2-amaliy mashgʻulot. Hujjat turlari va xususiyatlari. Tashkiliy va farmoyish hujjatlari



Yüklə 438,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü438,65 Kb.
#151391
2-amaliy mashg`ulot



2-AMALIY MASHGʻULOT. HUJJAT TURLARI VA 
XUSUSIYATLARI. TASHKILIY VA FARMOYISH HUJJATLARI 
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, koʻrsatma, 
farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot 
faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. 
Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv 
organiga uning oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini 
beradi. 
Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi boʻyicha yuqoridan quyiga: 
boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy 
tuzilmalar va xodimlarga yoʻllanadigan qarorlarni oʻz ichiga oladi. Buyruq – 
muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida 
qoʻllanadigan hujjat boʻlib, muassasa rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi 
muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi mavjud: asosiy faoliyatga 
oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar 
ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning 
boʻlimlari faoliyatini tartibga solishda qoʻllanadi. Ularda, odatda, yuqori 
tashkilotlardan kelgan koʻrsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi 
yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati 
tayinlanadi. 
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib 
topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar 
koʻrsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi 
yoziladi).
 
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar 
biror xodim ishga qabul 
qilinganda yoki boʻshatilganda, boshqa boʻlimga oʻtkazilganda, shuningdek 
muayyan xodimga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralari 
qoʻllanganda, xodimga mehnat ta’tili berilganda va shu kabi hollarda beriladi. 
Bunday buyruqlarga tarkibiy tuzilma rahbarining taqdimnomasi, shaxsiy ariza 
hamda bildirgilar, xizmat tekshiruvi xulosalari va shu kabilar asos boʻladi. 
Farmoyish
- boshliq, uning oʻrinbosarlari tomonidan amaliy masalalar 
yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati 
cheklangan boʻlib, biror-bir boʻlim, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga 
taalluqli boʻladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib 
topadi, faqat uning asos qismida “BUYURAMAN” soʻzi oʻrniga “ТALAB 
QILAMAN”, “ТAVSIYA QILAMAN”, “RUХSAТ BERAMAN” kabi iboralar 
ishlatiladi. Koʻrsatma 
– 
idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek 
buyruqlar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogʻliq tashkiliy 


masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Koʻrsatmalarga birinchi rahbar, 
ularning oʻrinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Koʻrsatma muassasaning xos ish 
qogʻoziga bosiladi. U ham buyruq kabi odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) 
va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. 
Ma’lumot-axborot hujjatlari muayyan qarorlarni qabul qilishga undaydigan 
ma’lumotlarni yetkazadi. Ma’lumot-axborot hujjatlari idoraviy hujjatlarning katta 
guruhini tashkil qiladi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida 
quyidan yuqoriga: xodimdan boʻlim rahbariga, boʻlim rahbaridan muassasa 
rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi. Ma’lumot-
axborot 
hujjatlariga 
ariza, 
bayonnoma, 
bildirgi, 
dalolatnoma, 
e’lon, 
faksogramma,hisobot, ishonchnoma, ma’lumotnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, 
tavsifnoma, tavsiyanoma, tushuntirish xati ba boshqalar kiradi. 
Tarjimayi hol
– ma’lum bir shaxs tomonidan oʻz shaxsiy hayoti va faoliyati 
bayon qilingan hujjat. Tarjimayi hol bir xil andozada yozilishi shart emas. U muallif 
tomonidan mustaqil, erkin (ixtiyoriy) shaklda tuzilsa-da, biroq unda ayrim 
rekvizitlarning boʻlishi shart. Hujjat matni “men” soʻzi bilan boshlanadi. Tarjimayi 
holda oʻtgan va hozirgi zamon fe’llari ishlatiladi.Unda dastlab 
Tarjimayi hol
deb 
yoziladi, keyin muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi toʻliq koʻrsatiladi, 
tugʻilgan yili, kuni, oyi va joyi ham aniq yoziladi. Ota-onalar haqida qisqacha 
ma’lumot beriladi. Shundan soʻng qayerlarda, nima ishlar qilinganligi toʻgʻrisida 
batafsil, yilma-yil yoziladi, oilaviy ahvoli va turar joyi haqida ma’lumot beriladi. 
Oxirida yozilgan sana koʻrsatilib, imzo chekiladi. 

Yüklə 438,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə