2-laboratoriya Mavzu: Cisco routerida statik va dinamik



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə1/3
tarix07.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#115979
  1   2   3
tajriba ishi 2-3 topshiriqlar


2-laboratoriya
Mavzu: Cisco routerida statik va dinamik marshrutlashni sozlash
Ishdan maqsad. Cisco routerlarida statik va dinamik marshrutlashni sozlash ko`nikmalariga ega bo`lish.
Nazariy qism
Router tarmoqlar o`rtasida tarmoq paketlarini yo`naltiruvchi qurilma hisoblanadi. Router paketni boshqa tarmoqqa yo`naltirishi uchun, u aynan o`sha router tarmoqlari haqida ma`lumotga ega bo`lishi kerak. Aks holda router paketni yo`naltirishi lozim bo`lgan tarmoqqa yo`naltira olmaydi. Routerlarda marshrutlashni ikki xil usul orqali amalga oshiriladi.

Statik marshrutlash paketlarni qo`lda ko`rsatilgan yo`nalishlar orqali bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa yo`naltiradi.
Statik marshrutlashning quyidagi afzalliklari mavjud:

  • routerdan resurs (operativ xotiradan, protsessordan, kesh xotiradan) talab qilmaydi;

  • xavfsizlik,ya’ni paketni aynan lozim bo`lgan kanaldan o`tkazishda.

Kamchiligi:

  • agar router soni oshib ketadigan bo`lsa, mutaxassisdan yuqori malaka talab qiladi;

  • tarmoqdagi tezlik miqdori tushiradi;

  • tarmoqdagi biron bir routerga yoki qurilmaga masofadan boshqarish protokollari (ssh/telnet)orqali ulanganimizda qotish alomatlari kuzatiladi.

Dinamik marshrutlash tarmoqlar uchun marshrutlash jadvallarini yangilash va ulanishlar topologiyasi va holatiga tezda moslashishi uchun talab qilinadi. Dinamik marshrutlashni amalga oshiruvchi bir qator protokollar mavjud, ya`ni RIP,OSPF,EIGRP,BGP.
Dinamik marshrutlash quyidagi afzalliklarga ega:

  • mutaxassis uchun katta tarmoqlarni o`zaro bir biriga bo`g`lashda qulay hisoblanadi;

  • paketni eng qisqa yo`l orqali uzatishni ta`minlaydi;

  • statik marshrutlashga nisbatan tezroq, ya`ni paketni belgilangan tarmoqqa qisqa vaqt ichida yuborish imkoniyatiga ega.

Kamchiligi:

  • qurilmadan (router, L3 switch) ko`p resurs talab qiladi;

  • xavfsizlikni ta`minlash murakkab hisoblanadi, chunki paketni tarmoqdagi anyan qaysi yo`ldan yuborilishini protokol asosida router belgilaydi;

  • tarmoqda marshrutlovchi protokolllari xatolik yuzaga kelsa, ushbu xatolikni aniqlab, bartaraf etish uchun mutaxassisdan yuqori malaka talab qiladi.


Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə