Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl



O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirish va 
standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish 
KONTSEPTSIYASI 
 
O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni 
qabul qilinishi bilan (O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami, 2009 y., 17-
son, 211-modda) O’zbekiston iqtisodiyoti mahsulot, ishlar, xizmatlarga talablar 
o’rnatishning xalqaro amaliyotga yaqin bo’lgan mutlaqo yangi tizimiga o’tmoqda. Qonun, 
majburiy talablarni o’rnatish, qo’llash va bajarish sohasida, shuningdek mahsulot hayotiy 
stiklining barcha bosqichlarida talablarni ixtiyoriy asosda o’rnatish va qo’llash sohasida 
huquqiy munosabatlarni o’rnatadi. 
Qonun qoidalarining amalga oshirilishi xavfsizlik darajasini ma’muriy aralashuvning 
minimal holatida ta’minlaydi va bozorda xavfli hamda soxtalashtirilgan mahsulot paydo 
bo’lishining oldini olishga, shuningdek xalqaro savdodagi texnik to’siqlarni kamaytirishga 
zamin yaratadi. 
«Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risidagi» Qonun orqali O’zbekistonda joriy 
etilgan texnik jihatdan tartibga solish – tizimli yondashuv, yani - 
texnik jihatdan tartibga 
solish davlat tizimini
ishlab chiqish va ishlashini ta’minlash yo’li bilan hal qilish mumkin 
bo’lgan murakkab ilmiy-texnik vazifadir (O’zbekiston Respublikasi «Texnik jihatdan 
tartibga solish to’g’risida»gi Qonunining 6 moddasi). 
1. O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirish 
 
1.1. Texnik jihatdan tartibga solish tizimining asosiy prinstiplari 
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinstiplari O’zbekiston Respublikasining 
«Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuniga binoan quyidagilar belgilangan: 
texnik reglamentlarni qo’llashning majburiyligi, chunki texnik reglament bir turdagi 
mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga majburiy talablarni o’rnatuvchi, texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi normativ hujjat hisoblanadi; 
texnik reglamentlarni qo’llashning bir xilligi, ya’ni texnik reglament O’zbekiston 
Respublikasining butun hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
qo’llaniladi; 
texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro 
normativ hujjatlarga muvofiqligi. Ta’rif bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
normativ hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- texnik reglamentlar; 
- standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlar; 
- sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari; 
- shahar qurilish, ekologik normalari va qoidalari; 
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar; 
- texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi 
to’g’risidagi axborotning ochiqligi. 
«O’zstandart» agentligiga yuridik va jismoniy shaxslarning so’rovlariga ko’ra: 
- amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to’g’risidagi 
ma’lumotlarni; 
- mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili to’g’risidagi 
ma’lumotlarni; 
- respublikaning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga 
a’zoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki to’g’risidagi ma’lumotlarni; 


- ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish topshirilgan. 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə