5
1-MAVZU.
“MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISH” FANINING
PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1.“Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari
2.Boshqaruvning asosiy tushunchalari va ularning mohiyati
3.Fanning boshqa fanlar bilan bog„liqligi
1.“Mehmonxona xo„jaligini boshqarish” fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari
Mamlakatimizda mehmonxona xo‗jaligi sohasiga mustaqillikning dastlabki
vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur
tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va
bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda mehmonxona xo‗jaligining
ravnaqi, uni yangi pog‗onalarga ko‗tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga
aylantirish uchun avvalo huqukiy zamin yaratish lozim edi.
Shu bois, O‗zbekiston
Respublikasi Oliy majlisining mazkur yo‗nalishga taalluqli qonun va kodekslari,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib
hayotga tadbiq etildi.
G‗arb davlatlarida mehmonxona xo‗jaligini boshqarish bo‗yicha ko‗p yillik tajriba
yig‗ilgan. Chunki, mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida
xorij tajribasini
o‗rganish shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‗rsatish sifatini yaxshilashda katta rol
o‗ynaydi.
Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab
qo‗yilishi haqida tasavvurga ega bo‗lmasa, ulardan mijozlarga
yuqori darajada xizmat
ko‗rsatishlarini talab qilish murakkab. Ammo, O‗zbekistondagi mehmonxona sanoati
o‗ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‗rsatayotganligini etiborga olish kerak. Bugungi kunda
bizga
jahon
talablariga
javob
beruvchi
mehmonxona xo‗jaligi sanoatini
rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo‗yicha takliflar kiritilgan.
―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖ fanini o‗qitishdan asosiy maqsad - hozirgi
bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitlarida mehmonxona
xizmati sohasida eng yaxshi
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan
bog‗liq.
Bunda mehmonxona xizmatlari sifatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi iqtisodiy omillar
samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan. Mehmonxona sohasi
rahbarlarining doimiy
ravishda xizmat ko‗rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga e‘tiborni
qaratish va binolarni rekonstruksiya qilish asosiy vazifa bo‗lib qolishi kerak. Yangi
texnologiyalarni kiritish ham muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish kursining vazifasi turizm industriyasini
boshqarish modeli hamda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda
mehmonxona xo‗jaligi sohasidagi muvaffaqiyatlarni tahliliy
ravishda talabalarga
tushuntirishdan iborat.
Menejment predmeti xo‗jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning
qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o‗rganishdan iborat.
6
Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‗lib,
turli iqtisodiy, tashkiliy,
ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‗rinishlarda bo‗ladi.
Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo‗l ostidagi xodimlar o‗rtasidagi aloqa va o‗zaro
ta‘sirning murakkab majmuasini ifodalaydi. Demak, menejment bu eng avvalo kishilarni
boshqarish.
Mehmonxona xo‗jaligini boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat
jamoalari va alohida xodimlardan iborat. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida
ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya‘ni mehnat qurollari va predmetlariga ta‘sir
etiladi.
Fanining o‗qilishidan maqsad – turizm sohasi jadal
rivojloanayotgan sharoitda
uning tarkibiy qismi hisoblangan mehmonxonalarda boshqaruvni samarali tashkil etish
orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirishga erishish.
Fanning vazifasi – boshqaruvning mohiyati, ahamiyati uning mehmonxona
xo‗jaliklarini rivojlantirishdagi o‗rni,
boshqaruv samaradorligi, boshqaruv usullari,
tamoyillari, boshqaruv qarorlari, menejer va rahbar uslublari, kadrlarni rejalashtirish va
ularni boshqarish jarayonlari, nizo va stress hamda ularning oqibatlari va ularning oldini
olish yo‗llari kabi bir qancha masalalar to‗g‗risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.