1-Mavzu: Diqqаt hаqidа tushunchа Reja: Diqqat to‘g‘risida umumiy tushuncha



Yüklə 194,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.05.2022
ölçüsü194,82 Kb.
#86545
  1   2   3   4
1-Mavzu Diqqаt hаqidа tushunchа



1-Mavzu: Diqqаt hаqidа tushunchа 

 Reja: 

1. Diqqat to‘g‘risida umumiy tushuncha 

2. Diqqatga oid ilmiy tushunchalar izohi. 

Diqqat  inson  faoliyatining  barcha  turlarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishning  va  ularni 

samaradorligini  ta’minlovchi  muhim  shartlardan  biridir.  Kishi  faoliyati  qanchalik  murakkab, 

serzah-mat,  davomiylik  jihatdan  uzoq  muddatli,  mas’uliyat  hissini  taqozo  qilsa,  u  diqqatga 

shunchalik  yuksak  shartlar  va  talablar  qo‘yadi.  Inson  ziyrakligi,  farosatliligi,  tez  payqashi, 

sinchkovligi, dilkash-ligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida 

xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlari-da ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari 

ham uning ishtiro-kida sodir bo‘ladi. 

Psixologiya  fanida  diqqatga  har  xil  ta’rif  beriladi,  uni  yori-tishda  psixologlar  turli 

nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga 

aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida 

idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz 

diqqat-ning obyekti bo‘la oladi. 

N.  F.  Dobrinin.  N.  V.  Kuzmina,  I.  V.  Straxov,  M.  V.  Gamezo,  F.  N.  Gonobolin  va 

boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong 

doirasining  to-rayishini  bildiradi,  go‘yoki  ong  doirasi  bir  muncha  tig‘izlanadi.  Bunday  torayish 

vatig‘izlanish  natijasida  ongdoirasi  yanada  yorqin-lashadi.  Ongning  eng  toraygan,  tig‘izlangan 

yorqin nuqtasi diqqat-ning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan 

idrok  qilinayotgan  jismlar,  tasavvur  obrazlari,  o‘y  va  fik-rlar  to‘la,  yorqin  va  aniq  ifodalanadi. 

Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xusu-siyatini 

saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir obyektga yo‘nalishining kuchayishi va ma’lum 

vaqt davomida diqqat yo‘nalti-rilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib 

turadi hamda mazkur holatning saklanishini ta’minlaydi. 

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xo-tira, tafakkur, xayol, nutq 

kabi alohida psixik jarayon emas. Shu-ning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularking 

mahsul-dorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to‘plangan 

nuqgasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. De-mak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va 

samaradorligini  ta’minlovchi  insonning  ichki  aktivligidan  iboratdir.  Shuningdek,  u  har  qanday 

inson faoliyatining zaruriy shartidir. 

Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan 

yuksak va qimmatli mulohaza-lar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi Kyuvye geniallikni chidam-

li  diqqat  deb  ta’riflashi,  Nyutonning  kashfiyot  fikrini  doimo  shu  masalaga  qaratilish  jarayoni 

deyishi, Ushinskiyning diqqat psi-xik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorqin 

misol bo‘la oladi. 

Bilish  jarayonlari  kechishining  eng  muhim  xususiyati  uning  tan-lovchanlik  va 

yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab qo‘zg‘atuvchilari, 

ta’sirlari  orasidan  alohida  nimanidir  idrok  etadi,  faraz  qiladi,  allaqaysi  narsa  to‘g‘ri-sidagina 

mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xusu-siyati bilan bog‘liq ravishda namoyon 

bo‘ladi. Diqqat bilish jarayon-lari singari o‘zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega 

emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta’-minlaydi. Demak, diqqat 

individning hissiy, aqliy yoki harakat-lantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan 

tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganli-gidir (YE.' B. Pirogova). Berilgan 

ta’rifga binoan, "ushbu yo‘nalti-rilganlik subyektnichg ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va 

vazifalariga mos keladigan obyektlarning tanlanganligida, ix-tiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va 

ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan obyektlarga to‘planishi, to‘planganligi (konsentra-

siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor 

etilishini  talab  qiladi.  Ana  shu  omil-larga  ko‘ra,  aks  ettirish  ravshanlanib  boradi,  tasavvurlar, 

mulohaza-lar faoliyat  yakunlangunga qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ong-da saqlanadi. 

Ana  shu  yo‘sinda  diqqat  faoliyatini  nazorat  qilib  boradi  va  uni  boshqaradi.  Shuning  uchun 



ko‘pgina  psixologlar  (P.  Y.  Galperin  va  uning  shogirdlari)  diqqatni  yuksak  turini  bilish  ja-

rayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlaydilar. 

Diqqatning.biror obyektga yo‘na-lishiga ko‘ra sensor (perseptiv), akliy (intellektual), harakatlan-

tiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin. 

Diqqatning muayyan obyektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy 

sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir. 

His-tuyg‘ular  va  emotsional  holatlar  diqqatning  obyekti  bilan  uzviy  bog‘langandagina 

uning  uchun  ijobiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Histuyg‘ular,  emotsional  holatlar  qanchalik  kuchli  va 

ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak, diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qara-tiladi. 

Hislar,  lar  diqqatning  ham  ixtiyorsiz,  ham  ixtiyoriy  turlarini  zo‘raytiradi.  Insonning  amaliy  va 

aqliy faoliyati jara-yonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib 

borishi  natijasida  diqqat  ham  takomillashadi.  Yangilik-ni  payqash  hissi  odam  aqliy  faoliyatini 

faollashtiradi  (aktiv-lashtiradi),  shu  bilan  birga,  diqqatning  obyektga  uzoqroq  to‘plani-shini 

ta’minlaydi.  Insonning  barqarorlashgan  kayfiyati  diqqat-ning  kuchi  va  ildamligini  oshiradi, 

tanlovchanligiga  ijobiy  ta’-sir  etadi.  Stress,  affekt  singari  emotsional  holatlar  diqqatga  sal-biy 

ta’sir  etib,  uningtashqi  ta’sirlariga  beriluvchan,  kuchsiz  qilib  qo‘yadi.  Ana  shuning  oqibatida 

diqqat chalg‘iydi, bo‘linadi, parishon-lik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi. 

Psixologiyada diqqat.ning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, 

bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obyekt-ga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saklab turiladi. 

Hatto ixtiyor-siz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘nal-tirilgan obyektda 

to‘planib  turadi.  Irodaning  faoliyatni  amalga  oshirishda  ishtirok  qilishi  ko‘p  jihatdan  kishining 

maqsadiga in-tilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning 

kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, 

shayligi  bilan  o‘lchanadi.  Diqqatning  yuksak  darajada  mujassamligini  ta’min-lab  turishda 

odamning  faoliyatni  bajarishga  muvofiqlashgani  mu-him  rol  o‘ynaydi.  Har  qanday  faoliyatni 

amalga oshirishning bo-shida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni 

talab  qiladi.  Faoliyatni  bajarishdagi  nuqsonlarning  na-moyon  bo‘lishi  diqqatni  to‘plashdagi 

qiyinchiliklarningoqibati bo‘lib hisoblanadi. 

Diqqatning  obyektga  to‘planishi,  mustahkamlanishi  odamning  qiziqishlariga  bog‘liqdir. 

Hatto  ixtiyorsiz  diqqatning  faoliyatda  mujassamlashishida  kishining  ishtiyoqi  va  qiziqishi  katta 

ahamiyat-ga  egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish  bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. 

Bevosita  qiziqish  faoliyat  jarayoniga,  xatti-hara-katlarning  o‘ziga,  ish  uslublariga  qaratilgan 

qiziqishdan  iborat-dir.  Bilvosita  qiziqish  esa  faoliyatning  maqsadiga,  uning  natija-siga 

yo‘naltirilgan  qiziqishdir.  Ixtiyoriy,  irodaviy  diqqat  bilvo-sita  qiziqish  bilan  aloqadordir. 

Psixologik ma’lumotlarningtah-liliga ko‘ra, diqqatning obyektga to‘planishi va mustahkamlanishi 

ko‘zlangan  maqsadni,  faoliyat  mahsulining  zarurligi  hamda  sifati-ning  ahamiyatini  inson 

tomonidan anglash orqali ta’minlab turi-ladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi 

diqqati-ning yuksak darajada mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan 

biridir. 

Diqqatning  ixtiyorsiz  va  ixtiyoriy  ravishda  vujudga  kelishi  o‘zi-ning  yo‘nalishiga  ko‘ra 

tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqat-ning manbai ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi 

deb ataladi. Masa-lan, shofer, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo‘la-digan diqqat 

tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr 

yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan narsasi-ni tasavvur 

qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga 

keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo‘la oladi. Inson ongining o‘zida sodir bo‘la-yotgan 

o‘z  hissiyotlarini,  fikrlarini,  orzu-istaklarini  va  shu  kabi-larni  kuzatishda  ichki  diqqat  yuzaga 

keladi. Diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib 

hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir. 

Diqqatga oid ilmiy tushunchalar izohi. 

1.  Dominanta  (lot.  syuggppapz—hukmronlik  qiluvchi)  —muayyan  nerv  uchastkasidagi 

kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘a-lish markazi. Domingnta mavjudligida 




undan boshqa nerv markazla-ri tormozlangan bo‘ladi. Dominanta markaziy asab tizimiga kelgan 

har  qanday  qo‘zg‘alish,  impulslarni  qabul  qilib,  ularga  tegishli  javob  qaytaradi-da,  shu  tariqa 

boshqa markazlarni tormozlash eva-ziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi. 

Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy to-monidan kiritilgan. Uning 

isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. 

Do-minanta diqqatning fiziologik asosidir. 

Nerv  jarayonlarining  induksiyasi  -  oliy  nerv  faoliyatining  qo‘zg‘alish  va  tormozlanish 

jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u 

boshqa markaz-larda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘a-lishning kelib 

chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat. 

Nerv  tizimi  jarayonlarning  konsentratsiyasi  -  markaziy  asab  tizimidagi  qo‘zg‘alish  yoki 

tormozlanish jarayonlarining vaqt o‘tishi bilan dastlabki paydo bo‘lgan uchastkasiga to‘planish 

qonuni. 

Diqqatning  ko‘lami  —  bir  davrning  o‘zida  diqqat  tomonidan  qamrab  olinishi  mumkin 

bo‘lgan obyektlarning miqdori. 

Diqqatning  ko‘chuvchanligi  —  faoliyat  jarayonida  diqqatning  on-gli  ravishda  bir 

obyektdan  ikkinchi  obyektga  ko‘chirilishi.  Diqqat-ning  ko‘chuvchanligi  har  qanday  faoliyatda, 

ayniqsa pult boshqaruvi-dagi alohida ahamiyatga egadir. 

Diqqatning  taqsimlanishi  —  diqqatning  bir  vaqtning  o‘zida  bir  qancha  obyektlarga 

qaratilishidan  iborat  xususiyati.  Diqqatning  taqsimlanishi  murakkab  faoliyat  jarayonini  amalga 

oshirishda  alo-hida  ahamiyatga  egadir.  Masalan:  shoferning,  o‘qituvchining  ish  ja-rayonidagi 

diqqati taqsimlangan diqqatdir. 

Diqqatning  barqarorligi  —  diqqatning  o‘z  obyektiga  kuchli  yo‘naltirilishi  va  faol 

to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati. 

Parishonlik — diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmas-likdan iborat salbiy xususiyat. 

Parishonlik  vaqtincha  holat  bo‘lishi  ham,  shaxsning  nisbatan  barqaror  xislati  bo‘lishi  ham 

mumkin.  Pa-rishonlikning  ikki  turi  mavjud  bo‘lib,  biri  diqqatni  umuman  hech  narsaga  qarata 

olmaslik  bo‘lsa,  ikkinchisi  diqqatning  muayyan  obyekt  ustiga  kuchli  to‘plantirib,  boshqa 

narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mum-

kin. 


Kasbga xos diqqat — ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natija-sida shu kasbning talablari 

va obyektiv xususiyatlariga mos ravish-da tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha 

harakatini  boshqaruvchiningdiqqati  bilan  mikroskop  yordamida  ilmiy  kuzatish  olib  boradigan 

olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatningtaqsimlanishini, ikkinchisi 

esa markaz-lashuv xususiyatlarini talab qiladi. 

Ixtiyoriy  diqqat  —  ongning  oldindan  belgilangan  maqsadga  muvofiqirodaviy  va  asabiy 

faollik ko‘rsatgan holda muayyan obyektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi. 

Ixtiyoriydan keyingi diqqat  — diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda 

qaratilib,  so‘ngra  uning  ahamiyati  tushu-nilgan  sari  o‘z-o‘zidan  qaratilib  boriladigan 

(avtomatlashgan)  diqqat  turi.  Ushbu  tushuncha  psixologiya  faniga  N.  F.  Dobrinin  tomoni-dan 

kiritilgan. 

Diqqat chalg‘ishi — ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir 

obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishi-dan iborat salbiy xususiyati. 

Diqqatning  hajmi  —  diqqatning  bir  vaqtning  o‘zida  qamrab  olishi  mumkin  bo‘lgan 

mustaqil  obyektlar  miqsori  bilan  belgila-nadigan  xususiyati.  Diqqatning  hajmi  eksperimental 

sharoitda  2-6  mustaqil  obyektga  tengdir.  Diqqatning  obyektlari  o‘rtasida  qancha-lik  yaqin 

bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha. 

Diqqat  obyekti  —  ongimiz  atrofdagilardan  ajratib  olgan  holda  yo‘naltirilgan  va  faol 

to‘plangan  narsa  yoki  hodisa.  Diqqat  obyekti  faqat  obyektiv  narsalar  emas,  balki  subyektiv 

hodisalar,  o‘z  his-tuyg‘ularimiz,  fikrlarimiz,  xayol  yoki  xotira  tasavvurlarimiz  va  boshqa  shu 

kabilar ham bo‘lishi mumkin. 

Ixtiyorsiz  diqqat  -  ongimizning  oldindan  belgilangan  maq-sadsiz  ravishda  muayyan 




obyektga  yo‘naltirilishi  va  unga  to‘planishi-dan  iborat  diqqat  turi.  Ixtiyorsiz  diqqat  obyektlari 

narsa va hodi-salarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir. 

Diqqatsizlik  -  diqqatni  obyektga  yo‘naltira  va  to‘play  ol-maslik,  atrofdagi  kishilarga 

nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifot-sizlikdan iborat salbiy xarakter xislati. 

Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning 

ma’lum  vaqt  ichida  dam  kuchayib,  dam  susayib  turishdan  iborat  qonuniyat;  diqqat  ba’zan 

daqiqaga  25-30  marta  ham  o‘zgaradi.  Diqqatning  o‘rtacha  o‘zgarish-tebranish  chastotasi  2—3 

sekundga tengdir. 

Ko‘ruv  diqqati  —  narsa  va  hodisalarni  ko‘ruv  organi  orqali  idrok  qilish,  esga  tushirish 

munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi. 

Ikkinchi  tartibli  ixtiyoriy  diqqat  -  ongimizning  muayyan  obyektga  ixtiyorsiz  ravishda 

yo‘naltirilsa-da,  uning  ustiga  ma’lum  vaqt  barqaror  holda,  to‘planib  turishidan  iborat  ixtiyoriy 

diqqat  turi;  diqqat  to‘plangan  obyektining  mazmuniga  qarab  ixtiyorsiz  diqqatning  ixtiyoriy 

diqqatga aylanishi. 

Ichki  diqqat  -  ongimizning  o‘z  subyektiv  taassurotlarimiz,  his-tuyg‘ularimiz  va 

intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi. 

Tashqi  diqqat  -  ongimizning  obyektiv  voqelikdagi  narsa  va  hodisalarga,  ularning  ayrim 

belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan diqqat turi. 

Retikulyar formatsiya — bosh miya tepa qismidagi (uzunchoq miya, Voroliyev ko‘prigi, 

o‘rta miya) nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzi-lishiga ko‘ra, qalin to‘rni eslatadigan o‘simtalarga 

egadir.  Ko‘zg‘ov-chilar  ta’sir  ostida  turli  retseptorlardan  bosh  miyaga  signallar  olib  boradigan 

sezuvchi nervlarning o‘simtalari. R. F. gatutashgan bo‘lib, mavjud singal R. F. ni ham qo‘zgaydi. 

R.  F.  da  xos  bo‘lgan  qo‘zg‘alish,  o‘z  navbatida,  bosh  miya  qobig‘idagi  turli  markazlarni 

qo‘zg‘aydi.  Bosh  miyadagi  qo‘zg‘alish  esa  R.  F.  ning  faoliyatini  yo  kuchaytiradi,  susay-tiradi. 

Demak, R. F. ning har bir hujayrasi sezgi organidan ko‘p signallar qabul qilib olib, bosh miya va 

orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir ko‘rsatib turadi. 

Bedor  holat  —  bosh  miya  yarim  sharlaridagi  tegishli  nerv  mar-kazlarining  qo‘zg‘alishi 

bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir 

faoliyat turini amalga oshira oladi. 

Qo‘zg‘alish  markazi  -  markaziy  asab  tizimining  qo‘zg‘alish  ja-rayoni  ro‘y  bergan 

uchastkasi. 

Ergograf  (yunon.  yeg§op)  -  mushaklarning  ishini  grafik  usul-da  ifodalashda 

qo‘llaniladigan, ayniqsa, toliqish jarayonini o‘rga-nishda qo‘llaniladigan asbob. 

Vigillik (lot. uts»P - hushyor, sinchkov) - ziyraklik; diqqatni yangi obyektlarga, ayniqsa 

subyektiv taassurotlarga tez to‘play olish qobiliyati. 

Diqqat  depressiyasi  (lot.  skrgezyu  -  pasayish)  -  turli  tashqi  va  ichki  omillarga  ko‘ra 

obyektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi. 

Alfa-ritmasining  ekzaltamiyasi  (lot.  yexagagyu  -  kuchayish)  -bioelektrik  potensiallar 

amplatudasining  kuchayishi;  signallarga  javob  bershida  tomirlarning  torayishi  o‘rniga  ularda 

kengayish-ning yuz berishi. 

Kuch qonuni (I. P. Pavlov) - kuchli qo‘zg‘ovchilar kuchli, kuch-sizlar esa kuchsiz reaksiya 

berish holati. 

30. 

Paradoks 



fazasi 

kuchli 



qo‘zg‘atuvchilarga 

qaraganda 

kuchsiz 

qo‘zg‘atuvchilarning 

kuchli 

reaksiyasining 

vujudga 

keltirishi 

(pato- 

logik holatlar nazarda tutiladi). 

Oriyentir  refleksiningelektrofiziologiksimptomlarining  barqarorlashuvi  -  ixtiyoriy  diqqat 

buzilganda maqsadga muvofiq topshiriqberish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish hamda 

vaziyatga  qarab  uni  o‘zlashtirish  orqali  insonda  oriyentirovka  ref-leksini  qaytadan  tiklashdan 

iborat korreksion faoliyat. 

Diqqat  korreksiyasi  (lot.  soggespo  -  tuzatish)  -  insonda  diqqat  patologik  holatga 

(buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslub-lardan foydalanib tuzatish.  




Yüklə 194,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə