2. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash. Virtual olam tahdidlari. Internet muammosi. Kibermakon va din



Yüklə 33,74 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü33,74 Kb.
#102641
28-29-30...-мавзу маруза матни


28-29-30-MAVZU DINIY MUTAASSIBLIK VA DINDORLIK
Reja:
1. Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaksion mohiyati.
2. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash.
3. Virtual olam tahdidlari. Internet muammosi. Kibermakon va din.
4. Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlarga qarshi kurash.
5. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy va tashkiliy asoslari. O‘zbekiston rahbariyatining bu boradagi tashabbuslari va ularning xalqaro xamjamiyat tomonidan e'tirof etilishi.

1. Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaksion mohiyati.


Mutaassiblik – o‘z g‘oyasini «to‘g‘ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
Aqidaparastlik (arab. – “ishonch” so‘zidan olingan) – biron g‘oya yoki tamoyilni mutlaqlashtirib konkret ob'ektiv sharoitni hisobga olmagan holda ko‘r-ko‘rona qo‘llash buni ijtimoiy hayotning istagan sohasidan topish mumkin. Keyingi davrlarda diniy aqidaparastlik faollashib ketdi. Barcha dinlarda shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan e'tiqod qilish lozim bo‘lgan fikrlar – aqidalarni mutlaqlashtirib ularni saqlab qolishga, tiklashga urinishlar kuchaydi.
Ekstremizm (lot, extremus – “ashaddiy”) — siyosatda ashaddiy qarash va choralarga moyillik. Ekstremizmni vujudga keltiradigan omillar ko‘p va xilmaxil. Ular orasida bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish davrida yuz beradigan ijtimoiy tuzilmalarning buzilishi, aholi katta guruhlarining qashshoqlaShuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tanglik kabi omillarni ko‘rsatish mumkin. Bu omillar aholi turmush sharoitlarining yomonlaShuviga olib keladi. Davlat hokimiyatining zaiflaShuvi, davlat organlarining obro‘sizlanishi, ijro intizomining pasayib ketishi, qadriyatlar tizimining emirilishi, aksil ijtimoiy kayfiyat va harakatlarning kuchayib borishi ham ekstremizmni vujudga keltiradigan sabablardan hisoblanadi. Ekstremizm aholining siyosiy va ijtimoiy kayfiyatidan mavjud ijtimoiy tuzilmalarni vayron qilish maqsadida foydalanadi. Ekstremistik tashkilotlar Konstitutsiya va boshqa qonuniy hujjatlarga zid tarzda faoliyat yuritadi. Shu ma'noda, ekstremizm — huquqiy nigilizmning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
XX asrning 80-90 - yillarida siyosiy ekstremizmning namoyon bo‘lish ko‘lami kengaydi. Bu davrda odamlarni garovga olish, siyosiy qotilliklar, siyosiy partiyalar a'zolariga qurolli hujumlar uyushtirish, anarxistik, shovinistik va neofashist guruhlarning faollaShuvi kuzatildi. Ekstremizm siyo­siy, psixologik, maishiy va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Siyosiy ekstremizmning ashaddiy ko‘rinishi — terrorizmdir. Ekstremistlar odamlarga qiyinchiliklarni tezda bartaraf qilish, tartibni kafolatlash, ijtimoiy ta'minotni yaxshilash singari va'dalar beradi. Siyosiy ekstremizm "so‘l" va "o‘ng" ko‘rinishlarga ega. So‘l ekstre­mistlar marksizm, leninizm, sul radika­lizm, anarxizm va Shu kabilar, mafkuralar bayrog‘i ostida harakat qiladi. So‘l ekstremizmga misol tariqasida Italiyadagi "Qizil brigadalar", Kampuchiyadagi polpotchilar, Rossiya Federatsiyasidagi e. Limonov boshchilik qilayotgan natsional bolsheviklar, singari oqimlarni keltirish mumkin. O‘ng ekstremistlar aksilkommunizm, avtori­tarizm, millatchilik va shovinizm ruhida harakat qiladi. O‘ng ekstremistlar qator xalqaro tashkilotlar — Evropa ishchi partiyasi, Evropa o‘ng kuchlari, Qora In­ternatsional, Frantsiyadagi "Milliy front" kabilarga birlashgan. O‘ng va so‘l ekstremistlar olib borayogan faoliyat vakillik demokratiyasi manfaatlariga ziddir. Shuning uchun ham G‘arb siyosatShunosligida "YAgona ekstremizm", "Ikki ekstremizm" va "Uch ekstremizm" konpeptsiyalari mavjud. "YAgona ekstremizm" kontseptsiyasi kommunistik va fashistik diktaturalarning mavjudligidan kelib chiqadi. "Uch ekstremizm" kontseptsiyasiga ko‘ra, fashizm – tsengristlar ekstremizmi, kommunizm – sullar ekstremizm, gollizm esa – o‘nglar ekstremizmidir. Portugaliyadagi Salazar rejimi o‘nglar rejimi hisoblanadi. Diniy asoslarda vujudga kelgan ekstremistik guruh va oqimlar G‘arbda ham, Sharqda ham mavjud. O‘rta Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda "Hizb ut-tahrir", «Akromiya», «Nurchilar» singari diniy ekstremistik oqimlar vakillari qonunga zid holda faoliyat olib borishga urinmoqda.
Diniy ekstremizm (ekstremizm – “o‘ta” degani) – xavfsizligimizga tahdid soluvchi tashqi omillardan biri bo‘lib, u barcha diniy tashkilotlarda faqat o‘zi sig‘inadigan dinni to‘g‘ri deb, boshqa har qanday dunyoqarashning to‘g‘riligini inkor etuvchi (keskin choralar va harakatlar tarafdorlari bo‘lgan), o‘ta fanatik (mutaassib) dindor yoki dindorlarning faoliyati tuShuniladi.
Diniy fundamentalizm (lotincha – “asos” degani) – barcha dinlarda o‘z ilohiy yozuvlarini ishonch uchun asos sifatida “so‘zsiz” qabul qilib, ushbu dinlar paydo bo‘la boshlagan dastlabki fundamental g‘oyalarga qaytish, me'yorlar va tamoyillarga asoslangan davlat barpo qilish, diniy aqidalarni har qanday yo‘llar bilan joriy qilishga urinishdir.
Islom fundamentalizmi – Qur'on va hadislarga so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi oqim. Islom fundamentalizmi vakillari islomning fundamental (asosiy) tamoyillari jamiyatning taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, deb hisoblaydilar va faqat ularga amal qilishga da'vat etadi. Keyingi paytlarda mutaassib musulmonlar “fundamentalistlar” deb atalmoqda.
Terrorizm (lot, terror – “qo‘rquv”, “dahshat”) — yuksak ma'naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o‘ldirish, ijtimoiy ob'ektlarni portlatish, xalqni qo‘rquv va vahimaga solishga asoslangan zo‘ravonlik usulini anglatuvchi tushuncha. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorizmga xosdir. U siyosiy, iqtisodiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta'qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, bularning barchasi insonparvarlik g‘oyalari, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday niqob ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan, insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir. Terrorizmga hozirgi kunda aniq, hamma uchun tuShunarli va mukammal ta'sirif berish oson emas. CHunki u o‘ta murakkab fenomendir. Bundan tashqari, terrorchi kuchlarga bo‘lgan turlicha munosabat unga aniq ta'sirif berishni ham qiyinlashtirmoqda. Terror usullaridan konservativ, inqilobiy, diniy, millatchi ruhdagi kuchlar ham foydalanishi mumkin, lekin ularning asosiy mohiyati va maqsad-muddaolari siyosiy tusga egadir.
Terrorizmning umumiy jihatlari va asosiy ko‘rinishlarini o‘rganishda, avvalambor, uning ta'sirifini nisbiy bo‘lsa ham, aniqlashtirib olish kerak. Terrorizm muayyan guruhning ruxsat etilmagan holatda ongli ravishda kuch ishlatishidir. Bunda terrorchilar aniq, maqsadni ko‘zlaydi va o‘zini to‘la xaq deb biladi. Bundan Shu narsa aniq bo‘ladiki, terrorchilardagi mavjud kuch maqsadni amalga oshirishda ijtimoiy-siyosiy muhit bilan bevosita aloqadorlikda bo‘ladi. Shuning uchun biron-bir sababga asoslangan yovuz maqsad terrorizmga olib boradi. Terrorizm ko‘p holatlarda keng miqyosdagi harbiy kuchlar bilan aloqador bo‘ladi va bunday misollar tarixda bir necha bor kuzatilgan. Bundan tashqari, u ba'zi davlatlarning o‘zi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ikki xil shaklda kuch ishlatiladi: jazo berish organlari yoki harbiy kuchlar tomonidan. Bunda terror siyosiy maqsadlarni amalga oshirish yoki aniq bir rejimni joriy qilish uchun amalga oshiriladi.
«Terrorizm» tushunchasi hamisha terroristik harakatning tez sur'atda amalga oshirilishini bildiradi. Bunday hodisa siyo­siy, etnik, diniy va boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. G‘oyaviy terrorizm siyosiy etakchilar tomonidan yaratiladi. Bunga rasmiy tor doiradagi istisno qilingan ichki sabablar ko‘rsatiladi. Etnik terrorizm sub'ekti g‘oyaviy bo‘lmasdan, jamiyatning milliy va etnik jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Diniy terrorizm muayyan bir diniy sekta yoki guruh ta'limotining jamiyatda mutlaqlashtirilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Bunda ushbu g‘oya tarafdorlari boshqalar fikri va g‘oyalarini keskin tanqid ostiga olib, rad etadi va g‘oyaviy mafkuraviy parokandalikni keltirib chiqaradi. Diniy terrorizmning xatarli jihati u qo‘llaydigan amaliy choralarda ko‘rinadi. CHunki diniy terrorizm tarafdorlari aksariyat hollarda qo‘lida kurol va ba'zan harbiy guruhlarga tayanib harakat qiladi. Bugungi kunda yadroviy, biologik, bakteriologik qurollarning terrorchilar qo‘liga tushib qolishi ehtimoli eng katta xavfdir.
Hozirgi tahlikali zamonda kishilar boshiga mislsiz kulfat solayotgan va ularning hayoti, farzandlari, mol-mulkiga tahdid qilayotgan jinoiy terrorizm kundan-kunga kuchayib bormoqda va jahon hamjamiyatida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaydigan va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan bu terrorizm korruptsiya kabi katta jinoiy tizim bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Unda raqiblari yoki ularning yaqinlarini o‘ldirish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, mol-mulkini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. Buning yana bir tomoni - ba'­zan bu terror siyosiy, etnik, ba'zan esa diniy xarakter kasb etmokda. Mana Shunday vaziyatda terrorchilarning maqsadi hokimiyatni egallashga ham qaratilib, piramidasimon xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Individual terrorizmning sub'ekti, boshqa terrorizm harakatlaridan farqli o‘laroq, jamoa emas, yagona shaxsdir. Individual terror ham o‘ta xavfli kuch xisoblanadi, negaki u jamiyatning boshqa a'zolariga ta'sir qilishi va buning oqibatida terrorning ommaviy turlarini keltirib chiqarishi mumkin. U o‘z g‘oyalarini singdirish orqali boshqalarni ham jamiyatga qarshi qo‘yishi mumkin.
Keyingi yillarda hatto ommaviy axborot sohasida ham terrorizm elementlaridan foydalanilmoqda. Mu­ayyan mafkuraviy poligonlar tarqatayotgan axborotlardagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali uzluksiz namoyish etilayotgan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida yaratilgan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan viruslar tarqatish Shular jumlasidandir. O‘zining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlaydigan kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba'zi tajovuzkor ruhdagi rasmiy reaktsion siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi ham mumkin. CHorizm imperiyasining kolonial va shovinistik siyosati, sovet imperiyasining g‘oyaviy qatag‘onlari xalqimizga qarshi o‘ziga xos terror edi. Bugungi kunda ham mustaqil rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizga nisbatan g‘araz niyat bilan qarovchi yovuz kuchlar terrorizm yo‘li bilan taraqqiyot yo‘limizdan chalg‘itishga, bizni yana qaramlik va asoratga solishga urinmokda. Ular vatanfurush xoinlardan ham, terrorizmni kasb qilib olgan, buyurtma bo‘yicha qo‘poruvchilik va bosqinchilik bilan Shug‘ullanadigan yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmoqda. Bugun jahon hamjamiyati bu baloqazolarning echimini topish ustida bosh qotirmoqda. Terrorizmga qarshi kurash hozirgi davrda muhim vazifa, tinchlik va barqarorlikni saqlash omiliga aylandi.
2. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash.
Har qanday ekstremistik va terroristik faoliyatning moxiyati o‘zgalar ustidan xukmronlikka yoki mavjud siyosiy-mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy tartibotga qarshi zo‘ravonlik, daxshat solish, jismoniy kuch ishlatish orqali o‘zlarining g‘arazldi maqsadlariga erishishdan iboratdir. Shuning uchun ham ekstremizm va terrorizm butun jahon afkor ommasi, progressiv kuchlari tomonidan qoralanmoqda.
O‘zbekistonda ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib borilmoqda. YA'ni bu borada avvolo yoshlarning ongu tafakkurini yod g‘oyalardan saqlashga, yoshlarning chuqur diniy va dunyoviy bilim olishiga alohida e'tibor qaratmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2016 yil 18 oktyabrь kuni Islom hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida: «Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda: ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir»1, deb ta'kidladi.
XXI asr boshida insoniyat taqdiriga, uning taraqqiyotiga, ravnaqiga taxdid solayotgan xalqaro terrorizmga qarshi qanday kurash olib bormoq lozim?
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov ta'rifi bilan aytganda: “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaxolatga qarshi faqat ma'rifat bilan baxsga kirishish, olishish mumkin”. Terrorizm tom ma'noda jaxolatdir. Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan xalqaro terrorizm va uning har qanday ko‘rinishi kishilik jamiyatining o‘tmishida ham, bugunida ham butun xalqlar boshiga og‘ir kulfatlar yog‘dirmoqda. Har yili uning tajovizidan 100 mingdan ortiq begunox kishilar qurbon bo‘lmoqda, jamiyat rivojlanishi, ayrim davlatlar, mintaqalar va insoniyatssivilizatsiyasining taraqqiyotiga jiddiy taxdid solmoqda va mudxish oqibatlar keltirib, chiqarmoqda. Dunyo bo‘yicha qurol savdosining o‘sishi va tarqalishi ham ekstremizm va terrorizmning jaxon miqyosida keng ko‘lamda avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining Londonda taqdim etilgan ma'ruzalarga ko‘ra, jaxon miqyosida yiliga o‘rtacha 50 milliard dollordan ziyod miqdorda qurol-aslaxa sotilar ekan. Bunda albatta AQSH etakchilar eksportining deyarli 50 % Shu mamlakat xissasiga to‘g‘ri kelar ekan. Bu soxada ikkinchi o‘rinni Buyuk Britaniya, uchinchi o‘rinni Fransiya, to‘rtinchi o‘rinni Rossiya egallab turibdi.
Dunyo miqyosida xalvaro terrorizm avj olishining yana bir sababi, uni qo‘zg‘atuvchi omillardan biri narkobiznesdir. Narkobiznes xam xalqaro terrorizm bilan egizakdir, undan manfaatdordir va uni yuzaga keltiruvchi omillardan biridir. Terrorizmning amal qilgan tamoyili axoli o‘rtasida vaqti-vaqti bilan “qo‘rqinch instinktini” yuzaga keltirish va Shu asosda o‘zining g‘arazli maqsadlariga erishishdir. Qayd etilgan fikr va muloxazalardan kelib chiqqan quyidagi taklif va mulohazalarni bayon qilish lozimdir:
1. Terrorizmning ham qanday ko‘rinishi, u o‘zi oldiga qanday maqsadni qo‘ygan bo‘lmasin va qanday ijtimoiy-siyosiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lmasin, o‘zining tub moxiyati bilan buzg‘unchilik g‘oyasiga asoslanadi. Uning oqibatida begunox odamlar qurbon bo‘lishadi, xalqning mexnat bilan yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarining vayron qilinadi.
2. Xalqaro terrorizmning xar qanday ko‘rinishi insoniyat taqdiriga, uning taraqqiyoti va istiqboiga jiddiy xavf solayotgan taxdiddir. Unga qarshi kurashda xech bir inson chetda kolmasligi lozim.
3. Xalqaro terrorizmga karshi kurash, dunyo miqyosida tobora avj olayotgan kurol-yarog‘ savdosiga narkobiznesga karshi kurag yalpi vayron etuvchi kurollarni butunlay yo‘q qilish orqali xam amalga oshirilishi lozim. O‘t ochish qurollari savdosini xamda ommaviy va bakteriologik qurollarni ishlab chiqarayotgan mamlakatlarning siyosiy doiralari Shuni yaxshi inglamoqlari zarurki, o‘zlari yaratayotgan bunday qurollardan birinchi navbatda o‘zlari zarar ko‘rishlari mumkin.
4. Terrorizmga qarshi kurashning yana bir muhim yo‘li: “Xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bo‘lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug‘dirishni odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak”.
5. Terrorizmga qarshi kurash yo‘llaridan yana biri odamlarimiz avvalobor, yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasida yuqori minbardan turib: “Dunyoda terrorizm taxdidlari, ayniksa, sunggi yillarda kuchayib borayotgani ularga kdrshi, asosan, kuch ishlatish yuli bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.
Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir”2 deb, ta'kidlagan edi.
6. Terrorchilik xarakatlari oqibatida aynan olingan u yoki bu davlatga etkazilgan ma'naviy va moddiy talovotlar sanog‘ining adog‘iga etib bo‘lmaydi. Moddiy talofatlarku mayli, vaqti-soati kelib, ularning o‘rni koplanar, vayron etilgan imoratlar joyida, extimol, ulardan-da go‘zalroq va maxobatliroq binolar qad ko‘tarar. Biroq etkazilgan ma'naviy ziyonning aks sadosi asrlar osha o‘chmasligi muqarrar, bu zaxmatning izlari Xalqlar xotirasida abadul abad muxrlanib qolishi aniq. Ekstremizm va terrorchilik degan illat tag-tomiri bilan sug‘urib tashlangan esan, bunday achchiq qismat har bir inson yoki xalkning boshiga tushishi mumkinligini butun jaxon axli teran anglamoqda. Tarixning guvoxlik berishiga, ko‘pchilik tomonidan bir tan bo‘lib amalga oshirilgan tadbir, Shubxasiz haq ishdir va tabiiyki, har qanday qiyinchiliklaru to‘siqlarni engib o‘tib, provard natijada, albatta, zafar bilan yakunlanadi.
Shuni ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Milliy an'analarimizga mutlaqo yot bo‘lgan ekstremistik va terroristik g‘oyalarning jamiyatimizga kirib kelishini bartaraf etuvchi qudratli vositalardan biri bu insonparvarlik, tinchliksevarlik, ma'rifatparvarlik, bunyodkorlik va Shuningdek, millik va diniy qadriyatlardir.
Islom diniga e'tiqod qiluvchi O‘rta Osiyo xalqlari asrlar osha boshqa din vakillari bilan axil yashab, olamShumul qashfiyotlar qilish va umumjaxon tamadduniga benazar xissa qo‘shish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Boshqacha aytganda, dinlararo bag‘rikenglik, uyg‘unlik bunyodkorlikning qudratli manbai ekanligini amalda isbotlab keldilar.
3. Virtual olam tahdidlari. Internet muammosi. Kibermakon va din.
Hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o‘rni tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan eng ko‘p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanar ekan.
YUrtimizda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal sur'atlar bilan kengayib bormoqda. So‘nggi o‘n yilda global tarmoqdan foydalanuvchilar o‘n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish, uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora ortib borishini ta'minlamoqda. Mamlakatimizda 2007 yilda internetdan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilari bilan qo‘shib hisoblaganda) bir millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil yakunida bu ko‘rsatkich o‘n ikki milliondan oshdi.
Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta'sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji yoshlarga g‘oyaviy ta'sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.
GloballaShuvning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lgani kabi, internet tarmog‘i ham Shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Albatta, global tarmoq – ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda jiddiy masalalar sirasiga kiradi. Xususan, ma'lumotlarda keltirilishicha, bugungi kunga kelib, internet tarmog‘ida ma'naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib etuvchi sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan.
Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan munosabatda bo‘lishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kishilarimizda, ayniqsa, yoshlarimizda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Internet (lot, inter - “aro” va net (work) - “tarmoq”) — 1) katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o‘zaro bog‘laydigan butun jahon kom­pyuter tizimi, butun dunyo bo‘ylab faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro axborot almaShuvining global kompyuter tarmog‘i; 2) turli-tuman masalalar va sohalar bo‘yicha ma'lumotlarni qamrab oladigan, uzoq, masofalardan turib aloqani amalga oshirish, elektron tijorat, masofaviy ta'lim, audio, video, tele, tasvir ayirboshlash va umuman, ko‘pdan-ko‘p yangilik va ma'lumotlarni jamlaydigan elekt­ron axborot vositasi va dasturini anglatuvchi tushuncha. Internetda geografik joy, zamon va makondan qat'i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik uning global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
Ma'lumki. 90-yillarning o‘rtalarida internet tarmog‘iga tijorat nuqtai nazaridan qaralmas edi. Ammo 1995 yilning oxirlarida YAhoo kompaniyasi birinchi bo‘lib internetda reklama targ‘ibotini boshlaydi va internet orqali daromad ko‘rish mumkinligini tuShunib etadi.
Zamonamiz yoshlarining 70 foizi o‘z qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritganda sport, do‘stlar bilan suhbatlashish, ma'naviy va madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo‘lgan qiziqishini birinchi o‘rinda tilga oladi. Nielsen/Net Ratings kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi ilmiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, butun dunyo tarmog‘iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, soat sayin oshmoqda: birgina 2007 yili Evropada yosh av­lod vakillarining uchdan bir qismi onlayn tizimidan foydalangani kuzatilgan. 2008 yili dunyo axborot tarmog‘ida 10 million yosh "sayr" qilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni allaqachon 13 milliondan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich kundan-kunga ko‘paymokda. Bunday onlayn hayotda yashaydigan yoshlarning katta qismi — 4,5 millioni Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi. Ular har kuni elektron manzillarini tekshiradi, turli xil saytlardan ma'lumot izlaydi va chat (global tarmoqdagi suhbatxona)lar orqali muloqotda bo‘lishadi. Germaniyada hozircha 3 million, Frantsiyada esa 1,5 million yosh vaqtini asosan onlayn tizimida o‘tkazadi. Bir yildan so‘ng bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshishi kutilmokda. yosh avlodning kompyuter savodxonligi yuqori, bugun hatto olti yashar bolalar ham blutus (bluetooth) va spam nimaligini kattalarga nisbatan yaxshi biladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri Kanadada o‘n etti yoshgacha bo‘lgan 6 ming bola o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, internetdan faqat axborot olish maqsadida foydalanilmas ekan. So‘rovda ishtirok etganlarning 99 foizi internetdan foydalanishini, ularning har o‘ntasidan sakkiz nafari uyda ulanish imkoniyatiga ega ekanini bildirgan. Kanada yoshla­rining yarmidan ko‘pi internet va kompyuter texnologiyalarini ota-onalaridan yaxshiroq bilishini aytgan. Ularning 80 foi­zi mustaqil ravishda internetga ulanishini, ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bo‘lgan filtrlash dasturini o‘rnatib qo‘ymagani va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan olishdi. Umuman olganda, aksariyat ota-onalar, aniqrog‘i, ularning 65 foi­zi farzandlari internetdan faqat uy vazifasini tayyorlash uchun foydalanadi, degan fikrda, yoshlar esa ilm olishni eng oxirgi o‘ringa qo‘yar ekan. Ular asosan internet orqali musiqa tinglaydi, elektron manzilni tekshiradi, xullas, vaktichog‘lik qiladi. yoshlarning uchdan ikki qismi internetga yangi dustlar orttirish va kim bilandir suhbatlashish maqsadida ulanadi, ularning 15 foizi bu munosabatlarni keyinchalik real hayotda davom ettirar ekan.
Kibermakon dunyo komp'yuter tarmoqlarining “virtual” umumiy majmui. Ushbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning “Neyromant” (“Neuromancer”) romanida qo‘llanilgan, hozir esa global axborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, “chatlar”, turli onlayn bahslar, komp'yuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda. Kibermakonda diniy jarayonlar ko‘rinishlari quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:muloqot, ma'lumot, ta'lim, tajriba, amaliyot, missionerlik, marketing, shifo va boshqalar.
Etakchi diniy tashkilotlar ham hozirgi kunda a'zolar va a'zo bo‘lmaganlar orasida komp'yuterlashtirilgan ma'lumot olishga ehtiyojning ortganini ta'kidlamoqda. Diniy ma'lumotlarni tarqatishda elektron diniy ma'lumot tarqatuvchi “bloggerlar” yoki “bloglar” komp'yuterlashtirilgan muloqotning muhim jihati hisoblanadi. Jadal suratlarda “podkastlar”, veb-saytdan MR3 pleer, “i-Pod”larga yuklanayotgan audiodasturlar, xususan, ma'ruzalar ommalashmoqda.
Avvallari tanqis, keng tarqalmagan muqaddas matnlar va undan keyingi o‘rinlarda turuvchi ma'lumotlar endilikda omma e'tiboridagina emas, balki istalgan kishi veb saytlardan yuklab ta'lim olish imkoniyati mavjud. Shu maqsadda diniy ma'lumotlarga chanqoqlar uchun maxsus veb saytlar dalillar, havolalar va resurslar bilan boyitilgan. Masalan, internetdan foydalanuvchi shaxs istalgan hajmdagi marosimlar shablonlarini yuklab olib, YOrubada bo‘lib o‘tayotgan Santeria yoki Kandombl diniy marosimlarida ishtirok etish mumkin. Ko‘pchilik bunday jarayonlarni ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan an'analarning dezagrigatsiyasi yoki bilimlarning demokratlashtirilgani deb qabul qiladilar. Boshqalar esa diniy faoliyatdagi uzilish va an'analarning yo‘qotilishi deb biladilar.
Kiberterrorizm (lot, cyber terrorism; cyber - “kiber”, terror – “qo‘rquv”, “dahshat”) – zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar, kompyuter va boshqa imkoniyatlardan foydalangan holda yovuz kishilarning o‘zining g‘araz niyatlariga erishishdan iborat.
Kiberterrorizm (kompyuter terrorizmi) ostida g‘arazli niyatda, siyosiy maqsadlarda amalga oshirilgan kompyuter tizimi va tarmog‘idagi axborotga qilingan hujum tuShunilib, u odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf paydo qilib, jamoatchilik tinchligini buzadi, aholini qo‘rqitib, harbiy nizo keltirib chiqarishga intiladi. Kiberterrorizm insoniyat uchun jiddiy xavf bo‘lib, uni yadro, bakteriologik va kimyoviy qurolga tenglashtirish mumkin. Hatto u o‘z yangiligi tufayli to‘la-to‘kis o‘rganib ulgurilmagan quroldir.
4. Global tarmoqdagi g‘oyaviy xurujlarga qarshi kurash.
Har bir davlat o‘z aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma'rifiy-ma'naviy ozuq bo‘ladigan axborotlar bilan ta'minlanishidan manfaatdordir. O‘zbekistonda ham o‘sib kelayotgan yosh av­lodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, ma­daniy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan, printsipial “axborot siyosati” shakllantirildi va hayotga joriy etilmoqda.
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axbo­rot bilan ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlar yara­tish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutub­xonalar tarmog‘ini tubdan takomillashti­rish edi.
Mazkur qarorda oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari hamda ko‘p sonli umumta'lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi.
Axbo­rot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
ta'lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholi­ning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda­langan holda muntazam ta'­lim olishi va mustaqil ra­vishda talim olishiga ko‘maklashish;
milliy ma'naviy-axlo­qiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘li­shini ta'minlash, ma'naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib be­rish;
yangi axborot texno­logiyalari (ma'lumotlar elektron bazalari, inter­net resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;
madaniy, ta'lim, axbo­rot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta'­lim muassasalari, mahal­liy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madani­yat markazlari bilan ham­korlikni rivojlantirish va hokazolar.
Respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana Shu maqsadga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‘oyaviy nuqtai nazardan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun printsiplariga to‘la muvofiq keladi.
Ta'lim-tarbiyaga oid milliy merosimizni o‘rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zikr etilgan uzluksiz ta'limning milliy modeli tamoyillari mohiyatan ta'limning milliy-ma'rifiy, milliy tarix, xalq an'analari, milliy merosimiz bilan uyg‘unlikda olib borilishini anglatadi. Shuning uchun «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunning 4-bobida, ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlarni takomillashtirish, uning zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an'analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etilgan. Umuman ta'lim-tarbiyaning milliy modeliga ko‘ra, ta'lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy merosimizni o‘rganish va uni pedagogik tafakkur iste'moliga olib kirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.
Qadrlar tayyorlash milliy modelining birinchi komponenti shaxsdir. CHin ma'nodagi shaxs o‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash salohiyatiga ega bo‘ladi. O‘zi va millat uchun befoyda, zararli odatlaridan voz kechadi. Millat manfaatlarini o‘z manfaati, o‘z manfaatini esa millat manfaatiga erishish sharti deb tuShunadi. O‘z vazifasini millatning kuniga yarash, og‘irini engil qilishda ko‘radi. Shu sababli u o‘z shaxsiy qobig‘idan chiqib ko‘tariladi va millat manfaati uchun, millat farovonligi orqali o‘zini kamolotga erishtirish uchun boshqalardan ko‘proq, samaraliroq mehnat qiladi. Umummilliy g‘oya, maqsadga ishonadi, uni himoya qiladi. Talabada bu fazilatlar birdaniga paydo bo‘lib qolmaydi. U, avvalo, oilada ota-ona, oiladan tashqarida qarindosh-urug‘, qo‘shni-mahalladoshlar orasidagi tarbiyaviy muhitni rag‘batlantirib borish, so‘ngra oliy o‘quv yurtida - mafkuraviy bilimlarni egallash orqali tarbiyalanadi. Shu sababli bu jarayonga ijtimoiy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarash lozim.
Bu bejiz emas, albatta. Chunki, milliy merosimizning g‘oyaviy negizi – shaxs tarbiyasi, uning ma'naviy ehtiyojlariga da'vogar bo‘lgan omillarni o‘rganishdan iborat bo‘lib kelgan, ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ta'lim jarayoni dunyo bo‘yicha turli mamlakatlarning yaqinlaShuvi, tom ma'noda global, insoniyat tsivilizatsiyasi taqdiri uchun hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Bu omillar orasida yuzaga kelgan umumiy va milliy o‘ziga xosliklar alohida ahamiyatga ega.
Ta'limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bog‘liq. Insoniyat tsivilizatsiyasi rivojining yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o‘zgartiradi. O‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ta'lim tizimi sifat jihatdan yangicha talablar qo‘yadi.
XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta'lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.
Ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta'lim samaradorligi o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan xolda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta'lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi.
Navqiron avlod davr ruhida ma'naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, Shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz ham qiyin. Mana Shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib shakllantirish, voyaga etkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir.
Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‘oyaviy uyg‘unlik – ta'lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma'naviy-ma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda o‘tmish allomalari, mutafakkirlarining ma'naviy meroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g‘oyat beqiyosdir.
Demak, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish sohalari va yo‘nalishlari xilma-xil bo‘lib, ulardan samarali va to‘g‘ri, o‘rinli foydalanishni talab etadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur va muhimdir. Mafkura bo‘lmasa xalq, millat, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Mafkura jamiyat, xalq va millatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotiga maqsad va yo‘nalish beradi. Milliy g‘oya, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda:
1) Nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur.
2) Mustaqillikni mustahkamlab, ma'naviy, ma'rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish, yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib, yagona maqsad yo‘lida safarbar etishni taqozo etadi. Ayniqsa fuqarolarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan va tuzilgan ma'naviyat va ma'rifat Respublika Kengashi targ‘ibot-tashviqot ishlarini uzluksiz olib borishni davr taqozo etmoqda.
3) Maktablar, litseylar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida bevosita ma'naviyat masalalari bilan Shug‘ullanadigan mutassaddi mutaxassislar lavozimlarini joriy etib, ular hayotini yanada faollashtirish lozim.
4) Oila, mahalla, umumiy o‘rta, umumiy maxsus, kasb-hunar ta'limi, maktabdan tashqari muassasalar, oliy ta'lim tizimida bolalar, o‘smirlar, talaba yoshlar ongini yuksaltirish, ularni ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli xil tashkilot va to‘garaklar tuzish, ongni fikrlashga o‘rgatish, ularning tafakkurida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Demak, milliy istiqlol g‘oyasini ommaga tuShunarli tarzda etkazish, qurollantirish, shakllantirish, to‘g‘ri idrok qilish malakasini hosil qilish uchun quyidagi omillarga e'tibor bermoq zarur:
1. YOshlarga e'tiborni yanada kuchaytirish kerak. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish» g‘oyasi qat'iy tizim doirasida amalga oshishini taqozo etadi. Tarbiya muassasalari deb nomlanuvchi ko‘plab jamoat tashkilotlari xususan, «Maktab», «Mahalla», «Oila» va boshqalar ta'lim muassasalaridan ajralib qolgan. Xamkorlik, hamjihatlikni ta'minlash kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy va tashkiliy asoslari. O‘zbekiston rahbariyatining bu boradagi tashabbuslari va ularning xalqaro xamjamiyat tomonidan e'tirof etilishi.
O‘zbekistonliklar jahonda Shu jumladan, Markaziy osiyo mintaqasida terrorchilik bilan bog‘liq qaynoq nuqtalar borligini juda yaxshi biladilar. O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh Afg‘oniston va bir mintaqada joylashgan Pokiston kabi davlatlar hududida jonoyatshi-terrorchilar harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, O‘zbekistonga kirishishga harakat qilayotganliklari hech kimga sir emas. Ularning maqsadi kimyoviy, bioogik qurollardan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanib harbiy harakatlarini boshlashdir.
O‘zbekiston hududida sodir etilgan bir necha terrorchilik harakatlari bunday umumiy havfga qarshi kurash markazlari ishlab turibdi. Shuningdek, ko‘pgina davlat idoralari, ayniqsa, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirligi, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojhona va prokuratura idoralarining terrorchilikka qarshi kurashdagi faoliyati jadallashdi, bu boradagi imkoniyatlardan samaraliroq foydalanilayapti. Aholi o‘rtasida hushyorlik ogohlik mazmunida tuShuntirish ishlari, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayapti, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot ishlari olib borilmoqda, ta'lim muassasalarida mashg‘ulotlar olib borilyapti.
O‘zbekiston respublikasi terrorchilikni bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlarga dunyo jamoatchiligini jalb etmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasida yuqori minbardan turib: “Dunyoda terrorizm taxdidlari, ayniksa, sunggi yillarda kuchayib borayotgani ularga kdrshi, asosan, kuch ishlatish yuli bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.
Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir”3 deb, ta'kidlagan edi.
Afg‘oniston va boshqa musulmon davlatlari hududidagi harbiy lagerlarda terrorchi uyushmalar bemalol tayyorgarlik ko‘rayotganligidan tashvishlangan O‘zbekiston davlatining rahbari xalqaro terrorizmga qarshi kurash Markazini tuzish zarurligi to‘g‘risidagi taklifini Evropa xavfsizlik harakati tahskilotiga a'zo davlat va hukumatlarga MDH davlatlariga, Markaziy Osiyoda, Qirg‘iziston, Tojikiston davlati rahbarlariga etkazadi. Bu taklif Rossiya, AQSH, Xitoy kabi yirik davlatlar tomonidan xam e`tirof etildi. Terrorchilikning har qanday ko‘inishlariga zarba berish, terrorchilikni qo‘llab quvvatlayotganb davlatlarga qarshi kurash olib borish jahon hamjamiyati bilan birgalikda davom ettirilmoqda.
O‘zbekistonda 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun bilan qabul qlingan. Shuningdek, O‘zbeksiton Respublikasi jinoyat kodeksining
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham daxldor masaladir.Chunki diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kuraShuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning xavfi 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990-1996 yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yilda Toshkent shahrida, 1999 yil 19- fevralda Toshkent shahrida , 1999-2001 yillari Qirg‘izistonning Bodken, Ozbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatida, 2004 yil mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida amalga oshirgan terrorchilik xarakatlari timsolida o‘zini ko‘rsatdi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1998 yilda tashkil topgan 62 guruhining Afg‘oniston masalasini hal qilishda va Toshkent Deklaratsiyasining ahamiyati juda katta.
2001 yil 28-sentyabrda BMT ning Havfsizlik Kengashi 1373-sonli rezolyutsiyasini qabul qilib,terrorizmga qarshi kurash komitetini tuzdi.
BMT ning terrorizm va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta xujjati (11 ta konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. O‘zbekiston 12 ta ana Shunday halqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Ular qatorida:
1971 yildagi fuqaro aviatsiyasining havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1973 yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, Shu jumladan diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf etish:
1979 yildagi garovga olish xarakatlariga qarshi kurash:
1980 yildagi yadroviy materiallarning himoyasi:
1988 yildagi dengiz kemalari xarakati havfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash:
1997 yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash:
1999 yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro konvensiyalari borligini ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Evropa Kengashi doirasida ham terorizmga qarshi 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan.
Jamiyatning barqaror rivojlanishida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tadrijiy va tizimli ravishda amalga oshiriladigan islohotlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tub, sifatiy o‘zgarishlarning asosini tashkil etadi.
Huquqiy davlat qurish borasida respublikamizda keng miqyosli ishlar amalga oshirilib, bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishildi. Xlqaro andozalarga javob beradigan va milliy o‘zligimizni aks ettiradigan Konstitutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan, jahon miqyosida e'tirof etilgan ko‘plab halqaro dekloratsiya, konvensiya va hujjatlarga qo‘shildi va Shundan kelib chiqadigan siyosiy va huquqiy qoidalar respublikamizning siyosiy taraqqiyotida va huquqiy me'yoriy tizimni rivojlantiish jarayonida inobatga olinmoqda. Lekin bu borada hali muayyan muammolar mavjud. CHunki qisqa vaqt mobaynida bunday har tomonlama va chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish uda qiyin. Ayni paytda, inson huquqlari va erkinliklarining qamrov doirasi kengayib, rivojlanib borayotganini va har bir mamlakatda o‘zoga xos tarzda namoyon bo‘layotganini ta'kidlash lozim.Tolerantlik (bag‘rikenglik) munosabati barcha ijtimoiy guruhlar va shaxslar orasida amalga oshirilgan taqdirdagina dunyoviy davlat va jamiyat barpo etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga binoan milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jaomat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. Jahon huquqShunoslik fani tajribasi asosida qabui qilingan bu qoida davlatimizda milliy va diniy asosda nizo paydo bo‘lishining oldini olish uchun xizmat qiluvchi Konstitutsiyaviy kafolatdir.
Jamiyat barqarorligiga to‘siq bo‘luvchi illatlarning yana biri terrorizmdir. Nega inson uni dunyoga keltirgan Ona Yurti, Vatani, millatiga qarshi chiqadi? Nega g‘ayriinsoniy faoliyat yuritib, o‘z yurtdoshlarini o‘ldiradi, butun xalq mehnati bilan yaratilgan binolarni, inshootlarni vayron qiladi? Bunday vahshiyona faoliyat ko‘pincha siyosiy maqsadlarda–hokimiyatni egallash uchun amalga oshiriladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, bozor iqtisodiyotini shakllantirishda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, dunyoviy demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishga qaratilgan siyosiy-huquqiy hamda vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyasi va komil insonni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar-yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish, barqaror riovojlanishining asosiy omillari hisoblanadi.



1 Ш.М.Мирзиёев. Тинчлик, маърифат ва бунёдкорлик йўлида ҳамкорлик. //Халқ Сўзи. 2016, 19 октябрь.

2 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти бош ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи (Нью-Йорк шаҳри, 2017 йил 19 сентябрь) // “Халқ сўзи”. 2017. - 20 сентябрь, № 189 (6883).



3 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти бош ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи (Нью-Йорк шаҳри, 2017 йил 19 сентябрь) // “Халқ сўзи”. 2017. - 20 сентябрь, № 189 (6883).



Yüklə 33,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə