1-Mavzu: “Statistika” fanining predmeti va uslubi (4 soat)



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix24.02.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#84073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-mavzu “Statistika” fanining predmeti va uslubi



1-mavzu: “Statistika” fanining 

predmeti va uslubi (4 soat)

Reja:


1. Statistika tо‘g‘risida umumiy tushuncha.

2. Statistika fani predmeti va uning о‘ziga xos

xususiyatlari.

3. Statistika fani asosiy kategoriyalari va tushuncha-

lari.



Statistika lotincha “status” - ahvol, holat so‘zi bilan

italyancha “state” - davlat so‘zidan kelib chiqib, davlat

ahvoli haqidagi fan.

Statistika deganda ma’lumotlar to‘plash jarayoni ham

ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish qoidalari

ham tushuniladi. Ana shu mazmunda statistika ham fan,

ham faoliyat sohasi, ham kasb turidir.

U uyushtirilgan

bilim tarmog‘i ham, maqsadlarni amalga oshirish uchun

kuchli qurol ham, kasbkorlik faoliyati sohasi ham

hisoblanadi. Ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi

olim E.Keyn

shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni

tasniflashga oid amerika ma’lumotnomasida statistika

quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni xulosalar

yasash uchun asos sifatida to‘plash, tasniflash va miqdoriy

baholash haqidagi fandir” Shu jihatdan u tasviriy statistika

nomi bilan ham yuritiladi.




Prеdmеd

Bizdan tashqarida va ongimizga 

bog’liq bo’lmagan mavjudot, 

buyum narsa;

o’rganilayotgan hodisa, voqеa, 

fakt;


fikr yuritish obyеkti, muloхaza 

mazmunini bеlgilovchi narsa;

muayyan o’quv fani bilimlar 

majmuasi;

mavzu. Biror narsani tеkshirishga 

yo’llash sababi.




Statistika predmeti deganda statistika o‘rganadigan

obyekt, ya’ni, ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat-

miqdor aniqligi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini

miqdoriy nisbatlarda yuzaga chiqishi, o‘rganilayotgan

obyekt

mazmunini



belgilaydigan

bilimlar


majmuasi

nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo‘llanish sohalari

ham aloqadordir.

Statistika o‘rganish obyekti - bu ommaviy hodisa va

jarayonlardir.

Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa va

jarayonlarni

o‘rganishda, unda namoyon bo‘ladigan

qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o‘ziga xos

uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo‘llanadigan

yo‘llar, usullar, vositalar majmuasi.



Keng va to‘la ma’noda statistik tadqiqot ikkita

bosqichdan tashkil topadi:

Tasviriy statistika bosqichi

Analitik statistika bosqichi.

Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va

vazifalar

ko‘zlanadi:

o‘rganilayotgan

obyektlarni

spetsifikatsiyalash, ular haqida ma’lumotlar to‘plash va

qayta

ishlash,


ommaviy

hodisa


va

jarayonlarning

miqdoriy

me’yorlarini

tavsiflovchi

ko‘rsatkichlarni

hisoblash, ularni ko‘rkam va ixcham shaklda va zarur

hollarda so‘z bilan tavsiflash. Ikkinchi bosqichda esa

ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish, ular orasidagi sabab-

oqibat


bog‘lanishlarni

aniqlash


va

baholash,

o‘rganilayotgan obyektlar taqsimotlaridagi qonuniyatlarni

oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan

baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar

asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi.




Hisobning obyekti

va vazifalari

Hisob turlari


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə