17- ma’ruza: C++ tilining leksik asoslari Reja: C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. C++tili alfaviti va leksemalar



Yüklə 15,67 Kb.
səhifə1/2
tarix03.07.2022
ölçüsü15,67 Kb.
#90307
  1   2
17-ma\'ruza


17- Ma’ruza: C++ tilining leksik asoslari
Reja:
1. C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi.
2. C++tili alfaviti va leksemalar.
3. Identifikatorlar va kalit so’zlar.

Tayanch iboralar: Kompilyatsiya, fayl kengaytmasi, direktevalar, leksemalar, izohlar, oqimli o’qish va yozish funksiyalari, til alfaviti, identifikatorlar, kalit so’zlar.




C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi:[C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo‘ladi. Keyingi bosqichda programma matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bo‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‘uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl programma hosil bo‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil bo‘ladi.
Kompilyatsiya jarayonining o‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo‘yicha ko‘rsatilgan kutubxonalardan C++ tilida yozilgan modullarni programma tarkibiga kiritadi. Shundan so‘ng kengaytirilgan programma matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o‘zi ham programma bo‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lib, C++ tilida yozilgan programma matni hisoblanadi. Kompilyator programma matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi ('─'), '\t' - tabulyatsiya belgisi, '\n'- keyingi qatorga o‘tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar (kommentariylar) kiradi.
Programma matni tushunarli bo‘lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «o‘tkazib» yuboriladi va ular programma amal qilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
C++ tilida izohlar ikki ko‘rinishda yozilishi mumkin.
Birinchisida "/*" dan boshlanib, "*/" belgalari bilan tugagan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u "//" belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo‘ladi. Izohning birinchi ko‘rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bo‘lishi va ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin.
Misol.
int main()
{
// bu qator izoh hisoblanadi
Int a=0; //int d;
Int c;
/* int b=15 */
/*- izoh boshlanishi
a=c;
izoh tugashi */
return 0;
}
Programmada d, b o‘zgaruvchilar e’lonlari inobatga olinmaydi va a=c amali bajarilmaydi.
Quyida C++ tilidagi sodda programma matni keltirilgan.
# include // sarlavha faylni qo‘shish
int main () // bosh funksiya tavsifi
{ // blok boshlanishi
cout << “Salom Olam! “\n”; // satrni chop etish
return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat
} // blok tugashi
Programma bajarilishi natijasida ekranga "Salom Olam!" satri chop etiladi.
Programmaning 1-satrida #inc1ude.. preprotsessor direktivasi bo‘lib, programma kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h » sarlavha faylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda programmaning yagona, asosiy funksiyasi -main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ programmasida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va programma shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.
Programma tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan:
cout « ;
Bu yerda sifatida o‘zgaruvchi yoki sintaksisi to‘g‘ri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin (keyinchalik, burchak qavs ichiga olingan o‘zbekcha satr ostini til tarkibiga kirmaydigan tushuncha deb qabul qilish kerak).
Masalan:
Int uzg=324;
Cout<Berilganlarni standart oqimdan (odatda klaviaturadan) o‘qish quyidagi formatda amalga oshiriladi:
cin>> ;
Bu yerda qiymat qabul qiluvchi o‘zgaruvchining nomi.
Misol:
int Yosh;
cout <<”Yoshingizni kiriting_”;
cin>>Yosh;
Butun turdagi Yosh o‘zgaruvchisi kiritilgan qiymatni o‘zlashtiradi. Kiritilgan qiymatni o‘zgaruvchi turiga mos kelishini tekshirish mas’uliyati programma tuzuvchisining zimmasiga yuklanadi.
Bir paytning o‘zida probel () vositasida bir nechta va har xil turdagi qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish tugmasini bosish bilan tugaydi. Agar kiritilgan qiymatlar soni o‘zgaruvchilar sonidan ko‘p bo‘lsa, «ortiqcha» qiymatlar bufer xotirada saqlanib qoladi.
# include
int main ()
{
int x,y;
float z;
cin>>x>>y>>z;
cout << “O’qilgan qiymatlar \n”;
cout<return 0;
}
O‘zgaruvchilarga qiymat kiritish uchun klaviatura orqali
10 20 3.14
harakati amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, oqimga qiymat kiritishda probel ajratuvchi hisoblanadi. Haqiqiy sonning butun va kasr qismlari ' . ' belgisi bilan ajratiladi.

Yüklə 15,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə