1-mavzu (davomi). Talab va taklif tahlili asoslari Talab qonuniga ko‘ra



Yüklə 15,04 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü15,04 Kb.
#97542
Тест 1 мавзу давоми Талаб ва таклиф


1-mavzu (davomi). Talab va taklif tahlili asoslari
1. Talab qonuniga ko‘ra:
A) taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi bahoni tushushiga olib keladi;
b) iste’molchilarning daromadi oshsa, ular tovarlarni ko‘proq sotib olaboshlaydilar;
с) talab egri chizig‘i odatda manfiy qiyalikka ega bo‘ladi;
d) mahsulotning narxi pasayganda, unga bo‘lgan talab oshadi.
2. Qaysi holatda X mahsulotga bo‘lgan talab chizig‘i o‘ngga suriladi:
A) turli sabablarga ko‘ra x mahsulotning taklifi kamayganda;
b) X mahsulotning narxi o‘sganligi uchun iste’molchilar ushbu tovarni kamroq sotib olishga qaror qabul qilishganda;
с) iste’molchilar didlarining o‘zgarganligi munosabati bilan ular x tovarni oldingisiga nisbatan ko‘proq sotib olishni xohlashganda;
d) X tovarning narxi pasayganligi uchun iste’molchilar uni ko‘proq sotib olishga qaror qilganda.
3. Qaysi ibora insonlarning biror-bir tovarni sotib olish uchun imkoniyati va xohishi borligini anglatadi:
A) ehtiyoj;
b) talab;
с) zaruriyat;
d) xohish.
4. Qaysi omilning o‘zgarishi talab egri chizig‘ining siljishiga olib kelmaydi?
A) moda va didlarning o‘zgarishi.
b) iste’molchilar daromadning o‘zgarishi;
с) mahsulotning narxi o‘zgarishi;
d) iste’molchilarning soni.
5. Texnologiyaning takomillashuvi:
A) talab egri chizig‘ini yuqoriga va o‘ngga siljitadi;
b) talab egri chizig‘ini chapga va pastga siljitadi;
с) taklif egri chizig‘ini yuqoriga va o‘ngga siljitadi;
d) taklif egri chizig‘ini chapga va pastga siljitadi.
6. Talabga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatmaydi?
a) iste’molchilarning daromadi;
b) to‘ldiruvchi tovarlar narxining o‘zgarishi;
с) resurslarning narxi;
d) iste’molchilar soni.
7. Tovar narxining pasayishiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatgan?
a) soliqlarning oshirilganligi;
b)ishlab chiqarish resurslari narxining pasayganligi;
с) iste’molchilar daromadining ko‘tarilganligi;
d) to‘ldiruvchi tovarlar narxining arzonlashuvi.
8. A mahsulot narxining ko‘tarilishi nimaga olib keladi?
a)o‘rinbosar b tovarga bo‘lgan talabning oshishiga.
b) to‘ldiruvchi v tovarga bo‘lgan talabning oshishiga;
с) X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarga bo‘lgan talabning qisqarishiga;
d) X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarga bo‘lgan talabning o‘sishiga.
9. Talab egri chizig‘i nimani anglatadi:
a) tovar narxi va taklif o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglatadi;
b) iste’molchilarning turli baholar darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorini anglatadi;
с) turli baholar darajasida bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorini anglatadi;
d) talabga turli omillarning ta’sirini ko‘rsatadi.
10. Taklif qonuniga ko‘ra:
a) tovar narxi va unga bo‘lgan talab o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud;
b) tovar narxi va unga bo‘lgan talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud;
с) tovar narxi va taklifi miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud;
d) tovar narxi va taklifi miqdori o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud.
Yüklə 15,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə