5 -6-sinfda qoshiq kuylash va musiqa savodi faoliyatlari



Yüklə 0,94 Mb.
tarix31.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#114689
5 -6-sinfda qoshiq kuylash va musiqa savodi faoliyatlari

  • Reja:
  • 1. Musiqa vositasida go’zallikni anglash.
  • 2. Musiqa darsida o’qituvchining so’z mahorati katta ahamiyatga ega.
  • 3. Ritmik darslarni juda erta yoshdan boshlash.
  • Musiqa darslari-ijtimoiy faol shaxsni, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning vositalaridan biridir. O’quvchi musiqa mashg’ulotlari orqali san’at olamiga kirib, musiqaning joziba kuchi, sir-asrorlarini egallaydi. Musiqa vositasida go’zallikni anglash unga o’z munosabatini bildirish o’unikmalarini rivojlantiradi. Bir so’z bilan aytganda musiqa mashg’ulotlarida o’quvchining ma’naviy kamolot tarbiyasi amalga oshiriladi.
  • Agar musiqa o’qitish metodikasini xususiy metodikalar oilasiga navqiron predmet ekanligi va unda metodlar borasida hali muammolar mavjudligini hisobga oladigan bo’lsak, maktabda mazkur fanning samaradorligini oshirishda uning optimal (qulay) metodlarini belgilash va ulardan darsda unumli foydalanish naqadar muhimligini tasavvur qilish qiyin emas. Bu ko’proq musiqa mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq.
  • Musiqa darslarida o’quvchi faoliyatini o’z-o’zidan faollashmaydi, albatta. U birinchi navbatda o’qituvchi tomonidan turli tanlangan metod bilan bog’liq. Ilmiy asosda tug’ri tanlangan metod bola shaxsini rivojlantirish va uni faollashtirishga asosiy o’rin egallaydi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar ta’lim metodlarini tanlashda juda ko’p qiyinchiliklarga duch keladilar. Ayrim o’qituvchilar ma’lum bir metodning rolini oshirib, ikkinchisini e’tibordan
  • chetda qoldirsalar, ba’zilari har bir metoddan bir shingil olishga urinadilar.
  • Musiqa darsida o’qituvchining so’z mahoratiga alohida talab quyiladi. U o’zining asar haqidagi badiiy kirish so’zi bilan o’quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa olamiga olib kiradi, qiziqarli hikoya va suhbati bilan bolalar diqqatini musiqa obrazlariga yo’naltiradi, asarni badiiy idrok etishlariga erishadi.
  • Bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishida raqs, musiqali o’yin hamda musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqiy faoliyatning bu turlari bolaning har tomonlama o’sishiga yordam beradi. Birinchidan, uning musiqiy o’quvi, ayniqsa ritm tuyg’usi, musiqa xotirasi yahshi rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi va taktlari ostida bajariladi.
  • Shu bois, musiqa o’qituvchisi milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qo’llash usullarini puxta bilishi bugungi davr talabidir. Raqs va musiqali harakatlar o’quvchilarning musiqiy-o’quv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir.
  • Davlat ta’lim standartlariga asosan, musiqa madaniyati o’quv fanining musiqa tinglash mazmuniga bo’lgan minimum talablar nazariy va amaliy faoliyat majmuasidan tashkil topib, o’quvchilarning musiqa tinglash bo’yicha quyidagi mezonga javob berishi lozim
  • Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bejizga “Agar mendan sizni nima qiynaydideb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman” - degan purma’no fikrlari yaqqol dalilidir. Shunday ekan, 20-asr boshlarida keng tarqalgan ritmika kelgan, shveytsariyalik taniqli musiqachi-o‘qituvchi, bastakor, pianinochi, dirijor, Jeneva konservatoriyasi professori Emil Jak – Dalkroze (1865 - 1950)tomonidan yaratilgan ritmika bolalar qobiyatini rivojlantirishda muhim ahamityat kasb etadi.
  • Ritmik darslarni juda erta yoshdan boshlash tavsiya etiladi. Bolalar harakatchan, ular musiqani harakat orqali yorqinroq va hissiyroq idrok etadilar, ularda yorqin va quvonchli his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bola erkin va oson harakatlardan, musiqaning tananing plastikligi bilan uyg‘unligidan katta mamnuniyat oladi, uning hayotiyligi ko‘tariladi. Ritm musiqa, uni idrok etish va hissiy munosabatga asoslanadi.
  • Musiqa tabiatining o‘zgarishi, ba'zi yangi soyalarning paydo bo‘lishi, bir xil xarakterdagi intonatsiyalar, harakatlar tabiatining o‘zgarishiga olib keladi.
  • Demak, musiqa bilan harakat, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish bolaning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega ekan. Musiqa, raqs va o’yinlar kichik yoshli bolalarga tez ta’sir etadi.
  • Bolalarning ritm tuyg’ulari musiqa bilan bajariladigan turli xil harakatlar- raqs, o’yin kabi turlicha ifodali harakatlar elementlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turini yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakat kompleksini yaratib ijro etishga katta ahamiyat berish lozim.
  • Bolalar musiqa cholg’u asboblarida chalish- boshlang’ich sinf o’quvchilari jamoaviy ijrochilik faoliyati turlaridan biridir.
  • O’quvchi-yoshlar musiqa madaniyatini tarbiyalashda musiqiy faoliyatlarning o’rni benihoya katta. Darslar jarayonida imkon qadar ko’proq musiqiy faoliyatlardan unumli foydalanish orqali bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin.
  • E’tiboringiz uchun raxmat!

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə