12-ma’ruza. Respublikada bozor infratuzilmasining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 41,11 Kb.
səhifə1/2
tarix27.04.2023
ölçüsü41,11 Kb.
#107120
  1   2
12-mavzu


12-MA’RUZA. RESPUBLIKADA BOZOR INFRATUZILMASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI


12.1.Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi va yo‘llari
Hozirgi kunda birorta ham mamlakatda sof bozor mavjud emas. Barcha mamlakatlarda iqtisodiyot ozmi-ko‘pmi tartibga solinadi. Agar iqtisodiyot davlat tomonidan tartibga solinmas ekan, ishlab chiqarish sohasida, albatta, inqiroz holatlari vujudga keladi. Hozirgi kunda rivojlangan bozor xo‘jaliklarida davlatning u yoki bu darajada iqtisodiyotga aralashuvi mavjud. Lekin barcha rivojlangan mamlakatlarda ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bir xil emas. Masalan, SHvetsiya, Finlyandiya kabi mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keng miqyosda bo‘lib, bu asosan ijtimoiy sohaga tegishli yangi ijtimoiy demokratizm siyosatidir. Angliya, Italiyada esa davlat iqtisodiyotga ham aralashadi.
Bozor iqtisodiyotining asosi tovar ishlab chiqaruvchilarning qay darajada erkinligi bilan belgilanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchilar mutlaqo erkin bo‘lishsa, bozor munosabatlari rivojlangan bo‘ladi va shu bilan birga inqirozga olib kelishi mumkin. Masalan, AqSHda qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga davlat uch xil usulda: qonun yo‘li bilan, ma’muriy yo‘l bilan, iqtisodiy yo‘l bilan aralashadi. SHuni ta’kidlash kerakki, agar iqtisodiyotni samarali iqtisodiyotga aylantirmoqchi bo‘lsak, bozor sharoitida ham uni tartibga solish albatta lozim bo‘ladi.
Ilg‘or mamlakatlar tajribasida qo‘llangan va bugungi kunda ham qo‘llanilayotgan bozor iqtisodiyotini tartibga solishning turli xil yo‘llari mavjud. SHuni ham aytish kerakki, bu mamlakatlarda qo‘llaniladigan usullar bizning sharoitga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Mazkur mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish ishlari ingliz iqtisodchisi J.Keyns tomonidan yaratilgan maxsus sikllarga qarshi siyosatdan boshlangan edi. Bu siyosatning negizi milliy pul daromadlarini yaratish uchun mo‘ljallanigan modeldir. Bu modelning kamchiligi shundaki, u real iqtisodiyot qonunlariga rioya qilmaydi. Davlat daromadini va xarajatini to‘g‘rilash, shuningdek soliq stavkasini o‘zgartirish bu siyosatning mohiyatini tashkil etadi. Soliiq stavkasini o‘zgartirib ehtiyojlarni kengaytirish va kamaytirishga erishish mumkin.
AqSHning atoqli olimi M. Fridmanning nazariyasi bo‘yicha davlat tomonidan iqtisodiy tartibga solish uchun pul massasining o‘sish sur’atlarini doimo bir maromda saqlash lozim. SHuningdek, hozirgi kunda bozor iqtnsodiyotini rivojlangan mamlakatlar soliqlar, kredit, valyuta siyosati, baholarni nazorat qilish, investitsion qonunchilik, rejalashtirish, dasturlashtirish va boshqa ma’muriy ta’sirlar orqali tartibga solmoqdalar.
Soliqlar orqali tartibga solish shunga asoslangan: birorta mahsulot ko‘proq ishlab chiqarilishi lozim bo‘lsa, shu mahsulot ishlab chiqaruvchilarga kamroq soliq solinadi, agar shu mahsulotni kamroq; ishlab chiqarish lozim bo‘lsa, ko‘proq soliq olinadi.
Kredit orqali esa ishlab chiqaruvchilarga kredit berish miqdorini kamaytirish yoki ko‘paytirish, foizini o‘zgartirish natijasida ta’sir ko‘rsatiladi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda baholar ayniqsa, katta o‘rin tutadi. Davlat tomonidan olib borilayotgan narx siyosatiga qarab maqbul ravishda iqtisodiyotni boshqarish mumkin.
Bundan tashqari hozirgi kunda ilg‘or mamlakatlarda iqtisodiyotni boshqarishda dasturlashtirish usulidan keng foydalanilmoqda. Bu erda shuni aytib o‘tish kerakki, iqtisodiyotni boshqarishda mulk shakllarining xilma-xilligi nihoyatda katta rol uynaydi. Masalan, AqSHda yaratilayotgan milliy mahsulotning 40 foizi, kapital qurilishning 25 foizi davlat sektoriga to‘g‘ri keladi va bozorning uzgarishiga qarab bu nisbat o‘zgartirib turiladi. SHuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bizning oldimizda to‘rgan muhim vazifalardan biri mulkning qancha qismini xususiylashtirishni oqilona darajada aniqlashdan iborat.
Hozirgi kunda barcha rivojlangan mamlakatlarda bozorni tartibga soluvchi vosita sifatida rejalashtirish va dasturlashtirishdan keng foydalanilmoqda. Biz ham bozor iqtisodiyotini tartibga solishda rejalashtirishdan muqobil ravishda foydalanishimiz lozim. CHunki bizda shu vaqtgacha ham rejalashtirnsh mavjud edi. Endi iqtisodiyotni tartibga solishda rejalashtirishning mohiyatini butunlay o‘zgartirish kuzda tutilmoqda, ya’ni direktiv (keskin, qat’i) rejalar o‘rninn indikativ (tavsiyaviy) rejalar egallashi mumkin. Buning ma’nosi shuki, endilikda markazlashgan qat’i rejalashtirish o‘rniga tavsiyaviy rejalar ishlab chiqiladi. Bu rejalar ishlab chiqarishni, iste’molni rivojlantirishning eng maqbul yo‘llarini o‘zida mujassamlashtiradi. Birinchi navbatda, shunday rejalar bir yil muddatga tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. Korxonalar xohlasa shu reja asosida ishini davom ettiradilar, agar xohlamasa, o‘zlari bilganicha ish yuritadi. Bu, albatta, xususiy sektordagi korxonalar uchun shunday bo‘ladi. Davlat korxonalari esa (davlat tomonidan) markazdan tuzilgan rejalar bo‘yicha ish yuritadi. Keyinchalik esa 10-15 yilga mo‘ljallangan tavsiyaviy rejalar ishlab chiqish ko‘zda tutilmoda.
SHunday qilib, biz xulosa qilishimiz mumkinki, bozor iqtisodiyotiga o‘tar ekanmiz, bozorni tartibga solish yo‘llarining eng maqbullarini tanlab olib, ishlab chiqarishni, bozorni tartibga solishda ulardan foydalanishimiz lozim.
12.2. Bozor munosabatlarining respublika iqtisodiy mustaqilligiga ta’siri
Boshqariladigan bozor iqtisodiyoti yuqori samarali mehnat unumdorligi yutuqlariga tayanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor mexanizmisiz yuqori samarali iqtisodiyot ham yo‘qdir.
Bozorga o‘tish davrida quyidagilarga katta e’tibor berish kerak: moliya holatini yaxshilash, sumning qadrsizlanishini kamaytirish, iste’mol bozorini balanslashtirish.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning boshlang‘ich davrida salbiy oqibatlardan qochib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarishning birmuncha pasayishi asosan «A» guruh mahsulotlari va sanoat qurilishida ko‘zga ko‘rinadi. Ishsizlar soni bir oz ortadi. Aholining moddiy ahvoli baholar oshishi natijasida yomonlashadi.
Faqat O‘zbekistonning o‘zida bozor munosabatlariga o‘tish bilan ishsizlar soni, hisob-kitoblarga qaraganda, 2-2,5 barobar ko‘payishi mumkin. Bu salbiy oqibatlarning oldini olish uchun esa ijtimoiy muhofaza mexanizmi zarur. Ijtimoiy muhofaza doirasiga asosan ishsizlar, mehnatga yaroqsiz kishilar, ko‘p bolali oinalar kiradi. Davlat bu toifa kishilarni ijtimoiy muhofaza qilishni ikki yo‘l orqali amalga oshirishi mumkin:

  1. Kam ta’minlangan kishilarning mehnati bilan ular o‘z moliyaviy ahvollarini birmuncha yaxshilashlari uchun sharoit yaratish;

  2. Nochor kishilar va oilalarni markazlashgan holda mablag‘ bilan ta’minlash.

Agar birinchi yo‘l rag‘batlantirishga asoslansa, ikkinchisi ijtimoiy kompensatsiya qilishga asoslangan. Bu o‘rinda asosiy masala ishsizlikni yo‘qotish muammosidir. O‘zbekiston aholisini ish bilan ta’minlashning oqilona yo‘llarini topish uchun avvalo faol tarkibiy siyosat o‘tkazish lozim. Buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish va yangi ish joylarini tashkil etish bilan chet davlatlar sarmoyalarini jalb qilish kerak.
12.3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturi va uning asosiy yo‘nalishlari
Bozorga munosabat har xil. Ba’zilar uni har qanday mushg‘ulotlardan quriladigan omil, zamonaviy, gullab-yashnovchi jamiyat qurish uchun birdan-bir imkoniyat, deb bilmoqdalar. Boshqalar o‘tish bosqichidagi turmush sharoitining yomonlashuvidan xavfsirab, bozorga shubha bilan qaramoqdalar. Uchinchi toifadagilar bu g‘oyani mutlaqo qabul etmayaptilar.
Mana shunday bir paytda hukumat favqulodda murakkab ish qilinishi lozimligini payqab turibdi. Bu vaziyat esa quyidagilarni taqozo etmoqda:
Birinchidan, bozorga o‘tishni ham, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishni ham ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ayni bir vaqtda amalga oshirish zarur. Avvalo, byudjetning kamomadini kamaytirish, pul muomalasini sog‘lomlashtirish, so‘mning obro‘-e’tiborini va harid qobiliyatini mustahkamlash, iste’mol bozorini mo‘l-ko‘l ta’minlash vazifalarini alohida ajratib olish talab etiladi.
Ikkinchidan, voqea va hodisalarga aniq qarash, muhokama qilinganda iqtisodiy turmushni bir kun to‘xtatib bo‘lmasligini unutmaslik lozim. Poezd va samolyotlarning qatnovida, metall quyishda, kimyo korxonalarida, chorvachilik sohasida va novvoyxonalarning ishida o‘zilishlar bo‘lmasligi zarur. Buning oldini olish uchun bozor munosabatlarini rivojlantirish bilan birga, qanday qilib bo‘lmasin, xo‘jalik aloqalarini saqlab qolish hamda bu aloqalarning uzilishiga yo‘l quymaslik lozim.
Uchinchidan, siyosiy barqarorlikka, qonunni va huquq tartibotini hurmat qilishga, ijrochilik intizomiga qattiq rioya etilishiga erishmoq kerak. qonunga amal qilmay qo‘ygan mamlakat muqarrar ravishda o‘zaro ko‘rashuvchan guruhlarning olishuv maydoni bo‘lib qoladi, unda poraxo‘r unsurlarnnng ta’siri kuchayadi, buzg‘unchilik jarayonlari boshqaruv tizimiga tobora ko‘proq to‘sqinlik qiladi.
Iqtisodiy islohotlarning mohiyatini chuqurroq idrok etish, ularning hayotiy zarurligini aniq va ravshan anglab etish lozim. Respublikadagi har bir rahbar, xodim, ilg‘or fikrlovchi kishi islohotlar g‘oyasi bilan yashashi kerak. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy dasturining eng asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiy dasto‘rning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu prinsipga muvofiq bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish kerak. Avvalambor, o‘zini oqlamagan ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv prinsiplaridan, o‘ta markazlashtirilgan taqsimlash tizimidan, shakllangan tyokischilik va boqimandalik kayfiyatidan qat’iyan voz kechish lozim;

  • bozor munosabatlariga o‘tish insonning njodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yuqolib ketgan egalik tuyg‘usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikaning g‘oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi.

Bu borada bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyoti oldida to‘rgan eng muhim masalalar quyidagilardan iborat:
— davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo‘li, yangi paydo bo‘layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va aholiga xizmat ko‘rsatayotgan xususiy, aksionerlik, jamoa va boshqa korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan aralash, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirish;
—narx-navolarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish, monopoliyaga qarshi qattiq siyosat o‘tkazish, davlat korxonalarining faoliyatini tijoratlashtirish hisobiga raqobat muhitini vujudga keltirish;
—bevosita xo‘jalik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, ish kuchi va boshqa bozorlarni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bozor infratuzilmasini vujudga keltirish, bozor sharoitida ishlay oladigan kadrlar tayyorlash.
Iqtisodiy dasto‘rning strategik vazifasi — iqtisodiyotimizning tarkibini qayta qurishdir, ya’ni iqtisodiyotning bir yoqlama – xom ashyoga yo‘naltirilganligini qat’iyan bartaraf etish ichki siyosatning eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Strategik jihatdan o‘sishga erishmoq uchun ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish zarur. Haqiqatan ham bir necha o‘n yillar mobaynida respublika iqtisodiyoti markazdan boshqariladigan yagona xalq xo‘jalik majmuining tarkibiy qismi edi. Markaz qabul qiladigan ko‘pgina qarorlar O‘zbekistonning manfaatlaridan yiroq edi. Xullas, chor imperiyasi davridagidek, respublika xom ashyo uchun strategik baza edi. U tayyor mahsulot sotiladigan qulay bozorga aylanib qolgandi. Respublika o‘lkan tabiiy boyliklaridan foydalanilgan holda daromadlar uning hududidan olisda qolib ketardi.
SHuning uchun respublika iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar, avvalo, quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilishi lozim;
— qishloq xo‘jalik xom ashyosi va mineral resurslarni chuqurroq qayta ishlashni, ularni tayyor mahsulot darajasiga etqazish, qishloq xo‘jalik resurslarini qayta ishlashga alohida ahamiyat berish kerak. YAngi qayta ishlov quvvatlarini yaratish, keng miqyoslarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, trikotaj, to‘qimachilik, tikuvchilik sanoatini, sermehnat tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor buyumlarning xillarini ko‘paytirish, ularni tashib keltirishni kamaytirish va eksportni oshirish;
— paxta tozalash va qayta ishlash sanoatidan iborat bo‘lgan xalq xo‘jaligi mavjud tarkibining istiqboli yo‘q. SHuning uchun asosiy vazifa ilm-fanga asoslangan, texnik jihatdan murakkab tayyor mahsulot ulushini ko‘paytirish va uning raqobat qobiliyatini ta’minlash, aqliy salohiyat negizida yuksak texnikaga ega bo‘lgan korxonalarni vujudga keltirish;
— ilg‘or texnologiyalarga, zamonaviy ishlab chiqarish tarkibiga o‘tishni ta’minlash, mineral resurslarni kompleks qayta ishlovchi o‘zaro bog‘liq tarmoqlar tizimini shakllantirish.



Yüklə 41,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə