10-Mavzu: O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarning shaxsiy, huquqiy jihatlari



Yüklə 25,45 Kb.
səhifə1/2
tarix05.05.2023
ölçüsü25,45 Kb.
#108653
  1   2
10-mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bunda

10-Mavzu: O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarning shaxsiy, huquqiy jihatlari

Reja:


O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, talaba- yoshlarni ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan bo‘lib qoldi. Chunki davlatning asosini ma’naviyat tashkil etadi, ma’naviyatiga e’tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo‘lmaydi. Shuni aytish kerakki, insonning ma’naviyati uning axloqi, odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Axloq esa aqliy, huquqiy, diniy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar, o‘z navbatida, inson axloqiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Demak, axloq insonning ijobiy sifatlari majmuyidir. Odob va axloq bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Odob alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.
Odob – bu, har bir insonning jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish-turishida o‘zini tuta bilishini ko‘rsatadi.
Axloq – jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq odob normalari. Madaniyat – jamiyatning unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to‘plangan barcha ijobiy, aqliy yutuqlar majmuasi. Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy intellektual fazilatlar majmuasidir. Mustaqil fikrlash – bu fahmlash, anglash, fikr yuritishdan boshlanadi. Tafakkur – inson ongidagi mavjud ilmiy-hayotiy bilimlar majmualarining keragini saralab olish va amaliyotga qo‘llash. Ijodkor pedagog talaba- yoshlarning xulq madaniyatini shakllantirishda ma’naviy qadriyatlarning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Pedagog ijodkorligi natijasida talaba-yoshlar ajdodlar tarixi, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlari haqida chuqur bilim oladi. Talabalarning ma’naviy merosga bo‘lgan qiziqishi oshadi. Dars jarayonida samimiy, sog‘lom ma’naviy muhit yaratiladi. Ma’naviy meros manbalaridan samarali foydalanish natijasida talabalarning xulq madaniyati kamol topadi. Talaba-yoshlarning xulq madaniyatni shakllantirish, birinchidan, dars jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishiga, ikkinchidan, ta’lim mazmuniga va pedagog-talaba hamkorlik faoliyatiga bog‘liq. Hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’uliyatni, faollikni talab qiladi. Bunda har bir darsdan pedagog maqsadni aniq ko‘ra bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim.
Dars jarayonidagi bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi va tarbiyaviy harakteri, qiziqarliligi talabalarda ta’lim va tarbiyaviy tomondan o‘rganiladigan bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ularning bilimini kengaytirish, yuksak xulqli bo‘lish kabi ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Barcha shakldagi dars jarayonlarida talabalar xulq, madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirish uchun savol-javob qilish, munozarali vaziyat paydo qilish, mustaqil ishlash, turli o‘yinlardan foydalanish kabi usullardan foydalanish muhimdir.
Talabalarning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ularga o‘tmish adabiyoti, tarix, milliy urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish pedagogdan doimo faollik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Talabaning ma’naviy ehtiyojini qondirish, qiziqishini o‘stirish mustaqil ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar pedagog va talaba faoliyatining uzviy bog‘langan tomonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o‘z nuqtayi nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. Mustaqil ishlash ko‘proq darslik ustida ishlash, manbalarning mazmunini tahlil etish, ma’ruza, referat, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish (chet tilida ham) kartochkalarga yozma javob berish, turli jadvallar, diagrammalar, sxemalar tuzishni taqozo etadi. Bularning barchasi talabadan izlanuvchanlikni talab qiladi. Mustaqil ishlar, seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbalarga asoslanadi.

  1. Darslik materiallariga;

  2. Ma’naviy meros hisoblangan xalq og‘zaki ijodi, diniy manbalar, mumtoz adabiyot va boshqalar;

v) Ommaviy axborot vositalari materiallariga (jurnal, gazetalar, radio eshittirishlar, oynayi jahon ko‘rsatuvlari);

  1. Hayotiy misollarga (oilaviy-maishiy an’analar, urf-odatlar, rasm- rusumlar, ma’naviy qadriyatlar va h.k).

Og‘zaki mustaqil ish turlari va o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini talabalar amaliy faoliyatida mustahkamlashtirishga yo‘naltirilgan ba’zi bir yozma shakldagi mustaqil ishlar (insho, savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, kartochkalarni to‘ldirish)dan aralash dars shaklida keng foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan, adabiyot darslarida “Allomalar mehmonimiz”, “Temuriy ijodkorlar”, “Bugungi davr - allomalar ko‘zi bilan” kabi munozaralar, bahslarni tashkil etish mumkin.
Dars jarayonida pedagog ma’naviy meros manbalaridan ustalik bilan foydalanishi, ularning ta’lim va tarbiyaviy ta’sirini hisobga olishi, darsni “qanday tarzda tashkil etilishidan qat’i nazar (o‘yin darsi, munozara darsi, sinov darsi va h.k.) uni uyushtirishda faol, ijodkor, qat’iy bo‘lishi, ma’naviy merosni yaxshi bilishi va uni amaliyotga tatbiq qila olishi zarur. Talabalarning og‘zaki mustaqil tayyorgarligi asosida noan’anaviy dars shakllarini uyushtirish ham xulq madaniyatini shakllantirishning samarali usullaridan hisoblanadi. Bunda turli mavzulardagi bahs - munozara darslarini o‘tkazish mumkin. Bunday darslarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida talaba keng hajmdagi ma’naviy manbalarga, badiiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi namunalariga, pandnomalar, diniy manbalar, sharq allomalari hayotiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop, avtobiografik asarlar, matbuot va ommaviy axborot materiallariga murojaat qiladi. Natijada muammoli savollarga javob topadi, ajdodlar ma’naviy merosi bilan tanishishga muyassar bo‘ladi. Bunday darslar yetarli tayyorgarlik, mahorat va keng ko‘lamli bilim, tajriba, mustaqillikka asoslangan holda tashkil etilsa, talabaning xulq madaniyatini shakllantiruvchi quyidagi ijobiy natijalarni beradi:

    • dars davomida talabaning erkinligi, mustaqilligi, faolligiga erishiladi;

    • talabalar jamoa fikriga tayanishga, uni hurmat qilishga o‘rganadilar, bu bilan ularda o‘zaro hurmat, muloqot madaniyati tarbiyalana boradi; U talabalar o‘z fikr-mulohazalarini, qarashlarini himoya qilish, ularni boshqalarga yetkazish mahoratini egallaydilar;

    • talabalarda u yoki bu adibning qarashlarini, xalq pedagogikasi, hayot tajribasi asosida ko‘tarib chiqilgan muammolar mohiyatini davr bilan bog‘lash, atrof-muhit talabi, imkoniyati asoslarini haqqoniy baholash malakasi shakllanadi;

    • talabalarning o‘zbek xalqining ma’naviy turmush tarzi haqidagi bilim darajasi ortadi, axloqiy - ma’naviy sifatlari shakllanadi;

    • har bir talabada o‘z-o‘ziga talabchanlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish hissi ortadi, o‘z ustida ishlashga, o‘zini anglashga e’tibor kuchayadi.

Bunday muvaffaqiyatli natija sinov darslari, yakuniy darslarda namoyon bo‘ladi. Talaba xulq madaniyatini asosiy mezonlari: insonparvarlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr- muhabbat, iymon, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholashni talab etadi. Bu talab talabaning Vatan, ota-ona, do‘stlari, jamoa oldidagi burchi, vazifalariga, ta’lim- tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladigan faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi. O‘z bilim, xatti- harakati, atrof-muhitga munosabatini nazorat qilish, o‘z-o‘zini baholashni tashkil etish talabaning yozma ijodiy faoliyati orqali samarali namoyon bo‘ladi. Ta’limning samarali shakllari, an’anaviy va noan’anaviy dars turlari, vositalari va usullaridan, jumladan, ta’lim jarayonida talabalarning turli ijodiy yozma ishlari: insho, referat, konspekt, ma’ruza kabi turlaridan keng foydalanish zarur. Dars jarayonida talabalarning yozma ijodiy ishlaridan samarali foydalanish uchun qator pedagogik shartlarga amal qilish zarur.

Bunda:


    • mustaqil ijodiy ishlarning turlari, mavzusi, harakteri va unga qo‘yiladigan talablar aniq belgilab berilishi;

    • chet tili, adabiyot va boshqa darslarda mustaqil yozma ishlarni uyushtirish va ularni amalga oshirish uchun qisqa uslubiy tavsiyalar tayyorlash;

    • pedagog ma’naviy sifatlarini, ma’naviy tarixi, qadriyatlar mazmuni va harakteri haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishi, ularning tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini bilishi;

    • pedagog ham, talaba ham darslik va qo‘shimcha manbalar bilan mustaqil ishlashi;

    • pedagog ta’limni tashkil etishning an’anaviy va noan’anaviy shakllari, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari, ish natijalari haqida to‘liq pedagogik bilim bilan qurollangan bo‘lishi;

    • pedagog har bir dars mavzusi, dars shakli, usul va vositalarini talaba xulq madaniyatining shakllariga ta’sirini oldindan ko‘ra bilishi;

    • yozma ijodiy ishlar talabalarning ixtiyoriyligi, ijodkorligi, qiziqishi asosida amalga oshirilishi lozim.

Dars jarayonida yaratilgan ma’naviy muhit talabalarda ijodkorlik, erkinlik, faollik, tasavvur boyligi va bilimga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Dars jarayonida ma’naviy merosimiz: o‘tmish allomalarning fikr-qarashlari, odob-axloq, to‘g‘risidagi turli hikoyalar, xalq og‘zaki ijodidan turli rivoyatlar, maqollardan foydalanish talabaga ma’naviyatimiz xazinasi haqida puxta bilim olish, egallangan bilimni namunali namoyon etish, dastur va darslik materiallarini hayotiy tajribadan olingan misollar bilan mazmunan to‘ldirish, ruhiy holatlar, tasavvur, idrok, hissini bayon etish, hozirjavoblik, ta’sirchanligi bilan farqlanadi.

Yüklə 25,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə