13-seminar: O’qituvchi psixologiyasi Reja



Yüklə 32,28 Kb.
tarix20.04.2023
ölçüsü32,28 Kb.
#106486
6-sem MI


13-seminar: O’qituvchi psixologiyasi
Reja:
1. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o’rni.
2. Pedagogik muloqot va uning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Pedagogning o‘z-o‘ziga talab qo‘yishi muammosi.
4. O’qituvchining kasbiy moslashish muammosi.
Jamiyatning o’qituvchilik kasbiga qo’yadigan talablari quyidagi chadir:
- shaxsni ma`naviy va ma`rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg’onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o’z Vatani, tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati;
- keng bilim saviyasiga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi;
- yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo’lishi;
- o’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi;
- ta`lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o’z ishiga ijodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta`limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lishi;
- o’qituvchining o’z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir o’qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo’lishga intilish kerak.
Topshiriq.
O’qituvchining shaxsiy va kasbiy psixologik sifatlarini Ven diagrammasida yoritish
14-seminar: Pedagogik qobiliyatlar
Reja:
1. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.
2. Pedagogik qobiliyatlar: didaktik qobiliyatlar, akademik qobiliyatlar, perseptiv qobiliyatlar, nutq qobiliyatlar, tashkilotchilik qobiliyatlar, avtoritar qobiliyatlar, kommunikativ qobiliyatlar, pedagogik xayol, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
Pedagogik qobiliyat — bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi. Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Didaktik qobiliyatlar.
Akademik qobiliyatlar.
Perseptiv qobiliyatlar.
Nutq qobiliyati
Tashkilotchilik qobiliyati
Avtoritar qobiliyat
Kommunikativ qobiliyatlar.
Pedagogik xayol.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati



15-seminar: Pedagogik faoliyatning psixologik asoslari.
Reja:
1. Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari,,
2. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va uning ahamiyati,
3. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar.
4. O’qituvchining kasbiga xos sifatlari va xislatlari.
5. O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar

Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:


I — (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;
II — (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.
III — (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi.
IV — (yuqori) o‘quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi.
V — (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va 0 ‘quvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l-yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o‘quvchi ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.


Yüklə 32,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə