2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi



Yüklə 61,81 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü61,81 Kb.
#141325
  1   2   3
O’zbekiston respublikasi sog-fayllar.org



2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi

ARIZA

Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.

Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari:

Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.

Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi.

Hujjatning nomi (Ariza).

Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).

Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi.

Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).

Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.

Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat peda-

gogika universiteti kasaba uyushmasi hay’atiga Kasb ta’limi fakultetining 2-kurs talabasi Qobil Rahimovdan

ARIZA

Stipendiya miqdorining kamligi va xususiy xonadonda ijarada yashayotganligimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingizni iltimos qilaman.

2012.16.01. (imzo) K. Rahimov

BILDIRISHNOMA, BILDIRGI

Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi.

Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.

Bildirishnomaning zaruriy qismlari:

Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.

Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.

Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).

Matn sarlavhasi.

Bildirishnoma matni (mazmuni).

Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).

Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).

Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).

O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirligiga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i

S.K. Qurbonovga korxona bosh texnigi

M. Dadaboyevdan

BILDIRISHNOMA

Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning o‘zida tekshirish va nazorat sinovini o‘tkazish bir qancha sozlovchislesarlar va haydovchilarni belgilangan vaqtdan keyin ham biroz muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq, biz belgilan gan vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo‘limida rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Aytilganlar asosida Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etish chora-tadbirlarini o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman.

Korxona bosh texnigi (imzo) M. Dadaboyev 2012.10.10.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka) lariga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda aso san talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.


Yüklə 61,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə