1. moos qattiqlik shkalasidagi oltinchi mineralni ayting? Ortoklaz



Yüklə 57,72 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü57,72 Kb.
#159330
Документ Microsoft Office Word (5)


1.MOOS qattiqlik shkalasidagi oltinchi mineralni ayting? Ortoklaz
2.Mineralning mehanik xususiyatlariga qanday xususiyatlar kiradi?
Chizig’ining rangi, solishtirma og’irligi, ulanish tekisligi, qattiqligi, mo’rtligi
3.Minerallarning optik xususiyatlariga qanday xususiyatlar kiradi?
Shafofligi, mineral rangi, chizig’ining rangi, yaltiroqliligi
4.Minerallarning shafofligi deb nimaga aytiladi? O’zidan nur o’tkazish xususiyati
5.Minerallarning yaltiroqlik turlarini ifodalovchi javobni aniqlang? Olmosdek, metalsimon, yog'dek, mumsimon, ipaksimon, simsimon
6. .MOOS qattiqlik shkalasidagi eng yumshoq mineralni belgilang Tal’k
7.Minerallarning qattiqlik shkalasini yaratgan olim? Moos
8.MOOS qattiqlik shkalasida eng qattiq mineralni ko‘rsating. Оlmos
9.MOOS qattiqlik shkalasidagi ikkinchi mineralni ayting? Gips
10.MOOS qattiqlik shkalasidagi uchinchi mineralni ayting? Kalsit
11.MOOS qattiqlik shkalasidagi to’rtinchi mineralni ayting? Fluorit
12.MOOS qattiqlik shkalasidagi beshinchi mineralni ayting? apatit
13.MOOS qattiqlik shkalasidagi oltinchi mineralni ayting? Ortoklaz
14.MOOS qattiqlik shkalasidagi ettinchi mineralni ayting? Kvars
15.MOOS qattiqlik shkalasidagi sakkzinchi mineralni ayting? Topaz
16.MOOS qattiqlik shkalasidagi to’qqizinchi mineralni ayting? Korund
17.MOOS qattiqlik shkalasidagi o’ninchi mineralni ayting? Olmos
18.Minerallar shaffofligiga turlarini ifodalovchi javobni aniqlang?shaffof,yarim shaffof, shaffofmas
19.Ulanish yuzasi deb nimaga aytiladi?
bu minerallarning zarb ta`siridan ma`lum bir kristallografik yo`nalishi bo`yicha tekis yuza
hosil qilib ajralishi xususiyatidir.
20.Minerallarning sinishi yuzalarning shakllariga qarab qanday turlarga ajratiladi?
chig`anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig`anoqsimon botiq bo`ladi (kvars, opal, xalsedon);
tekis sinish-usti tekis bo`lgan sinish (magnetit); tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga
qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest)
21.Magnitlik xususiyati deb nimaga aytiladi? mineralning kompas strelkasiga ta`sir etib, uni normal holatdan burish xususiyati.
22.Minerallarning mo’rtligi deb nimaga aytiladi?bosim ta’sirida pichoq uchi bilan sirtiga chizayotgnda uqalanish-maydalanish xususiyatidir
23.Minerallarning pachaqlanuvchanligi deb nimaga aytiladi? tashqi kuch ta’sirida o’z shaklini o’gartirishi, ya’ni plastik deformatsialanishi
24.Minerallarning qayshqoqligi deb nimaga aytiladi?
tashqi deformatsiya kuch ta’sirida ta’sirida o’z shaklini o’gartirishi va sssosha kuch ta’siri
yo’qolgandan keyin yana asliga qaytib kelishi xususiyati yani elastik deformatsialanishi
25.Minerallar rangi qanday o`ziga xos omillar bilan belgilanadi?idioxromatik, alloxromatik psyevdoxromatik
26.Idioxromatik rang deb nimaga aytiladi?
(grek. "idios"-o`zining, shaxsiy) - mineralning o`z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning
bu turi mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning
mavjudligi bilan bog`liq.
27.Alloxromatik rang deb nimaga aytiladi?
(grek. "allos"-chet, begona) - mineralning o`z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning bu turi
mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning mavjudligi bilan bog`liq.
28.Psyevdoxromatik rang deb nimaga aytiladi?
(grek. "psevdo"-yolg`on, qalbaki) ayrim minerallar rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning
tarqalishiga qarab o`zgarib turadi.
29.Mineral chizig`ining rangi qanday holidagi mineral rangi hisoblanadi? Kukun
30.Mineral chizig`ining rangini qanday osonlikcha aniqlash mumkin?tekshirilayotgan mineral bilan biskvit deb ataladigan xira (sirlanmagan) sopol taxtachaga chizib
31.Minerallarning qattiqligi deb nimaga aytiladi?
mineralning biron tashqi mexanik ta’sirga, jumladan tirnalishga qarshilik ko’rsatish
qobilyati darajasiga aytiladi.
32.Minerallarda solishtirma og`irlik qanday oraliqda o`zgaruvchan bo`ladi? 0,5 dan 21 gacha
33.Minerallarning solishtirma og`irligi yig`indisidan nima kelib chiqadi? tog` jinsining zichligi
34.Minerallarning solishtirma og`irliklari nimalarga bog`liq?ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og`irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi)
35.Minerallarning yaltiroqligi deb nimaga aytiladi? minerallarning yuzasiga tushgan yorug`lik nurini qaytarish xususiyati.
36.Mineral so’zining ma’nosi keltirilgan javobni ko’rsating?Mineral so’zi “Mineros” so’zidan olingan bo’lib “Rudali tosh” degan ma’noni bildiradi
37.Tabiatda uchraydigan minerallar qanday agregat holatda uchraydi? Amorf, kristall, suyuq, gaz
38.Tabiatda ko'p uchraydigan minerallar nima deb ataladi?jins hosil qiluvchi asosiy minerallar
39.Tog' jinsi nimadan tashkil topgan?bir yoki bir necha minerallardan
40.Minerallarning turi qancha?2,5 mingdan kam
41.Minerallarni ко'zdan kechirganda ulaming nimasiga e'tibor berib ta'riflash kerak? rangi, qattiqligi, yaltiroqligi, chizig‘ining rangiga
1.Tarkibida SiO2 65% dan ko’p bo‘lgan jinslar qanday nomlanadi? Nordon
2.Tarkibida SiO2 40% dan kam bo‘lgan jinslar qanday nomlanadi? O’rta asos
3. Magmatik tog‘ jinslarining strukturasi qaysilar kiradi? to'liq kristalli, yarim kristalli va shishasimon
4.Intruziv tarkibli tuzilmalarning to'liq kristalli, yirik donali bo'lishi nimalarga bog‘liq?
ularning yuqorisida joylashgan tog' jinslarining bosimi ostida asta - sekinlik va xotirjamlik
bilan kristallanishdan
5.To'liq kristalli, donli tog' jinslari odatda qanday tekisturaga ega bo'ladi? og'ir
6.Chuqur yer qarida hosil bo‘luvchi magmatik tog jinslari nima deb nomlanadi? intruziv yoki chuqurlik jinslari
7.Intruziv jinslar magmaning qotish chukurligiga bog‘liq holda qanday fattsiyaga bolinadi?
ma’lum chuqurlikda yuzaga keluvchi obissal jinslar. Nisbatan katta bolmagan chuqurlikda hosil
bo‘luvchi gipobissal yarim chuqurlik jinslar
8.SiO2 miqdori kamayish bilan nima oshadi va nima pasayadi? zichlik oshadi, erish harorati pasayadi
9.Tarkibida SiO2 65-54% bo‘lgan jinslar qanday nomlanadi? O’rta
10.Tarkibida SiO2 54-40% bo‘lgan jinslar qanday nomlanadi? Asos
11.Batolitlar deb nimaga aytiladi?
noto‘g‘ri gumbaz ko‘rinishdagi eng yirik magmatik shakl bo‘lib, ba’zan uzunasiga 200 km dan
ham katta maydonni egallaydi. O‘zining yer qobig‘idagi o‘rni bo‘yicha magma o‘chog‘iga yaqin
bo‘ladi.
12.Shtoklar deb nimaga aytiladi? batolitga yaqin yonma-yon joylashgan bo‘ladi. Maydoni esa uning maydonidan ancha kichik
bo‘lishi bilan xarakterlidir.
13.Lopolit deb nimaga aytiladi?
magmatik jinslarning tovoqsimon shakli. Magmaning ko‘tarilish va tog‘ jinslari qatlamlari
oralig‘idagi qulay joylarda yig‘ilib qotishi natijasida vujudga keladi.
14.Lakkolitlar deb nimaga aytiladi?
magmatik jinslarning qavariq qo‘ziqorin ko‘rinishdagi qatlamlararo intruziv shakli. Uning
pastki qismi ko‘pincha gorizontal holatda bo‘ladi.
15.Daykalar deb nimaga aytiladi?
yer qobig‘ining aksariyat cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlarida mavjud bo‘lgan vertikal, ba’zan
qiya, bir-birlariga parallel, radial-shula halqasimon yoriqlar bo‘ylab magma massasining ko‘tirilishi va
qotishi jarayonida vujudga keladi. Ularning eni bir qancha sm dan 1—1,5 km bo‘lib, uzunasiga bir
qancha o‘n, hatto 100 km ga cho‘zilishi ham mumkin. Ular yoriq atrof jinslarga nisbatan qattiq bo‘ladi.
16.Sillar deb nimaga aytiladi?
tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida ularni yotish holatlariga muvofiq bo‘lgan tomirlar ko‘rinishidagi
qotib qolgan intruziv shakl.
17.Magmatik jinslar bilan tanishish va ularni organishda guruhlar orasida nimalarga e’tibor
qaratish kerak? oraliq jinslar bo’lishiga
18.Cho’kindi jinsga qaysi jinslar kiradi ?qumtosh
19.Orgonogen cho’kindi tog' jinslari qanday paydo bo'lgan?O'simlik va har xil organizm qoldiqlaridan
20.Orgonogen cho'kindi jinslariga mansub javobni aniqlang?Dengiz malyuskalarining chig'anoqari, marjonlar, dengiz hayvonlari va o'simliklar qoldiqlari
21.Cho'kindi tog' jinslari paydo bo'lish turlarini aniqlang?Mexanik, kimyoviy, organic
22.Cho'kindi tog'jinslar butun yerdagi tog' jinslarining atigi nechi %ni tashkil qiladi?5
23.Cho'kindi tog'jinslar yerning yuza qismining % maydonni ishg'ol qilib yotadi?75
24.Cho'kindi tog‘ jinslarining strukturaviy xususiyatlari bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?Yirik donali struktura, o‘rta donali struktura, mayda donali struktura
25.Yirik donali strukturalarga qanday o‘lchamlar kiradi? 100 mm dan kata, 100 mm dan 10 mm, 10 mm dan 2 mm
26.O’rta donali strukturalarga qanday o‘lchamlar kiradi?2 mm dan 0,5 mm, 0,5 mm dan 0,25 mm, 0,25 mm dan 0,1 mm
27.Mayda donali strukturalarga qanday o‘lchamlar kiradi? 0,1 mm dan 0,05 mm, 0,05 mm dan 0,005 mm, 0,005 mm dan kichik
28.Metasomatik jarayonlar qanday hosil bo‘ladi? Yer po'stining ichki qismlarida, kimyoviy, mineralogik tarkibiy struktirasi, yotishi va tashqi ko'rinishi o'zgargan jarayon
29.Kontakt metamorfizm qanday jarayon?
issiq magma cho'kindi va boshqa jinslarni eritib yuqoriga chiqaradi va atrofdagi tog' jinslari
qizitadi, eritadi hamda ular bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib ularni o'zgartiradi
30.Dinamometamorfizm bu–
Jinslarning yuqori harorat va yuqori bosim ostida o'zgarishidir. Bunda tog' jinslarining
tekstruktuasi va strukturasi o'zgaradi. Yer qatlamlaridagi granitlar kuchli bosim ostida slanetska
o'xshash granitga aylanadi. Tog' jinsi o'zining dastlabki holatini yo'qotib, juda mayday strukturaga ega bo'lib qoladi
31.Regional metamorfizmni ta’riflang.Katta maydonni egallaydi, tog' jinsi va minerallar tarkibi o'zgarib boradi, ya'ni solishtirma og'irligi kichik bo'lgan suvli mineral jinslari solishtirma og'irligi katta bo'lgan suvsiz mineral va tog' jinslari bilan almashinadi
32.O'ta metamorfizm bu- Juda chuqurda vujudga keladi. Bu metamorfizmda tog' jinslari qisman eriydi, bu jarayon
natijasida magmatitlar hosil bo'ladi.
33.Skarnlar qaysi metamorfik jarayoni mahsuli hisoblanadi? O'ta metamorfizm
34.Dislakatsion metamorfizm qanday hosil bo‘ladi?Tog' jinslarining tekstruktuasi va strukturasi o'zgarishi natijasida
35.Kontakt metamorfizm jarayonida qanday tarkibli jinslar ishtirok etishi kerak?Karbonatlar bilan magma
36.Kontakt metamorfizm jarayonida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari nima deb ataladi?Karbonatitlar
37.Skarnlar bilan qanday foydali qazilmalar bog‘liq? Temir, volfram, karbonatlar va boshqa metal konlari
38.Mineral hosil qiluvchi metoformik jarayonlar qanday turlarga bo‘linadi? Regional, kontakt, o’ta va dinamometamorfizm
39.Metamorfik jinslarning teksturasi xilma xil bo'lib, qanday xillarga bo'linadi Varaqsimon yoki qat-qat tekstura. Yo'l-yo'l taraqsimon tekstura .Massiv struktura Gneysimon Tekstura
40.Metamorfik jinslar strukturasi jins tarkibiga qanday chukurlikda metamorfizmga uchraganligiga
bog'liq holda qanday turkumga strukturaga bo'linadi?granoplastik, rogovikli va relekt
41.Kristalloplastik struktura qanday strukturaga bo‘linadi?kristalloplastik, kataplastik va relek
1.Geologik eralarni pastdan yuqoriga to’g’ri tartibda sanang?AR, PR, PZ, MZ, KZ
2.Yerning absalyut yoshini necha mlrd yil deb aniqlangan to’g’ri javobni aniqlang? 4-4,5
3.Quyidagi usullarning qaysilari tog’ jinslarining absal'yut yoshini aniqlaydi? Uran-qo’rg’oshin, kaliy-argon, uglerod
4.Kaynazoy erasiga qaysi davrlar kiradi? Poleogen, Neogen, To’rtlamchi
5.Mezazoy erasiga qaysi davrlar kiradi? Trias, Yura,Bo’r
6.Poleozoy erasiga qaysi davrlar kiradi? Kembriy, Ordovik, Silur, Devon, Tosh ko’mir, Perm
7.Tog‘ jinsining nisbiy yoshini aniqlashda qanaqa usullardan foydalaniladi?Radiaktiv, poleantologik
8.Tog‘ jinsining yoshini aniqlashning qanday usullari bor? Stratigrafik va nisbiy
9.Qatlam qalinligi nimaga aytiladi? qatlamni ustki satxidan (krovlya) – pastki satxigacha (podoshva) bo’lgan eng uzoq masofaga
10.Tog‘ kompasi yordamida tog’ jinsi qatlamini qanday yotish elementlari o‘lchanadi?
qatlamni yo’nalishi azimuti, qatlamning tushish yo’nalishi azimuti va qiyalik burchagi
11.Tog‘ kompasnning oddiy kompasdan qanday farqi bor? gradus, minut shtrixlari soat strelkasi yo’nalishiga qarama – qarshi harakatlanishi
1.Joyda (Yer yuzasida) nuqtalar orasidagi o'lchangan masofalar uzunligini gorizantal
proyeksiyalarni qog'ozda kichraytirilish darajasiga nima deyiladi?Mashtab
2.Geologik xaritalari masshtabiga qarab qanday turga bo’linudi? Obzorli; Kichik masshtabli; O’rta masshtabli; Yirik masshtabli; Mukammal masshtabli.
3.Xarita(lar)da tasvirlanadigan hududni chegarasini aniqlash va uni xarita ramkalariga nisbatan Komponovka
4.Geologik kartalar hosil bo’lish sharoitiga ko’ra qanday turarga bo’linadi? Litologik kartalar, gidrogeologik kartalar, foydali qazilmalar kartasi, to’rtlamchi yotqiziqlar kartasi
5.Shartli belgilar asosan qanday bo’ladi?rangli, shtrixli, (ingichka chiziq), harf va raqamli
Yüklə 57,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə