sarik uzilib yonsa, bu gazda ishlash mumkin yemas.

  4. Gazning olovi ko’k - xavorang bo’lishi kerak.

  5. Gaz plitaning duxovkasini ishlatishdan oldin shamollatish kerak.

  6. Gaz xidi chiksa darxol mutaxassisni chakirish kerak.

  7. Gaz plitalarni nazorasiz koldirish mumkin yemas.

  8. Ishlatib bo’lgandan so’ng gaz plitasini o’chirib tozalab ko’yish shart.



Elektr plitasidan foydalanish:

  1. Agar kichkina elektr plitasi bo’lsa, ushbu stolga ko’yishdan oldin, uning tagiga olovga karshi taglik ishlatiladi.

  2. Elektr plitani yokishdan oldin elektr shnuriga karash lozim, ochik joylar bo’lishi mumkin yemas.

  3. Shtepsel rozetkasi o’z joyidan chikib turgan, osilib turgan bo’lishi mumkin emas.

  4. Kuruk ko’l bilan elektr asboblarni shtepsel vilkasini ushlab o’chirish va yokish lozim.

  5. Plitkalar usti yorilmagan tekis bo’lishi shart.

  6. Ovkatni elektr plitkalarda tayyorlash uchun fakat sirli idishlardan foydalanish zarur.

  7. Elektr plitkani nazoratsiz ko’ymaslik kerak.

Kesuvchi asboblar bilan ishlaganda:

  1. Juda yextiyot bo’lib ishlash. Kartoshkani arikchali pichok bilan, balikni kirich bilan tozalash, go’shtni kiymalagichga turtgich bilan kiritish kerak. Pichok va vilkani tutgich tomoni bilan uzatish kerak.

  2. Non va boshka maxsulotlarni kesishda maxsus taxtakachdan foydalanish va kesish koidalariga amal kilish kerak. Barmoklar bir oz yegallagan xolatda pichok kesish kirrasidan bir oz masofada ushlanishi kerak.

  3. Kirich bilan ishlayotganda yextiyot bo’lish kerak.

  4. Go’shtni kiymalagichga solishda maxsus yooch moslamadan foydalanish va shu jarayonda begona kishilar bilan mulokotda bo’lish tavsiya yetilmaydi.

Suyukliklar (suv, yo va b.) bilan ishlaganda.

  1. Kaynayotgan suyuklik idish chekasidan to’kilib ketmasligini nazorat kilish. Suyuklik juda kuchli kaynab kesa, olovni pasaytirish.

  2. Issik jixozlarni maxsus asbob yoki sochik bilan ushlash kerak.

  3. Suyuklik kaynab turgan idishlar kopkoini o’ziga karatib ochish kerak.

  4. Tovadagi kizdirilgan yo maxsulotlarni oz-ozdan, asta-sekin tovaning bir chetidan solish kerak.

Pazandachilikda rioya qilinadigan saniatriya-gigiyena qoidalari:

  1. Ovqat pishirishda maxsus kiyimlar: oq xalat va oq qalpoq kiyish yoki oq ro’mol o’rab olish;

  2. Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo’llarni sovun bilan yuvish, tirnoqlarni olingan bo’lishi;

  3. Ovqat tayyorlashda iloji boricha yangi sifatli mahsulotlardan foydalanish;

  4. Go’shtga, baliqqa hamda sabzavotlarga birinchi ishlov berishda maxsus bo’laklash taxtachalari va pichoqlardan foydalanish;

  5. Ish o’rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda saqlashga harakat qilish.


IV. Darsni mustahkamlash: 1. Pazandalik so’zining ma’nosi nima?

2. Pazandachilikda rioya qilinadigan sanitariya gigiyena qoilari nimalardan iborat? 3. Pazandachilikda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari nimalardan iborat?



V. Darsni yakunlash: a) o’quvchilarning ish faoliyatini baholash; b) Uyga vazifa – darsda o’tilgan mavzuni o’qib, o’rganib kelish.


Yüklə 37,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə