1-mavzu: Vokal va zamonaviy musiqa fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 46,28 Kb.
səhifə1/5
tarix20.04.2023
ölçüsü46,28 Kb.
#106499
  1   2   3   4   5
Вокал ва замонавий мусиқа фанининг мақсад ва вазифалари



1-mavzu: Vokal va zamonaviy musiqa fanining maqsad va vazifalari
Reja
1.Fanni o’qitishning maqsad va vazifalari.
2. Qo’shiq – aytim tushunchasi va uning inson hayotidagi o’rni
3.O’zbek xalq qo’shiqijrochiligi tarixidan
4.Xonadalik ijrochiligi tarixi

Foydalanilgan adabiyotilar ro’yxati:


1.Qahharov N.V. Vokal asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2008. 314 b.
2.Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Dasrslik. Toshkent. Yangi avlod asri. 2009. 304 b.
3.Mirzaeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Mahruzalar matni. Toshkent. 2008. 48 b.
4. Omonnulaeva D. Estrada xonandaligi. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2007. 110 b.
5. Cathrine Sadolin. Com’lete vocal technique. 2012. www.Com’letevocalinstitute.com
6. American ‘o’ular music. Larri Star & Christo’her Waterman. Oxford Universite press. Inc. 2007.
“Vokal va zamonaviy musiqa” fani “Musiqa ta’limi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga vokal va zamonaviy musiqa (estrada xonandaligi) san’ati ijrochiligi bo’yicha bilimlarni o’rgatuvchi fanlardan biridir. O’quvchilarni yuqori malakali mutaxassis sifatida tarbiyalashda vokal ijrochiligi hamda zamonaviy musiqa – estrada xonandaligi bo’yicha nazariy bilimlarning o’rni kattadir.
Mazkur bilimlar “Musiqa tahlili” ta’lim yo’nalishi talabalarining kelajakda maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni vokal hamda estrada xonandaligi bo’yicha ijrochilik mahoratini professional darajada yetishishiga mahlum darajada xizmat qiladi.
“Vokal va zamonaviy musiqa” fanining asosiy maqsadi - vokal sanhati vositasida bo’lajak musiqa o’qituvchilarining estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Alohida e’tibor tovush a’’aratining texnik rivojiga, artistik mahoratini rivojlantirish va yuqori badiiy saviyada tarbiyalashga qaratilishi kerak. Mazkur fan yuzasidan talaba davr talabiga binoan dunyoqarashi keng bo’lgan, yahni insoniyat madaniyati tarixi, rivojlanish pog’onalari xususan yangi paydo bo’lgan kom’g’yuterlar tizimidagi jahon musiqiy dasturlari yuzasidan ham tushuncha, tasavvur, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi yuzasidan yetarlicha bilimlarni beradi.
Fanning asosiy vazifalari qatorida dars jarayonida talabalarga ta’lim va tarbiya berish, ularni dunyo standartlariga to’la javob beradigan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlash, vokal va estrada xonandaligi ijrochiligining tizimlilik, izchillik, oddiydan murukkabga qarab rivojlaniishi, ijrochilik mahoratini egallashida yakka tartibda yondashish kabi qator didaktik tomonlari bilan tanishtiradi.
Vokal va zamonaviy musiqa (estrada xonandaligi)da tovush yo’llarining tuzilishi va harakatlanishi xususiyatlarini, vokal va estrada xonandaligi to’g’risidagi asosiy tushunchalarni, ovoz hosil qilish va uning turlarini, xonandalik nafasi, artikulyatsiya, intonatsiya va dinamik belgilarni bilishi, nafasni qovurg’aning ‘astidan, asosan qorindan shovqinsiz olish va uni tejamli sarflash, barcha registrlarda yuqori holatda ovoz hosil qilib kuylay olish, sof va toza kuylash, so’zlarni orfoe’iya1 qoidalariga muvofiq talaffuz qilib kuylash, turlicha ovoz hujumlari bilan kuylay olish, legato va stakkatoda kuylash, o’zbek va Yevropa estrada va vokal asarlarining klassik va zamonaviy uslubiy yo’nalishlarining manyorali ijrosi, yakka va turli guruxlar bilan mustaqil ijodiy ishlash va kontsert faoliyatini yurgizish, mikrofonni erkin ishlatish qoidalarin bilish va unga rioya qilish, xonanda ovozining registrlari va badiiy texnik imkoniyatlarini, ovozni ishlatish va qo’yish mashqlarini, o’quvchi bilan asar ustida ishlab, sahnaga chiqishga tayyorlash kabi ko’nikmalarni egallashi talab etiladi.
SHuningdek, mazkur fan asosida bo’lajak musiqa mutaxassislarini vokal siru-asrorlarini chuqur bilish va yuqori professional uslubda kuylay olish, musiqa asbobi jo’rligida hamda unison yoki ko’’ ovozli ansambllar jo’rligida yakka honanda sifatida kuylash, ovoz va musiqa asbobi uchun yozilgan asarlarni ifoda etish shtrixlari, uslub (stil) va harakteri nuqtai nazardan tahlil qilish, boshlang’ich va o’rta ta’lim tizimida ‘edagogik faoliyat yuritish, o’quvchi ovozini rivojlantirish, ovozdagi nuqsonlarni bartaraf etish, o’quvchiga dastur tanlash, dastur ustida ishlash, estrada qo’shiqchiligi tarixi va rivoji bosqichlari, jo’rnavoz va fonogramma minus bilan ishlash yo’llari, estrada musiqasining klassik va zamonaviy uslubiy yo’nalishlarini, vokal ovoz registrlari, xajmini va ovoz imkoniyatlarini, vokal nota matnlarini o’qish va tahlil qilishni, xonandalik ‘edagogikasining asosiy tushunchalari, xonandalik ovozlar klassifikatsiyasi, musiqiy qobiliyat ‘sixologiyasi, tovush a’’aratining tuzilishi va ishlashi, o’zbek va dunyodagi mashhur estrada xonandalarining ijro uslublarini bilish kabi bilimlarini o’rganadi.
Kursning asosiy mazmuni ovoz xosil qilish malakalari va fiziologiyasini o’rganish hamda uni amalda qo’llay olish, shuningdek, vokal va estrada xonandaligi malakalarini egallashdan iborat.



Yüklə 46,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə