2. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib chiqilayotgan mahsulotlarini sertifikatlash-tirish



Yüklə 27,18 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü27,18 Kb.
#136442
SERTIFIKATLASHTIRISH


SERTIFIKATLASHTIRISH
1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib chiqilayotgan mahsulotlarini sertifikatlash-tirish.
3. Sertifikatlashtirish sxemalari.






Tayanch so‘zlar: sertifikat, sertifikatlashtirish, sertifikatlash-tirish tizimi, majburiy sertifikatlashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish, muvofiqlik, muvofiqlik bayonoti. 

.1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni

Mazkur qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalarga alohida ahamiyat berilgan, shuningdek qonunda O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish organlari, ularning faoliyati, sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari, sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan.
2-bob 7-moddasida ko‘rsatilishicha mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi. Tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘lishi ta’kidlangan va albatta muvofiqlik belgilari sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reyestridan o‘tkazilishi alohida ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.
Sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi.
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarning) javobgarligi haqida ham ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 4-bobning 22-moddasiga binoan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof ravishda berganligi uchun, sinov natijalari haqida norto‘g‘ri ma’lumot berganligi uchun qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Qonunda ko‘rsatilgan tadbir va tartiblar, albatta sertifikatlashtirish ishlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalar va atamalar



Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa meyoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xo‘sh, sertifikatlashtirish tushunchasi nima? 
Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi. 
“Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlash-tirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qo‘llanmasiga kirgazilgan. 
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti-ning qo‘llanmasida “sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan: 
sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlash-tirishda /muvofiqlikni sertifiklashtirish/ uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi; 
sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi /ta’minlov-chining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish/ tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda. 
Qo‘llanmaning qayta ishlangan nushasida muvofiqlikni “sertifikatlashtirish” tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan. 
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlash-tirish belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. 
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriya-sining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, mol/ ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri “sertifikatlashtirish tizimi” bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.
“Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi /sxema sertifikatsii/ kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning sertifikatlash-tirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi”. 
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi. 
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlash-tirish idorasi tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir. 
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. 
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi. 
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo mustaqil ravishda ish ko‘radilar. 
Uchinchi tomon tarafidan qilinadigan sertifikatlash-tirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi. 
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan. 
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan o‘tkaziladigan texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, kemalarning, suzish vositalari-ning, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog‘ texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi. 

2. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib chiqilayotgan maxsulotlarini sertifikatlashtirish



Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash-tirish O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Unga binoan:
“Mahsulotni sertifikatlashtirish” (keyinchalik sertifi-katlashtirish) mahsulotga o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat;
“Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat;
“Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa meyoriy xujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qo‘llaniladigan belgi tushuniladi. 
Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
- inson sog‘lig‘i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof-muhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga oshirish uchun;
- xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun;
- mamlakatimiz va qo‘shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish uchun;
- iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) uchun;
- ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun.
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458 sonli raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish qoidasi” ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlash-tirish milliy tizimida (keyinchalik O‘z SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan umumiy talablarni belgilaydi.
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan va chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, vazirliklar, Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorining 2-ilovasida keltirilgan.
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi:
sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish;
meyoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish;
buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish;
identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga yetkazish;
akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish;
mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash;
sifat tizimini baholash; 
mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash;
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki bermaslik;
O‘z SMT Davlat reyestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish;
chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish;
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun) barqarorligi ustidan tekshiruvchan nazorat olib berish;
apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari:

– 1. Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish:



– O‘z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o‘tkazish uchun yurtimiz yoki chet el so‘rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi.
– Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot), gigiyenik sertifikat ilova qilinadi.
– Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.
– Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
– ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi (u mavjud bo‘lganda);
mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi.
Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo‘lgan holda, so‘rovchi buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin.
So‘rovchida bunday idora haqida axboroti yo‘q bo‘lganida va u manfaatdor bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin.
SI buyurtmani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil qiladi hamda uni olgandan boshlab 2 kundan kechiktirmay so‘rovchiga muayyan bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishni belgilangan tartibiga asoslangan sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartnomani o‘z ichiga olgan, shu jumladan, o‘tkaziladigan sertifikatlashtirishga muvofiq keladigan sertifikatlash-tirish sxemasi va kerak bo‘ladigan MH ko‘rsatilgan Qaror to‘g‘risida xabar beradi.
Qarorda, shuningdek sinovlarni o‘tkazadigan akkreditlangan sinov laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirilishi kim tomonidan o‘tkazilishi (agarda bu sertifikatlashtirish sxemasi bilan mo‘ljallangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Tez buziladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish buyurtmasi, kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va u bo‘yicha qabul qilingan qaror, so‘rovchiga, murojaat qilingan kunning o‘zida xabar qilinadi.
Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlashti-rishni o‘tkazish muddati, “Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan tovarlarni (mahsulotlarni) O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va uning hududidan olib chiqib ketish tartibi» to‘g‘risidagi qo‘llanmada aniqlangan.
2. Sertifikatlashtirish uchun sinovni o‘tkazish. 
Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, berilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan MH larda ko‘rsatilgan sinovlarni o‘tkazish huquqi O‘z SMT da akkreditlangan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) bo‘lmasa, SI yoki SMI haqiqiy natijalarni ta’minlovchi, sinovlarni o‘tkazish joyi, tartibi va sharoitlarini belgilaydi.
Sertifikatlashtirish uchun sinovlar, konstruksiyasi, tarkibi va ishlab chiqarish jarayoni, iste’molchiga (buyurtmachiga) taqdim etilayotgan mahsulotlarga aynan o‘xshash bo‘lgan mahsulot to‘pidan (yoki seriyasidan) olingan namunalarida o‘tkaziladi. Namunalar soni ularni tanlab olish tartibi, aynan o‘xshatish va saqlash qoidalari sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni MH lari va sinov uslublarida belgilanadi.
So‘rovchi, zarur bo‘lganda, tarkibi va mazmuni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tarkibida belgilanadigan namuna (namunalar) ning texnik xujjatini taqdim etadi.
Namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish, belgi qo‘yish va tamg‘alashni, namunalarni sinash joyiga yetkazishni ta’minlaydigan so‘rovchi ishtirokida, SI yoki sinov laboratoriyasi amalga oshiradi.
Bunda namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi.
Bojxona ta’minotidagi import mahsulotlaridan namuna tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan uning inspektori va tovar egasi yoki uning ishonchli shaxsi ishtirokida sertifikatlashtirish idorasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda namuna (kichik namuna) lar tanlab olish dalolatnomalari uch nusxada tuzilib, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi.
So‘rovchi, shuningdek, SI ga mahsulotni ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini (ularni amal qilish muddatlarini hisobga olgan holda) yoki O‘z SMT da akkreditlangan yoki tan olingan yurtimizning yoki chet el sinov laboratoriyalari tomonidan bajarilgan sinovlari to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin.
Buyurtmachi iltimosiga ko‘ra uning vakillariga sinovlarni tashkil qilinishi va sharoitlari bilan tanishib chiqish imkoniyati berilishi lozim.
So‘rovchi o‘z mahsulotining sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada sinovlarning maxfiyligini va normal sharoitlarni saqlanishini ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilinishi lozim.
Namunalar sinovlarining sifati va ishonchliligi hamda ularni saqlash bo‘yicha javobgarlik, texnikaviy layoqatligi va mustaqilligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasiga yuklanadi. Sinov bayonnomalari vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va laboratoriya rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil laboratoriya bo‘lmagan taqdirda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun sinovlarni faqat texnikaviy layoqatligiga akkreditlangan sinov laboratoriyalarida SI vakilining nazorati ostida o‘tkazishga ruxsat etiladi.
Bunday sinovlarning xolisligi bo‘yicha javobgarlik sinov laboratoriyasi bilan birga ularni o‘tkazishni topshirgan SI ga ham yuklanadi. Bu holda sinov bayonnomalari SI vakillari tomonidan ham imzolanadi.
Sinov bayonnomalari so‘rovchiga va SI ga taqdim etiladi. Sinov bayonnomalarining nusxalari sertifikatning amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi lozim. Bayonnoma nusxalarini saqlashning aniq muddatlari bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida va sinov laboratoriyasi hujjatlarida belgilanadi.
Agarda mahsulotning alohida parametrlari bo‘yicha sinovlari har xil akkreditlangan sinov laboratoriyalarda (markazlarda) o‘tkazilgan bo‘lsa, unda mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligini ijobiy bahosi bo‘lib zarur bo‘lgan barcha ijobiy natijalari sinov bayonnomalarining mavjudligi hisoblanadi.
Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi.

3. Ishlab chiqarish holatini baholash


Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini baholash bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlash-tirishini o‘tkazish tartibi bilan belgilanadi. Baholash natijalari bo‘yicha tekshirish dalolatnomasi tuzilib, sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda u hisobga olinadi.
Mahsulot sertifikatida ishlab chiqarishni tekshirilgan-ligi, sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida yoki sifat tizimini sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida axborot beriladi.
4. Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish.
So‘rovchilarga muvofiqlik sertifikatini va sertifikat-lashtirilgan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini berishni SI, ular bo‘lmasa, SMI amalga oshiradi.
SI sinov bayonnoma (lari) ni ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini baholab va ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, O`zRH 51-021 “O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Davlat reyestrini olib borish qoidalari” da belgilangan O‘z SMT ning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi va so‘rovchiga topshiradi. Sertifikat faqat ro‘yxat raqami bo‘lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda belgilangan. 
Sertifikat berish bo‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni ko‘rib chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, sinash va tekshiruvchan nazorat, hujjatlarni ro‘yhatdan o‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlashtirilgan muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga SI belgilaydi. 
Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, so‘rovchi mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi.
Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish.
O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar sertifika-tini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar.
Respublikada foydalaniladigan yurtimiz va chetdan keltirilgan mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bo‘lmaganda SMI qabul qiladi.
Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi.
Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi.
Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish
xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar va materiallar ilova qilinishi lozim.
Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH ning qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini taqdim etadi.
Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish (tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda ayrim tavsiflari bo‘yicha o‘tkazishni talab qilishi mumkin.
Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha belgilanadi.
Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reyestriga kiritiladi.
Chet el sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlariga haq to‘lash so‘rovchi tomonidan bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 409-sonli “Majburiy sertifikatlash-tirish kerak bo‘lgan tovarlar (mahsulotlarni) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab chiqilib, 26 fevral 2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.
Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda saqlanishi mumkin.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi o‘rnatgan muddatda amalga oshiriladi.

Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari 1 kundan 5 kungacha


Yengil sanoat mahsulotlari 5-10 kungacha
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta ishlashdan boshqa) 10 kungacha
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari 5-15 kugacha
Mashinasozlik mahsulotlari 10 kungacha
Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar 15 kungacha
O‘lchash vositalari 5-30 kungacha

Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda, sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.


Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MHD) o‘zaro kelishuviga muvofiq, MHD davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.

Teglar: sertifikatlashtirish uchun mahsulotlarni O‘zbekiston ishlab sinov muvofiqlik tomonidan Sertifikatlashtirishbo‘yicha mahsulot bilan o‘tkazish bo‘lgan olish amalga Respublikasi qilish mahsulotni belgilangan
Yüklə 27,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə