14-Amaliyot.Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish. 1,2-detal ish
chizmasini bajarish.
Reja
1.
Yig’ish chizmalarini detallarga
ajratish tartibi
2.
Yig’ish chizmalarini o’qishda tavsiyalar
3.
Yig’ish chizmalarini detallarga ajratishga doir topshiriqlar
Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish tartibi
Yig’ish chizmalari bo’yicha har bir detalning ish chizmasini bajarish detallarga
ajratish deyiladi.
Buyumning yig’ish chizmasi tarkibiga kiruvchi detallarning (standart
detallardan tashqari) ish chizmasi
GOST 2109-96
ga asosan, tuziladi.
Yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizishdan oldin chizmani o’qish, uni
tushunish, yig’ish chizmasida tasvirlangan buyumga
kiruvchi tarkibiy qismlar
aniqlanadi.
Yig’ish chizmalarini quyidagi tartibda o’qish tavsiya etiladi:
-Chizmaning asosiy yozuvidan buyumning nomi,
masshtabi va loyihalovchi
tashkilotning nomi, hamda buyumning ishlash prinsipi aniqlanadi.
-Yig’ish chizmasining asosiy va qo’shimcha tasvirlari, ko’rinishlari qirqim va
kesimlari, qanday ashyodan tayyorlanganligi aniqlanadi.
-Chizmaning spetsifikatsiyasi bilan tanishib chiqiladi. Spetsifikatsiyadan
foydalanib har bir detalning shakli tahlil qilinadi.
-Buyumni tashkil etuvchi barcha detallarning bir-biri
bilan birikish xarakteri
(ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar va ularning tarkibiga kiruvchi
mahkamlovchi detallar) aniqlanadi.
-Chizmada berilgan boshqa ma’lumotlar (o’lchamlar,
texnikaviy talab va shu
kabilar) aniqlanadi.
Yig’ish chizmasini o’qib bo’lgandan so’ng uni detallarga ajratishga kirishiladi.
Buyumning yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizishni quyidagi tartibda
bajarish tavsiya etiladi:
-Ish chizmasi chiziladigan detallar soni aniqlanadi.
-Chizmaning
masshtabi, listning formati belgilanadi. List detallarning
murakkabligi va soniga qarab formatlarga bo’linadi,
asosiy yozuvlar uchun joy
ajratiladi.
-Har bir detalning asosiy va yordamchi ko’rinishlari soni, zarur qirqim va
kesimlari aniqlanadi.
-Har bir detal uchun ajratilgan formatda uning ish chizmasi chiziladi; asosiy va
yordamchi ko’rinishlar, qirqim va kesimlar belgilanadi. Chizmaning o’lchamlari,
g’adir-budirliklari va o’tkazishlar qo’yiladi.
-Chizmaning har bir formatida mazkur detalga tegishli bo’lgan
asosiy yozuv
yoziladi. So’ngra barcha chizmalarga tegishli bo’Igan asosiy yozuv yoziladi.
Yig’ish chizmasi masshtabi ikki xil usul bilan aniqlanishi mumkin. Yig’ish
chizmasi detallarining ish chizmasini chizishda shu usullarning biridan
foydalaniladi.