1 Mustaqillik kuniga baglshlangan mashg'ulot (1soat)



Yüklə 236,21 Kb.
tarix03.05.2018
ölçüsü236,21 Kb.
#41472

«Gulchilik» to’garak dasturi
Mazkur dastur umumiy o’rta ta'lim maktablarining V-VIII sinflari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan
Tuzuvchilar: uslubchi N.Asqarova

uslubchi N.Niyozmetova



Taqrizchilar: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti ekologiya kafedrasi mudiri, biol. fanlari doktori, professor T.U.Rahimova

Respublika ta'lim Markazi uslubchisi F,Holmirzaeva

biol. fanlari nomzodi Yu.A.Golubenko
Tushuntirish xati
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan, bolalar va o’smirlarning ta’limga bo’lgan yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida «Gulchilik» to’garak dasturi ishlab chiqildi. Dastur V-VIII sinf o’quvchilariga xona va tabiiy sharoitda gullarni o’stirish, parvarishlash, gullar turlari bilan tanishtirish maqsadida, nazariy-amaliy to’garak mashg'ulotlari o’tishga mo’ljallangan.

Dasturning asosiy maqsadi - O’zbekistonning iqlim sharoitida tabiiy holda va dunyoning turli joylaridan keltirilib, sharoitimizga moslashtirilgan xona gullari haqida ma'lumotlar berish. Gullarni parvarishlash, asrab-avaylash orqali bolalarni Ona tabiatimizni, nabobot olamini sevib, uni boyliklarini ko’paytirish ruhida tarbiyalash, shuningdek milliy g'oya, sharqona odob-ahloq, estetik jihatdan rivojlangan, ekologik ong darajasi yuqori yoshlarni kamolotiga hissa qo’shishdan iborat. Ekologiyadan davlat ta'limi standartlari asosida o’quvchilarni qanday talabga javob berishi test sinovlari bilan sinab boriladi.

To’garak mashg'ulotlarida amaliy ishlarga ko’proq e'tibor beriladi, chunki o’z qo’li bilan ushlab, ko’rib tajriba qilgan bola mehnat qilish ko’nikmasiga ko’proq ega bo’ladi va nazariy bilimlar xotirasida yaxshi saqlanadi. o’quvchilar to’garak mashg'ulotlari mobaynida go’zallikka oshno bo’lib, ijtimoiy foydali mehnat, gullarni o’stirish, parvarishlash, ko’paytirish, o’simliklarni muhofaza qilish kabi ishlarni olib boradilar. Qalamcha qilib gullarni ko’paytirib, sotish orqali ham iqtisodiy bilimlarni va ko’nikmalarni orttiradilar.

Dastur jami 144 soatga mo’ljallangan bo’lib, shulardan 56 soat-nazariy, 88 soat-amaliy mashg'ulotlarga ajratilgan.


«Gulchilik» to’garak mashg'ulotlarining yillik o’quv rejasi

T/

T/r


"Mavzular (bo’limlar)

Soatiar miqdori

O’tkazishMuddati



Kirish

4

Sentyabr



Xona gullari haqida umumiy ma'lumotlar

12

Sentyabr



Xona gullarini oziqlantirish usullari va ozuqa turlari haqida tushuncha

16

Oktyabr



Xona gullarini parvarishlash va ko’paytirish usullari haqida tushuncha

16

Noyabr



Xona gullarining turiari va nomlanishi. Hovli va issiqxona (parnik) sharoitida, korxonalarda gullarni o’stirish usullari

16

Dekabr



Iqlimlashtirilgan xona gullari va ularning vakillari haqida ma'lumot

16

Yanvar



Piyozgulli va vegetativ yo’I bilan ko’payuvchi o’simlik vakillari bilan tanishish. Gul parvarishlash usullari

16

Fevral



Shifobaxsh o’simliklar va ulardan foydalanish haqida ma'lumot. Ekzotik gullarning vakillari bilan tanishish

16

Mart



Manzarali qullar va ularning vakillari haqida ma'lumot

16

Aprel



Gullardan estetik buyumlar - guldasta, ekibano, kompozitsiyalar yasash, ranglar jilosining ma'nosi. «Gullar bayrami» haqida

16

May




Jami

144 soat





«Gulchilik» to’garak mashg'ulotlarining yillik - mavzuviy o’quv rejasi (144 soat)


T/ r

Mavzular

Amaliy masng’uiotiar.

Soatiar miqdori

Muddati

Sentyabr






Mustaqillik kuniga bag'ishlangan mashg'ulot




1






Gulchilik to’garagining maqsad va vazifalari

Majmua bog'iga ekskursiya

2






Xonaki gullarning qismlari va ularning vazifalari




2






Xonaki gullarning o’sib rivojlanishidagi asosiy omillar




2






Xonaki o’simliklarga suvning ta'siri, suvga talabchanligi va suvsevar gullar

Gullarni sug'orish

2






Suvni kam iste'mol qiladigan kaktus o’simligi haqida tushuncha




2






Yorug'sevar va soyasevar xonaki va hovli gullari haqida tushuncha

Xonaki gullar rasmini chizish

2









Botanika bog’lga sayohat

2




Oktyabr"



Xonaki gullar uchun zarur ozuqa moddalari haqida tushuncha

Ozuqa moddalar tayyorlash usuliarini ko’rsatish

2






Gullarni o’gltlash va mineral o'g'it turlari

O'g'itlarni qo’llash usullarini ko’rsatish

2






Gullar uchun tuproq muhiti: tuproq, qum, o'g'it va boshqa qismlar

Tuproq tayyorlash uslubini amalda ko’rsatish

2






Xonaki gullarga solinadigan tuproq turlari va ularning tarkib tuzilmasi

Tuproq turlarini ko’rsatish

2






Barg aralash tuproq, chim tuproqli, torf tuproq haqida malumot

Bargli va chimli tuproq tayyorlash usulini ko’rsatish

2






Gullarning dorivorlik xususiyati va dorivor gullar haqida malumot

Dorivor xususiyatiga ega gullarni yig'ish va tayyorlashni ko’rsatish

2






Gullarni o’stirishda pista ko’mir, maydalangan g'isht, toza qumning ahamiyati

Gullarni parvarishlashni amalda qollash

2









Hayvonot bog'iga sayohat

2




Noyabr



Gullar haqida afsonalar




2






Gullarni ekish va tuprog'ini yumshatish

Gultuvak tanlash

2






Gullarni ko’chirib olib ekish va tuprog'ini_yumshatish

Ko’chirib olib ekish uslubini ko’rsatish

2






Xonaki gullarning shox-shabbasiga shakl berish

Shakl berishni amalda ko’rsatish

2






Xonaki gullarni toza holda saqlash va parvarishlash

Gullarni parvarishlashni amalda qo’llash

2






Xonaki gullarda uchraydigan kasalliklar, zararkunandalar va ularga qarshi kurash

Zararkunandalarga qarshi (sovunli, garimdorili) eritma-lar tayyorlashni ko’rsatish

2






Xonaki gullarni ko’paytirish yo’llari

Urug'dan, qalamchadan parvarishlash, payvandlash

3









Gulchilik xo’jaliqiqa sayohat

2




Dekabr



Qalamcha haqida tushuncha

Qalamcha olish yo’llarini ko’rsatish

2






Xonalarda o’stiriladigan gullarning nomlanishi haqida ma'lumot




2






Agava va aloe gullari haqida malumot




2






Turli manzarali gullar bilan xona va korxonalarni bezatish

Xonani gullar bilan bezatish

2






Issiqxonalar haqida ma'lumot




2






Hovli gullarining xonaki gullardan farqi va nomlanishlari

Gullarni qalamchalardan ko’paytirish

2






Atirqul va chinnigul (romashka) haqida ma’lumot

Atirqul qalamchasini tayyorlash usulini ko’rsatish.

2









Tabiat muzeyiga sayohat

2




Yanvar









Tsiperus guli haqida ma'lumot




2






Begoniyalar va uning navlari haqida ma'lumot berish

Gullarni rasmini chizish

2






Bir yillik va ko’p yillik gullar va ularninq nomlanishi

Gullar tagini yumshatish

2






Kanna va kala gullari haqida ma'lumot




2






Gullarning gerbariylari

Gerbariy tayyorlash









Gultojixo’roz, kalendula (tirnoqgul) haqida ma'lumot




2






Chirmashib o’sadigan gullar tradeskantsiya, singonium, fillodend-ron, qo'ng'iroqgul haqida ma'lumot

Gullarga tuproq tayyorlash

2









Geologiya muzeyiga sayohat

2




Fevral

1

Gemantus, diffenbaxiya guli haqida ma'lumot




2




2

Piyozli gullar-lola, nargiz gullari haqida ma'lumot




2




3

Gibiskus (Xitoy atirguli), euforbiya haqida ma'lumot

Gullarni ekish

2




4

Liliya va astra guli haqida ma'lumot




2




5

Koleus sansevyera guli haqida ma'lumot

Gullardan qaiamchalar tayyorlash

2




6

Xonaki gullarni parvarishlashda kerak bo’ladigan texnik vositalar, asbob anjomlar va kimyoviy moddalar

Texnik vositalar, asbob anjomlar va kimyoviy moddalarni ishlatish uslubi va ulardan foydalanish xavfsizliqi

2




7

Tsiklamen guli haqida malumot




2




8




«Bioekosan» filiali bog'iga sayohat

2




Mart



Shifobaxsh gullardan dorilar va damlamalar tayyorlash

Dori va damlamalarni tayyorlash uslullari retseptlari

2






Kaktuslar turlari haqida ma'lumot

Kaktuslarni ko’paytirish

2






Nastarin guli haqida malumot

Gullarni o'g'itlashni ko’rsatish

2






Ageratum guli haqida ma'lumot




2






Xrizantema guli va navlari haqida ma'lumot

Zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ko’rsatish

2






Gippeastrum va bal zamin gullari haqida ma'lumot




2






Chinni gul haqida ma'lumot. Tajriba maydonchasini ekish uchun tayyorlash, urug' sepish uslubi haqida ma'lumot

Maydonchani urug' ekishga tayyorlash va urug'larni saralashni ko’rsatish.

2




8




O’zbekiston Milliy bog'iga sayohat

2




Aprel



Asparagus guli haqida ma'lumot

Gullarni butasini bo’lib ko’paytrish yo’lini ko’rsatish

2






Kalanxoe guli haqida ma'lumot




2






Gullarni suyuq o’gltlar bilan o'g'itlash

Suyuq o’gitlar tayyorlashni ko’rsatish

2






Manzarali chiroyli gullovchi butalar haqida ma’lumot

Manzarali butani tanlashni ko’rsatish

2






Forzitsiya butasi haqida ma'lumot




2






Yapon behisi haqida malumot




2






Klimatiks va tekoma butasi haqida ma’lumot

Gullarga ishlov berish va parvarishlashni ko’rsatish

2









Tabiat qo’yniga sayohat

2




May



Kesilgan gullarni guldonda uzoq saqlash uchun aralashmalar tayyorlash haqida ma'lumot

Aralashmalar tayyorlashni ko’rsatish

2






Gullardan ekibanalar tayyorlash

Ekibanalar tayyorlashni ko’rsatish

2






Manzarador gullarning rangi ma'nolari haqida




2






Gullarning inson ruhiyatiga ta'siri




2






Gullar haqida she’lar va qo’shiqlar

Gullar haqida she'r yodlash

2






Gullar bayrami haqida malumot

Gullar bayramini uyushtirish

2









«Toshkent gullari» do’koniga sayohat

2






Yakuniy mashg'ulot




2










Jami:

144










Amaliy

88










Nazariy:

56




  1. Mustaqillik kuniga baglshlangan mashg'ulot (1soat)

Mustaqillik haqida tushuncha berish. O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi, Bayrog’, Gerbi haqida suhbat uyushtirish. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar haqida suhbat.


  1. Gulchilik to’garagining maqsad va vazifalari

Gulchilik to’garagining maqsadi, vazifalari, predmeti. Gulchilik fanining ahamiyati. Gulchilik tarixi. Gullarni ekish, ko’paytirish, parvarishlash, gullarning ahamiyati.o’quvchilarni gullarni sevishga, parvarishlashga, asrashga, mehnat qilishga o’rgatish.


  1. Xonaki gullarning a'zolari va ularning vazifalari

Xonaki gullarning turlari, gullarning tashqi ko’rinishi, necha qismdan iboratligi,qanday vazifalarni bajaradi va ahamiyati haqida (poya, ildiz, barg).
4. Xonaki gullarning o’sib rivojlanishida asosiy omillar

Xonaki gullarning o’sib rivojlanishida ko’pgina tabiiy va sun’iy omillar ta'sir etishi. Yorug’lik, qorong'ulik, namlik, issiq va sovuq havo harorati hamda ularning xonaki o’simliklarga ta'siri.


5. Xonaki o’simliklarga suvning ta'siri, suvga talabchanligi va suvsevar gullar Gullarning suvga bo’lgan talabi haqida umumiy tushuncha. Suvsevar gullar nomlari bilan tanishtirish. Suvsevar xonaki gullar haqida ma’lumot berish. Suvning asosiy xususiyati.

Amaliy mashg'ulot: Suvsevargullar nomlari bilan tanishtirish. Xonada bor bo’lgan gullarni sug'orish tartibi bilan tanishtirish. Sug'orishning ahamiyati.
6. Suvni kam iste'mol qiladigan kaktus o’simligi haqida tushuncha Suvni kam iste'mol qiluvchi o’simliklar haqida umumiy ma'lumot berish. Kaktus o’simligining noyob xususiyatlari, vatani, ko’paytirish usullari haqida umumiy ma'lumot berish.
7. Yorug'sevar va soyasevar xonaki va hovli gullari haqida ma’lumot o’simliklarning yorug'likka moslashishi. Qorong'ida o’sadigan o’simliklar haqida tushuncha.

Amaliy mashg'ulot: Yorug'likka bog'liq holda xonadagi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini kuzatish. Kaktus, sansevyera, seiperus, kala rasmini chizish.
8. Botanika bog'iga sayohat

Amaliy mashg'ulot: «Botanika» bog'ini barcha bo'limlari bo’yicha ilmiy-amaliy sayohat tashkil etish. Gulchilik bo’limi bilan batafsil tanishtirish. Bog'dagi qadimiy o’simliklar qoldiqlari hamda toshga aylangan daraxtlar bilan tanishtirish.

9. Xonaki gullarning oziqlanishida zarur ozuqa moddalari haqida tushuncha Xonaki gullarni parvarishlashda ishlatiladigan ozuqa moddalar haqida umumiy ma'lumot berish. Tabiiy va sun'iy o’gltlar.

10. Gullarni o'g'itlash va o’g'itlar turlari Tuproqqa turli o’gltlar solish me'yori, o’g'itlash uslubi, o'g'itlar turlari. Gullarning mavsumga qarab turli o’g'itlar bilan o'g'itlanishi.

11. Tuproq tayyorlashda - tuproq, qum, o'g'it ya boshqa qismlari

Gullarni ekish uchun tuproq tayyorlash usuli haqida tushuncha berish. Qum, o’g'it va boshqalarning miqdoriga qarab qorishma tayyorlash usullari. Tuproq va undan foydalanish.

Amaliy mashg'ulot: Tuproq tayyorlash jarayoni bilan tanishtirish va ko’rsatish. Majmua tajriba maydoniga sayohat. Tuproqni kuzatish.

12. Xonaki gullarga solinadigan tuproq turlari

Xonaki gullarga solinadigan tuproqlar haqida umumiy ma'lumot berish. O’zbekiston tuproqlari. Tuproq tirik mavjudotlarning yashash manbai.

Amaliy mashg'ulot: Tuproq turlaridan namunalar tayyorlash va ko’rsatib tushuncha berish.

13. Bargli tuproq, chim tuproq, torf tuproq haqida tushuncha berish Xonada o’stiriladigan gullarning yaxshi rivojlanishi uchun ishlatiladigan bargli chirindi tuproq, chim tuproq va torfli tuproq haqida umumiy ma'lumot berish va ularni tayyorlash uslubi va ahamiyati.

14. Gullarning dorivorlik xususiyati va dorivor gullar haqida ma'lumot

O’zbekiston sharoitida o’suvchi dorivor o’simliklar haqida umumiy tushuncha. Xonada o’stiriladigan gullar (o’simliklarning o’ziga xos xususiyati).



Amaliy mashg'ulot Dorivor gul va o’simliklardan namuna (kolleksiya) tayyorlash va izohlar yozish. Biron-bir o’simlikdan damlama va dori tayyorlash.

15. Gullarni o’stirishda pista ko’mir, maydalangan g’isht va qumning ahamiyati Pistako’mir, maydalangan g’isht, toza qumning gullarga solinish ahamiyatini tushuntirish. Ular nima uchun xizmat qiladi?



Amaliy mashg'ulot: Gullarning o’sishi va rivojlanishini kuzatish.Gullarni sug'orish, parvarishlash.

16. Hayvonot bog'iga sayohat



Amaliy mashg'ulot: Hayvonot bog'ining tashkil etilish tarixi, u yerdagi hayvonot va o’simlik dunyosi bilan tanishtirish. o’quvchilar bilan jonli suhbat orqali bilimlarini sinash.

17. Gullar haqida afsonalar

Gullar, o’simliklar olami haqida umumiy tushuncha. Gullar haqidagi qadimda mavjud afsona va rivoyatlarni aytib berib, bolalardan ham bilgan afsonalari haqida suhbat o’tkazish.

18. Gullarni ekish uchun tuvak tanlash

Xona gullarini ekish uchun ularni o’sishiga mos tuvak (katta, kichik, keng, tor) tanlash usuli haqida umumiy tushunchalar berish. Gullarni toza tuvakka ekishning ahamiyati.

Amaliy mashg'ulot: Gultuvak tanlash va tuvaklar turlari. Tuvaklarni tozalash.

19. Gullarni ko’chirib olib ekish va tuprog'ini yumshatish

Xonadagi va issiqxonadagi gullarni mavsum va fasllarga qarab ko’chirib olib ekish yoki ochiq havoda yerga olib ekish haqida malumot berish. Gullarning tagini yumshatish tartibi. Gullarning tagini yumshatishda ishlatiladigan asboblar.

Amaliy mashg'ulot. Gullarni ko’chirib olib ekish uslublarini ko’rsatish. Gullarning tagini yumshatishning ahamiyati.

20. Xonaki gullarni toza holda saqlash va parvarishlash

Xona gullarini toza holda saqlashning ahamiyati. Gullarni manzaradorligini ko’rsatib berish.

Amaliy mashg'ulot: Gullarning bargini changini artish, yuvish yoki suv purkash orqali tozalash. Gullarni turiga qarab parvarishlash.

21. Xonaki gullarning shox-shabbasiga shakl berish

Xonaki gullarning shakliga, o’sish yo’nalishi, tezligiga qarab turli shakllar berish. Shakl berishda ishlatiladigan asboblar.

22. Xonaki gullarda uchraydigan kasalliklar, zararkunandalar va ularga qarshi kurash

Xonaki gullarda uchraydigan kasalliklar haqida malumot berish.

Zararkunandalar va ularga qarshi ishlatiladigan dori vositalari hamda damlamalar. Tuproqni yangilash

23. Xonaki gullarni ko’paytirish yo’llari

Gullarni ko’paytirish yo’llari haqida ma'lumot berish.



Amaliy mashg'ulot: Gullarni ko’paytirish. Qalamcha orqali, urug'dan, payvandlash orqali, hamda parhishlash orqali ko’paytirish yollarini ko’rsatish.

24. Gulchilik xo’jaligiga sayohat



Amaliy mashg'ulot. Manzarali bog' va gulchilik davlat xo’jaligiga ilmiy-amaliy sayohat. Xo’jalikda mavjud gullar turlari va ularni o’stirish usullari, sharoiti bilan yaqindan tanishtirish. o’quvchilar bilan gullar haqida jonli suhbat uyushtirish.

25. Qalamcha haqida tushuncha

Qalamcha haqida ma'lumot. Qalamchani o’stirish yo’llari.

Amaliy mashg'ulot: Qalamcha kesish va uni o’stirish uchun qulay sharoit yaratish. Suvda ildiz oldirish. Tuproqda ildiz oldirish. lldiz olishini kuzatish.

26. Xonaki gullar nomlari haqida ma'lumot berish

Xonaki gullar nomlari bilan tanishtirish va ma'lumot berish. Ularning vatani, oilasi haqida ma'lumot berish.

27. Agava va aloe guli haqida ma'lumot berish

Aloe va agava haqida ma'lumot berish. Vatani, oilasi hamda ko’paytirish usullari.

28. Turli manzarali gullar bilan xona va korxonalarni bezatish Xonani gullar bilan bezatishning ahamiyati. Inson ruhiyati va kayfiyatiga ta'siri.



Amaliy mashg'ulot Xonada bor bo’lgan gullarning xonaga moslab bezatish. Gullarni parvarishlash, o’sishini kuzatish.

29. Issiqxona, oranjereyalar (manzarali gullar xonasi) haqida ma'lumot Issiqxona va oranjereyalar haqida ma'lumot. Ularning tuzilishi. Issiqxonada o’stiriladigan gullar, ularning sharoiti, parvarishlash.

30. Hovli gullarining xonaki gullardan farqi

Hovlida o’sadigan va xonada o’sadigan gullar o’rtasidagi asosiy farqlari, ularning nomlanishi haqida umumiy ma'lumot berish.



Amaliy mashg'ulot: Hovli gullari bilan tanishtirib, ular haqida ma'lumot berish. Xona gullari bilan tanishtirish, Qalamchalar olib gullarni ko’paytirish. Yosh gulsevar o’quvchining uyidagi gullar bilan tanishish.

31. Atirgul va chinnigul (romashka) haqida ma'lumot berish

Atirgul va romashka guli haqida umumiy ma'lumot. Navlari, ranglari, o’stirish hamda ko’paytirish usullari.

32. Tabiat muzeyiga sayohat



Amaliy mashg'ulot: Tabiat muzeyiga sayohat uyushtirish. Sayohat asosida o’simliklarning kelib chiqishi haqida tushuntirish, suhbat o’tkazish.

33. Seiperus guli haqida ma'lumot berish Seiperus guli haqida umumiy malumot. Ko’paytirish yo’llari, parvarishlash.

34. Begoniyalar va uning navlari haqida ma'lumot berish

Begoniyalar oilasi haqida malumot berish. Begoniyalar turlari va navlarini o’stirish, ko’paytirish, parvarishlash haqida tushuntirib, amaliy ko’rsatish.



Amaliy mashg'ulot: Begoniya gullarini ko’rsatib tanishtirish. Ayrim navlarining rasmini chizish. Ularni parvarishlash va sug'orish.

35. Bir yillik va ko’p yillik gullar va ularning nomlari

Bir yillik va ko’p yillik gullar haqida umumiy ma'lumot. Bu o’simliklarning bir necha turlari. Piyozli gullar. Kartoshkali gullar.

Amaliy mashg'ulot: Gullarni ajrata bilish. Gullarni tagini yumshatish Gullar rasmini chizish.

36. Kanna va kala haqida ma'lumot berish

Kanna va kala o’simligi haqida umumiy malumot. O’simlik turlari o’stirish ko’paytirish, parvarishlash usullari.

37. Gullardan gerbariylar tayyorlash

Gerbariy haqida malumot.

Amaliy mashg'ulot: Gullarning turlaridan saralab turli gerbariylar, kompozitsiyalar tayyorlash usullarini o’rgatish.

38. Gultojixo’roz, kalendula (tirnoqgul) haqida malumot

Gultojixo’roz, tirnoqgul (kalendula) o’simligi haqida umumiy ma’lumot berish. Ularni navlari, oilasi, vatani bilan tanishtirish.

39. Chirmashib o’sadigan gullar tradeskansiya, singonium, fillodendron qo'ng'iroqgul haqida ma'lumot.

Chirmashib o’sadigan gullar haqida malumot. Ularning turlari va tarqalishi.

Amaliy mashg'ulot: Gullarga tuproq tayyorlash. Tayyor o’simliklarni ekib parvarishlash va ularni kuzatib borish.

40. Geologiya muzeyiga sayohat



Amaliy mashg'ulot: Muzeyda bor bo’lgan eksponat va ko’rgazmalar bilan yaqindan tanishtirish. o’quvchilar bilan birga jonli suhbat olib borish.

41. Gemantus, difenbaxiya guli haqida ma'lumot berish

Gemantus, difenbaxiya guli haqida umumiy ma’lumot. o’stirish, ko’paytirish yo’llari parvarishlash uslubi.

42. Piyozli gullar: lola, nargiz gullari haqida ma'lumot

Piyoz orqali ko’payuvchi gullarning turlari. Ularni parvarishlash. Piyozli gullarning mavsumlari. Piyozli gullardan namuna sifatida ko’rsatish.

43. Gibiskus (Xitoy atirguli), Euforbiya haqida malumot. Gibiskus (Xitoy atirguli) o’simligi haqida malumot.

Euforbiya o’simligi haqida umumiy ma'lumot. Xitoy atirguli (gibiskus)ni ko’paytirishning o’ziga xos usullar bilan tanishtirish.

Euforbiya o’simligini ko’paytirish parvarishlash.



Amaliy mashg'ulot: Gullarni ko’paytirish, gullarni ekish va kuzatish.

44. Liliya, astra guli haqida malumot berish

Liliya, astra guli haqida ma’lumot. Kelib chiqish tarixi, ramzi ma'nosi, uiar haqida afsonalar, ko’paytirish usullari va pavarishlash.

45. Koleus, sansevyera guli haqida ma’lumot

Koleus, sansevyera guli haqida ma’lumot berish. Ularning navlari, turlari, vatani bilan tanishtirish. Ularni ko’paytirish usullari.

Amaliy mashg'ulot: Gullar ustida kuzatish ishlari olib borish uchun ro’yxatlar tuzish va tajriba kuzatishlar olib borish. Qalamchalar orqali ko’paytirish, qalamchalar tayyorlash va ildiz olishini kuzatish

46. Xonaki gullarni parvarishlashda kerak bo’ladigan asbob va anjomlar Xonada o’stiriladigan gullarni parvarish qilishda ishlatiladigan asbob va anjomlar turlari. Ularni ishlatish xavfsizligi, vazifalari haqida tushuncha.



Amaliy mashg'ulot: Bog'dorchilik va gulchilikda ishlatiladigan asbob-anjomlardan foydalanish xavsizligi uslubi

47. Siklamen guli haqida ma’lumot Siklamen guli haqida ma’lumot. Turlari, vatani, o’stirish, ko’paytirish yo’llari bilan tanishtirish.

48. «Bioekosan» filiali bog'iga sayohat

Amaliy mashg'ulot: Filial yer maydoniga ekilgan o’simliklar bilan tanishtirish.

Gullarning o’sishi va rivojlanishini kuzatish. Kuzatuv daftariga yozish, gerbariylar tayyorlash.

49. Shifobaxsh gullardan dorilar, damlamalar tayyorlash

Shifobaxsh o’simliklar. Ularning ta'rifi. Dorivorlik xususiyati.



Amaliy mashg'ulot: Dorivor o’simliklarni aniqlash. Dorivor o’simliklar yig'ish. Dorivor o’simliklarning bir necha turidan alohida va aralash choy damlamalar tayyorlash usullarini alohida o’rgatish (damlamalar, qaynatish usullari).

50. Kaktus o’simligining turlari haqida ma'lumot

Kaktus o’simligi turlari haqida ma'lumot. Kaktuslarga ta'rif berish, o’stirish, ko’paytirish usullari.

Amaliy mashg'ulot: Kaktuslar bilan tanishtirish turlarini, nomlarini ajratish. Kaktuslarni ko’paytirish va parvarishlash.

51. Nastarin guli haqida ma'lumot

Nastarin guli haqida ma'lumot. Nastarin manzarali o’simlik ekanligi, o’sadigan joylari.

Amaliy mashg'ulot: Nastarin gulining turlari. Nastarin gulini ko’paytirish parvarishlash usullari. Gullarini o’g'itlash. Suyuq o'g'itlar tayyorlash.

52. Ageratum guli haqida ma'lumot berish

Ageratum guli haqida ma'lumot. o’stirish, ko’paytirish usullari, parvarishiash yo’llari.

Amaliy mashg'ulot: Tabiatda gullarning tarqalishi. Zararkunandalarga qarshi kurash choralari. Tabiiy zararsizlantiruvchi vositalar tayyorlash,

53. Xrizantema guli va navlari haqida ma'lumot

Xrizantema o’simligi haqida umumiy ma'lumot. Gulni madaniylashtirish tarixi. Xrizantemalarni urug'dan ko’paytirish.

54. Gipeastrum guli va balzamin haqida ma'lumot

Gippeastrum guli haqida ma'lumot. Balzamin o’simligining umumiy ta'rifi. O’simliklarni o’stirish, ko’paytirish usullari, o’g'itlash, parvarishlash yo’llari.

55. Chinnigulning tarifi

Uning vatani, ayrim turlarini o’stirish, ko’paytirish usullari. Parvarish qilish yo’llari. o’ziga hos tarqalish, ko’payish yo’llari.

56. Tajriba maydonchasini ekish uchun tayyorlash va urug' sepish uslublari haqida ma’lumot



Amaliy mashg'ulot: Tajriba sinov uchun ajratilgan yer maydoniga bahorgi ishlov berish ishlari (chopish, o’gitlash, ariqlash). Har bir o’simlik uchun alohida, o’ziga mos joy ajratish. Ekishga mo’ljallab olingan urug'larni ko’zdan kechirish. Ekish oldidan uruglarni suvda ivitish yoki ivitmasdan ekish. Urug'larni ajratilgan joylarga ekish va kuzatish, kuzatuv daftariga yozish.

57. O’zbekiston milliy bog’iga sayohat



Amaliy mashg'ulot: «O'zbekiston milliy bog'i»dagi o’simliklar olami bilan tanishtirish. o’simliklarni qay biri barg yozgan, qay biri gullaganligini aniqlash, jonli suhbat olib borish. o’simliklarning bahorgi o’zgarishlarini kuzatish, kuzatuv daftariga yozish.

58. Asparagus guli haqida tushuncha berish

Asparagus guli haqida ma’lumot. Gulni parvarishlash, tupini bo’lib yoki urug'dan hamda qalamchadan ko’paytirish.

Amaliy mashg'ulot: Asparagus gulini ko’paytirish. Tupini bo’lib ekish. Parvarishlash, o’gitlash. Gulning rivojlanishini kuzatish.

59. Kalanxoe guli haqida ma’lumot

Kalanxoe guli haqida ma’lumot. Gulni ko’paytirishning ajoyib yo’llari. Kalanxoe gulini dorivor, shifobaxshligi va undan foydalanish yollari.

60. Gullarni suyuq o’gitlar bilan o’g'itlash

O’g'itlar haqida qisqacha ma’lumot. o’g'it nima uchun ishlatiladi. Suyuq o’g'itlarni tayyorlash uslublari va ahamiyati.

Amaliy mashg'ulot: Gullarni yaxshi rivojlanishi uchun o’g’tlash vaqti. Suyuq o’g'it tayyorlash uchun olinadigan o’g'it turlari. Amerika usuli bilan tayyorlanadigan «Biogumus», qo’y, mol, echki va turli parranda chiqindi go’nglari. Ularni suvda ivitib suyuq o’g'it tayyorlash.

61. Manzarador chiroyli gullovchi butalar haqida ma'lumot Manzarador chiroyli gullovchi butalar haqida ma'lumot berish. Ularning turlari. Ko’kalamzorlashtirishda qo’llanilishi. Bu tur o’simliklari o’sish joylari, parvarishlash, ko’paytirish turlari.

62. Forzitsiya butasi haqida ma’lumot

Forzitsiya butasi haqida ma’lumot. O’simlik o’sish sharoiti, gullash davri, ko’paytirish turlari, parvarishlash.



Amaliy mashg'ulot: Manzarali chiroyli gulli buta o’simliklarni parvarish qilish. Butalarga shakl berish. Kesilgan navdalardan qalamchalar tayyorlash va ekish.

63. Yapon behisi haqida ma’lumot

Yapon behisi haqida umumiy ma’lumot. Parvarishlash, ko’paytirish turlari. qollanilishi.

64. Klematiks hamda tekoma butasi haqida ma’lumot

Klematiks va tekoma buta o’simligi haqida umumiy tushunchalar. o’simlikni o’stirish, parvarishlash, ko’paytirish yo’llari. Ko’kalamzorlashtirilgan bog'larda ularning qo’llanish ahamiyati.

Amaliy mashg'ulot: Klematiks va tekoma butasi bilan tanishtirish. Butalarga shakl berish. Qalamchalar tayyorlash. Gullarga ishlov berish va parvarishlash. Manzarali chiroyli gullovchi butalar asosida referat yozish.

65. Tabiat qo’yniga sayohat



Amaliy mashg'ulot: manzarali biron-bir xiyobon va bog’larga sayohat uyushtirish. Tabiat manzaralarini kuzatish, o’simliklar hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar haqida suhbat uyushtirish. Gerbariy va referat tayyorlash.
66. Kesilgan gullarni uzoq saqlash uchun aralashmalardan foydalanish. Kesilgan turli gullardan tayyorlangan guldastalarni ko’p va yaxshi saqlanishi uchun aralashmalar tayyorlash uslublari haqida ma'lumot.

Amaliy mashg'ulot: Kesilgan gullarni uzoq saqlanishi uchun aralashmalar tayyorlash va ularni sinab kuzatish.

67. Gullardan ekibanalar tayyorlash

Ekibana nima? Ekibana haqida ma’lumot berish va uning kelib chiqish tarixi. Har xil gullardan turli shakllarda ekibanalar tayyorlash uslublari bilan tanishish.

Amaliy mashg'ulot: Ekibana tayyorlash uchun gullar yig'ish. Ekibanalar tayyorlash. Ekibanalardan ko’rgazma tashkil etish.

68. Manzarador gullar rangining ma'nolari

Manzarali gullarning rangli oq, qizil, sariq, havorang, siyohrang, pushti va hokazo. Ushbu har bir rangning o’ziga xos ta'rifi ramzi, ma'nosi haqida ma'lumot berish.

69. Gullarning inson ruhiyatiga ta'siri

Gullarning eng chiroyli vakillari. Gullarning inson ruhiyatiga, kayfiyatiga ta'sir etishi.

70. Gullar haqida she'r va qo’shiqlar. «Gullar bayrami»ni o’tkazish Gullar va tabiat haqida yaratilgan she'rlar va qo’shiqlar haqida suhbat. She'rlardan parchalar o’qish, she’rlar yod olish. «Gullar bayrami»ni o’tkazish. Gullardan ekibanalar, guldastalar tayyorlash.

71. Gul do’koniga sayohat

Amaliy mashg'ulot: Gul do’koniga sayyohat uyushtirish. Gullarni ko’rib har biri haqida referatlar yozish. Gullarning rasmini chizish.

72. Yakuniy mashg'ulot

Yil davomida o’tilgan mashg'ulotlarni takrorlab savol javob tarzda sinov o’tkazish. Qilingan ishlar, o’tkazilgan ko’rgazmalar, suhbatlar, kuzatish natijalarini muhokama qilish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar

1 . N.Yusupova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.:O'zbekiston, 1995.

2. A To’xtaev, A.Hamidov: Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T.:O'zbekiston, 1994.

3. N.F.Zinoveva. Xonadonda gul p'stirish.-T.:Mehnat,1992.



4. A.K.Kiyatkin. Xrizantema gullari - T.:O'zbekiston, 1991.

5. Т.М. Клиневская. Цветы в интерьере.-М.Промиздат.
Yüklə 236,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə