2. Nerv sistemasi, yurak- qon tomir Tayanch xarakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari



Yüklə 0,98 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#136039
ashurov sherzod 1 mus ishi


Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari.
Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari.
Reja:
1.Yosh fiziologiyasi ósib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari
2.Nerv sistemasi, yurak- qon tomir
3.Tayanch xarakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi. Yosh fiziologiyasi faniturli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada.
Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat. Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash. Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi.
Organizm bir-biriga bog‟liq bo‟lgan qonuniyat asosida o‟sadi va rivojlanadi. Shunga qaramasdan, bola ba‟zan tez o‟sishi yoki rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Tuxum hujayra urug‟langandan boshlab odam rivojlana boshlaydi, bu jarayon to umrining oxirigacha davom etadi. Embrionning rivojlanishini embriologiya, turli yosh davrlarini esa gerantologiya fani o‟rganadi. Bolaning rivojlanishi deganda, embrionning yetuk organizmga aylanishi tushuniladi. Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo‟lsalar ular shunchalik o‟chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta‟sir ko‟rsatish ularning salomatligiga ham ta‟sir ko‟rsatishdir.
Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə