1.«Yaksart» atamasining izohi qaysi javobda to’g’ri berilgan?



Yüklə 6,11 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü6,11 Kb.
#143841
ozb tarix 6.7


1.«Yaksart» atamasining izohi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) Amudaryoning qadimgi nomi; B) Sirdaryoning qadimgi nomi;
C) Zarafshonning qadimgi nomi; D) Orol dengizining qadimgi nomi;
2. Quyidagi ma’lumot qaysi manbadan olinganligini aniqlang. « … Buyuk shohimizni aldab, ko’p sonli qo’shinni bu suvsiz sahroga boshlab kelishga seni nima majbur qildi? Bu yerlarda qush uchsa – qanoti, odam yursa – oyog’i kuyadi… ».
A) Doro I ning Behustun bitiklari; B) Poliyenning «Shiroq afsonasi»;
C) Geradotning «Tarix» asari; D) Doro I ning Suzadagi saroy qurilishi hikoyasi;
3. Salavkiylar davrida yurtimizning qaysi shaharlari madaniyat markazlariga aylangan edi?
1) Zariasp; 2) Aleksandriya Esxata; 3) Marg’iyona Antioxiysi; 4) Kurushkat; 5) Maroqanda; 6) Ershi;
A) 2-4-5 B) 2-4-6 C) 1-3-5 D) 1-2-5
4. Quyidagi shaxslarga tegishli ma’lumotlar bilan moslashtiring.
1) Dadarshish; 2) Shiroq; 3) Frada; 4) Ashshurbanapal;
a) uning faoliyatida natijasida forslarning yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi; b) Uni yurishlarda Ahuramazda qo’llagan; c) Old Osiyodagi sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil etgan; d) mil.avv. VI asrda Marg’iyonada ko’tarilgan qo’zg’olon rahbari edi;
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
5. Qaysi javobda ma’lumotlar to’g’ri berilmagan?
A) Bronza davri – Zamonbobo manzilgohi – Qorako’l tumani; B) Bronza davri – Jarqo’ton manzilgohi – Buxoro viloyati; C) Mezolit davri – Machay manzilgohi – Surxondaryo viloyati; D) So’nggi poleolit davri – Ko’lbuloq manzilgohi – Toshkent viloyati
6. Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri berilgan?
A) O’rta tosh davri – Ko’lbuloq manzilgohi; B) Ilk poleolit – Selengur manzilgohi;
C) O’rta qadimgi tosh davri – Selengur manzilgohi; D) Bronza davri – Tutanxamon maqbarasi;
7. Quyidagilardan qaysi birining xronologiyasi muvofiq keladi?
A) mil.avv. VII asr – Frada qo’zg’oloni; B) mil.avv. IV asr – Dadarshish hukmronligi davri;
C) mil.avv. IV asr – Diogen yashab o’tgan davr; D) mil.avv. II asr – Arrian yashab o’tgan davr;
8. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o’rniga mantiqan mos keluvchi javobni aniqlang. Aleksandrning Sharqqa yurishi davomida bosib olingan hududlar:
1) Kichik Osiyo; 2) Suriya; 3) ……
A) Sin; B) Chjou; C) Misr; D) Yunoniston;
9. Quyidagi hukmdorlardan mil.avv. IV asrda vafot etganlarini aniqlang.
1) Makedoniyalik Aleksandr; 2) Salavk; 3) Demetriy; 4) Spitaman;
A) 1-3 B) 1-2 C) 1-4 D) 2-3
Yüklə 6,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə