11 /Faqat ozod va obod yurt insonlarigina erkin va farovon yashashlari rnumkin



Yüklə 18,88 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü18,88 Kb.
#40784



E
WwW.Student.BiZ.uZ
kalogiya va atrof-muhut.

Faqat ozod va obod yurt insonlarigina erkin va farovon yashashlari mumkin. 1991 yili O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, o'ziga xos taraqqiyot yo'lidan borib, ko'p sohalarda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kirita boshladi. Atrof-muhitni sog`lomlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga kirishish ham shunday yutuqlar jumlasidandir.

Har qanday jamiyatning barkamol rivoji uchun, so`zsiz, a egallab turgan hududdagi mavjud hayotiy omillarning barchasi, ayniqsa, tabiiy muhitlar yuqori darajada ekologik sifat va miqdor ko'rsatkichlariga ega bo`lmog`i darkor. Shu bilan birgalikda, har bir jamiyat a'zosi ekologik ong va tafakkur sohibi bo`lishi, o'zining yashash joyi-makonini nihoyatda e'zozlashi va sevishi kerak. Xullas, har birimiz tabiatdan bizga in'om etilgan, hayotiy omillarning barchasini ardoqlashimiz, ularga nisbatan oqilona munosabatda bo'lish, shuningdek, ularni kelajak avlodlarga yetkazish va barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun harakat qilish muqaddas burchimiz ekanligini heck ham unutmasligimiz zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda ekologik ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratilgan. Bu borada dunyo miqyosida atrof-muhitga doir eko­logik dastur (YuNEP) ham mavjud. Bizning Respublikamizda joriy qilingan uz­luksiz ta'lim tizimining hamma bosgichlarida ekologik bilim berilishi bilan birga, “Ekologiya” va “Atrof-muhit muhofazasi” yo`nalishlari bo'yicha mutaxassis kadrlar tayyorlashga ham kirishilgan.

Ta'lim tizimining umumo'rta maktab bo`g`inida o'qitilayotgan kimyo, biologiya, geografiya, fizikaa kabi qator tabiiy fanlar dasturlarida yoshlarga ekologik saboq berishga keng e'tibor qaratilgan. Bir Bator o`rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarida “Ekologiya”, “Atrof-muhit muhofazasi” ga oid maxsus fanlar o`gitili-shini ham e'tirof etmoq kerak. Buning natijasida, albatta, kelajak avlodimiz zarur ekologik ong va tafakkur sohiblari bo'ladilar, deb fikr bildirish mumkin.

Yuqoridagilar qatorida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining ma­shg'ulotlarida yoshlar ongiga umumiy ekologik tushunchalarni singdirishga ham alohida e'tibor qaratilmog'i zarur.



Ekalogiya va unga tegishli sohalar

haqida umumiy tushunchalar

Dastlab, ekologiyaga oid ilmiy tushunchalarni quyidagicha ko'pchilikka yaxshi ayon bolgan fikr-mulohazadan boshlaganimiz ma'qul: Yer sayyorasi, ya'ni biz yashayotgan kurra zamin, bu turfa Olamda hozircha birdan-bir, yagona tirik organizmlar, shu jumladan, insonlarning “yashash joyi-makoni” hisoblanadi. Bunda 4 to ulug'-bebaho tabiat in'omi: suv, tuproq, havo, tirik organizmlar mavjud.

Hayot uchun eng zarur ana shu hayotiy omillar, so'zsiz, juda uzoq davrlar, aniqrog'i, 3-4 mlrd. yillar oralig'ida Yer sayyorasining shakllanishi va shu bilan bir vaqtda, bunda amalga oshgan o'ta murakkab fizik va biogeokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bolgan. Ana shunday tabiiy shart-sharoit, yashash muhitlari barpo bo`lgandan so'nggina, inson zoti Yerda paydo bolgan. Lekin u hozirgidek barkamol hayot ko'rsatkichlariga yetgunicha, bir necha 10 millionlab o'tgan uzoq tarixiy davrni boshdan kechirib, evolyutsion tarzda rivoj topgan.

Yerdagi 4 to hayotiy muhitning ilmiy nomlanishi quyidagicha: havo-atmosfera, suv-gidrosfera, qattiq yer yuzasi-litosfera, o`simliklar va hayvonlar – “jonli gobiq” - biosfera deb ataladi. Insonlar Yerning jonli qobig'i, ya"ni biosfera muhiti tarkibida, boshqa barcha tabiiy unsurlar bilan bevosita bog'liqlikda dunyoga kelib, boshqa jonzotlardan farqli ravishda, yuqori ong - tafakkur sohibi (Homo sapiens) hisoblanadi.

Inson haqiqatdan ham, boshqa tirik organizmlardan o'zining chuqur idrok eta oilishi, aglliligi bilan keskin ajralib turadi. Shu sababdan ham odamlar ma'lum joy - muayyan hududlarda jamoa bo'lib, o'zaro uyushib, ongli turmush tarzida hayot kechirishadi, faoliyat ko'rsatishadi va hokazo.

Quyida, ekologiyaga oid bir Bator umumiy tushunchalar xususida ma'lumotlar bayon qilamiz. Dastavval, “Ekologiya” so'zi nimani anglatadi? O'ziga u qanday ma'no, mazmun - mohiyatni qamrab olgan? Uning turli ko'rinishda alohida fan sifatida shakilanishi qaysi davrga to'g'ri keldi va gay5i olim - donishmandlarning xizmatlari bunda muhim ahamiyat kasb etgan? Hozirgi davrda ekologivaning qanday yo'nalishlari ko'proq rivoj topmoqda? Shu kabi Bator savollarga javob berishga harakat qilamiz. Ilk bor, “Ekologiya” atamasini 1866 yilda nemis tabiatshunos olimi Ernst Gekkel (1834-1919) o`zining “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” sarida ishlatgan. Olimning ta'kidlashicha, har qanday tirik organizm volyutsion taraqqiyoti davrida atrof-muhitga moslashib, o'ziga xos morfologik o'rsatkichlarga ega bo`ladi.



Test savollari

1. « Ekologiya» qanday fan ?

A. Atrof - muhit haqidagi fan

B. Havo, suv, tuproq o`simlik va jonzotlar olami;

D. Tabiat va tabiiy muhitlar to'g'risidagi fan;

E. Yashash joyi - makon haqidagi fan, ta'limot;

F. Odamlarning atrof - muhitga ta'sirini o`rganadigan fan


2. Yer sayyorasining asosiy hayotiy muhitlari nimalardan iborat?

A. Havo, suv, havvonlar va o'simliklar;

B. Havo, suv, o'simliklar va qazilma boyliklar;

D. Havo, suv, o'simligu-hayvonlar va Yer yuza qatlami;

E. Havo, o`simligu-hayvonlar, tog`u-tosh va tabiiy resurslar;

F. Tabiiy resurslar, atmosfera, gidrosfera va biosfera.


3.«Ekologiya» atamasinifanga ilk bor kim kiritgan?

A. Gekkel; B. Zyus; D. Vernadskiy; E. Abu Bakr Roziy; F. Forobiy.


4. Shifobaxsh o`sirnliklarning inson sog`lig`i uchun ahamiyati xususida

qaysi olim dunyoga mashhur asar yaratgan?

A. Beruniy; B. Vernadskiy; D. Bobur; E. Gekkel; F. Ibn Sino.


5. Shaharlar, sanoat va qishloq xo jaligi ekologiyalari umumiy tarzda qanday nomlarnadi?

A. Umumiy ekologiya; B. Mintagaviy ekologiya; D. Umumbashariy ekologiya; E. Biogeosenologiya; F. Muhandislik ekologiyasi.


6. Umumiy ekologiya qanday sohalarni o'ziga mujassamlagan?

A. Tadrijiy, mintaqaviy, shaharlar va sanoat ekologiyasini;

B. Biogeosenologiya, Umumbashariy va ijtimoiy ekologiyani;

D. inson, hamjamoalar, Populyatsiyalar va Autekologiya;

E. O`simliklar, hayvonlar, inson va sanoat ekologiyalarini;

F. Populyatsiyalar, biogeosenologiya, tadrijiy va autekologiya.


7.Atrof-muhirni ifloslantiradigan ishlab chiqarish chiqindilarini qaysi ekologiya sohasi o`lganadi ?

A. Shaharlar ekologiyasi; B. Muhandislik ekologiyasi;

D. Umumiy ekologiya; E. Umumbashariy ekologiya;

F. Sanoat ekologiyasi.










Yüklə 18,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə