1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari



Yüklə 414,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix03.03.2022
ölçüsü414,66 Kb.
#84297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kar



1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning 

elementlari 

Kartografiya  –  tabiat  va  jamiyatdagi  voqea  va  hodisalarning  joylashishini  va 

ular  o„rtasidagi  o„zaro  bog„liqlikni  hamda  ularning  xususiyatlarini,  vaqt  o„tishi 

bilan  o„zgarishini,  maxsus  tasvir  –  obrazli  belgi  –  modellar  vositasida  matematik 

yo„l  bilan  tekislikda  kichraytirib,  generalizasiya  qilib  tasvirlashni  va  undan 

tadqiqot usuli sifatida foydalanishni o„rgatuvchi fandir.  

Kartografiya  qadimiy  fanlardan  biri  bo„lib,  u  to„g„risidagi  dastlabki  ta‟rif 

miloddan oldin II asr ilgari yashagan ulug„ olim Ptolomey tomonidan berilgan desa 

bo„ladi.  U  “geografiya  fanining  vazifasi  Er  yuzasini  kartografik  jihatdan 

tasvirlashdan iboratdir” - degan  edi.  

Vaqt  o„tishi  bilan  kartografiya  fanining  ta‟rifi  ham  o„zgarib,  takomillasha 

bordi  va  yaqin  vaqtlargacha  kartografiya  –  geografik  kartalar  to„g„risidagi  fan, 

uning  asosiy  vazifasi  geografik  kartalarni  tuzish  va  undan  foydalanish  yo„llarini 

o„rgatishdan iborat deb kelingan.  

«Karta»  atamasi  o„rta  asrlardan  buyon  qo„llanib  kelinmoqda.  Bu  atama 

lotincha  “chares”  so„zidan  olingan  bo„lib, 



papirus  qog‘oz  varag‘i 

degan  


tushunchani bildiradi.  

Hozirgi  vaqtda  “karta”  atamasi  dunyoning  turli  davlatlari  tillarida  ishlatiladi. 

Masalan,  fransuzcha 

carte, 

nemischa  kart



e, 

italyancha  va  portugalcha  – 



carta, 

gollandcha k



aart 

va h. k. lar. SHu bilan birga bir qancha mamlakatlarda bu atama 

o„rniga boshqa atama, ya‟ni “mappa” so„zi ishlatiladi, inglizlar–map

 

deb ataydilar. 

Bu  so„z  polotnoning  bir  bo„lagi  degan    ma‟noni  bildiradi.  Ba‟zi  mamlakatlarda 

ikkala  atama  ham  qo„llaniladi.  Masalan,  inglizlar  “chart”  so„zini  dengiz  va 

aeronavigasiya kartalarida ishlatsalar, ispanlar “carta” atamasini dengiz kartalarida 

qo„llaydilar.  

Ba‟zi manbalarda karta – Er yuzasining tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb 

ham yuritiladi 

Haqiqatan ham geografik kartalar matematik yo„l bilan hisoblash natijasida Er 

ellipsoidining  tekislikda  kichraytirilib  tasvirlanishi  natijasida  vujudga  keladi. 




YUqorida  aytilganidek,  kartalarda  voqea  va  hodisalar  maxsus  belgi-modellar 

yordamida  tasvirlanadi.  Tasvirlanayotgan  voqea  va  hodisalarning  miqdorini, 

sifatini, joylashgan o„rnini va boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin. 

Lekin  kartaning  maqsadi,  masshtabi  va  ishlatilishiga  ko„ra  tasvirlanayotgan 

tafsilotlar  saralanib,  umumlashtirilib,  ya‟ni  generalizasiya  qilingan  holda 

tasvirlanadi.  

Kartografik  tasvir  geografik  kartaning  asosiy  qismi  bo„lib,  tasvirlanayotgan 

hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning geografik 

joylashish xususiyatlarini, ularning o„zaro bog„liqligi va hatto o„zgarishini bashorat 

qilish imkoniyatiga ham egadir.  

Karta  okean  va  dengizda  suzishda,  havoda  uchishda,  er  usti  va  osti 

xarakatlarida, turistik sayohatlarda va harbiy sohada asosiy yo„l ko„rsatkich bo„lib 

xizmat qiladi.  

Karta xalq xo„jaligini rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni 

loyihalashda,  mamlakat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini  to„g„ri  taqsimlashda  va 

hududlarni  har  taraflama  rivojlantirishda  foydalaniladigan  asosiy  manbalardan 

biridir.  Nihoyat,  geografik  karta  maktabda  o„quvchilarga  geografiya,  tarix  va 

boshqa fanlarini o„rganishda asosiy ko„rgazmali bilim manbaidir.  

Kartografiya  fani  ko„pgina  fanlar  bilan,  chunonchi  geografiya,  geodeziya, 

topografiya, 

matematika,  geoinformatika,  statistika  fanlari  bilan  uzviy 

bog„langandir.  

Kartografiya,  o„z  navbatida,  bir  necha  mustaqil  qismlarga:  kartashunoslik, 

kartometriya,  matematik  kartografiya,  kartalarni  tuzish  va  tahrir  qilish  hamda 

jihozlash,  kartalarni  nashr  qilish,  ulardan  foydalanish,  kartografik  menejment, 

geoinformasion kartografiya va boshqalarga bo„linadi.  




Yüklə 414,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə