2-mavzu. Adolat va qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat poydevori Reja



Yüklə 42,81 Kb.
səhifə1/5
tarix30.03.2023
ölçüsü42,81 Kb.
#103763
  1   2   3   4   5
2-Mavzu.ST (1)


2-mavzu. Adolat va qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat poydevori
Reja:
1. Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash - Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir.
2. Mustaqil va odil sud tizimi.
3. Erkin va ochiq fuqarolik jamiyati.
4. Ijtimoiy mas’uliyatli ommaviy axborot vositalari.


Tayanch tushunchalar:davlat organlari, odil sud tizimi, ochiq fuqarolik jamiyati,ijtimoiy mas’uliyat, ommaviy axborot vositalari,jamoatchilik nazorati.

Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash - Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir.


Xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolatni hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylandi.Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash - Yangi O‘zbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir.
Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, qonun ustuvorligini ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish ishlari hayotga izchil tatbiq etilmoqda, sud hokimiyatining fuqarolar hukuqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi rolini oshirmoqdamiz.Konstitutsiya va qonun normalari so‘zsiz ishlashi uchun ishonchli hukuqii kafolat yaratilmoqda.
Inson hukuqlari sohasida ham holat tubdan o‘zgardi. Majburiy mehnat va bolalar mehnatito‘liq bartaraf etildi. Inson xuquqlari bo‘yicha milliy strategiyaniqabul qildik. O‘zbekiston BMTning Inson xuquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylangani olib borayotgan siyosatimizning yuksak xalqaro e’tirofidir.
Islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning Xalqimizning bu boradagi taraqqiyot strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi insonga, xalqqa, xalqning davlatga bo‘lgan munosabati o‘zgarayotganida ham namoyon bo‘lmoqda.
Sud-xuquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Ko‘p yillar davomida saqlanib kelganhuquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud idoralarining asosan jazolashdan iborat bo‘lgan funksiyasiga chek ko‘yildi.Bu esa, ajdodlarimiz azaldan amal qilib kelgan“Zulm qilma, insofli bo‘l, xalq uchun adolat qo‘rg‘onini bunyod et”, degan hayotiy tamoyiliga to‘la mosdir.
Biz sud-huquq tizimini isloh etishda shunday hayotiy talablardan kelib chiqdik. Xususan, “sudyaning ongida - adolat, tilida - haqiqat, dilida - poklik bo‘lishi kerak”, degan g‘oyani ilgari surdik va uni amalda qaror toptirishga intilmoqdamiz.
Hibsga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish, ruhiy hamda jismoniy bosim o‘tkazish va boshqa g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikka solish holatlariga qarshi prinsipial kurash boshladik. Fuqarolarni soxta dalillar, tuhmat va bo‘htonlar asosida javobgarlikka tortishdek nomaqbul amaliyotga barham berildi.
Yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan minglab vatandoshlarimizga O‘zbekiston fuqroligi berildi.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu borada muhim qonun hujjatlarini qabul qildik va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentliginitashkil etdik.



Yüklə 42,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə