1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə1/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Statistika fanidan


1-MAVZU. Statistika faniga kirish.
Statistika predmeti va uslubi
Reja:
1. Statistikaning shakllanishi va rivojlanishi.
2. Statistika vazifalari.
3. Statistika tarkibiy qismlari.
Statistikaning predmeti va shakllanishi.
Jamiyat hayoti, turmushi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan amaliy ehtiyoj statistikani yaratdi. Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish obyektlarini belgilash zarurati tug‘ilgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi ho‘jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan.
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o‘zaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obyektiv zaruriyat bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z navbatida, yangidan-yangi ma’lumotlar to‘plash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug‘diradi. Shu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xo‘jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jahon ho‘jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Natijada milliy hisobchilik shakllandi va rivoj topmoqda.
Ma’lumotlarda ifodalangan tartib-qoidalarni anglash ishtiyoqi, tushuntirish yo‘llarini topish zaruriyati statistikani fan sohasiga aylantirdi. Ammo, ilk bor statistika davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib borgan bo‘lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko‘pdan ko‘p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish va ma’lum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham jamg‘arildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan o‘g‘il yoki qiz bola tug‘ilish soni, nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o‘lish soni va shularga o‘xshash hodisalarda ma’lum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uyg‘onib, ularni tushuntirish yo‘llarini izlab topish ehtiyoji tug‘ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi.
Amaliy faoliyatda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish yo‘li bilan dastlab davlatni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va talqin etish qoidalari, tartiblari, yo‘llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan foydalanish juda qo‘l keldi, chunki statistika ham matematikaga o‘xshab sonlar, miqdorlar bilan shug‘ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega bo‘lib, ommaviy hodisalarni o‘lchash natijasida hosil bo‘ladi. Pirovard oqibatda statistik tafakkur uslubi, ya’ni statistika nazariyasi va uslubiyati (metodologiyasi) shakllandi. Endi bu uslub nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni o‘rganishda, balki boshqa sohalarni ham birin-ketin egallay boshladi. Hozirgi vaqtda u deyarlik barcha fan va texnika sohalarida, tajriba-eksperimentlarda, fizika, kimyo, biologiya, arxeologiya, agronomiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, tilshunoslik, harbiy ishlar va hatto tasviriy san’atda hamda musiqa bastalashda qo‘llanilmoqda.
Shunday qilib, Statistika yuzaki qarashda oddiy so‘z bo‘lsa ham, lekin ko‘p qirrali mazmunga ega.

Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə