25-mavzu. Bоzоr iqtisоdiyotida raqоbat. Reja : Kirish Raqobatning mohiyati va ob`ektiv asoslari



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə1/4
tarix10.03.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#102229
  1   2   3   4

25-mavzu. Bоzоr iqtisоdiyotida raqоbat.
R e j a :


Kirish
1. Raqobatning mohiyati va ob`ektiv asoslari
2. Raqobatni rivojlanish bosqichlari, turlari va usullari
3. Mukammal raqobat. Nomukammal raqobat va uning asosiy ko`rinishlari
Xulosa
Kirish
Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‘mol) muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o’tkazishdan iborat. Talab ko’p bo’lsa, taklif ko’payadi va narxga ham bog’liq bo’ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o’tkazadi.
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobatning to’rtta shakli mavjud:
1. Erkin raqobat;
2. Monopolistik raqobat;
3. Monopoliya;
4. Oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi, chunki korxonalar soni ko’p bo’lganligi sababli umumiy ishlab chiqarish hajmi unga katta bo’lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sabali, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.

Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning unlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.


Oligopoliya tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan ham sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Masalan, po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir sanoatning bir turdagi mahsulotlaridir, iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektrbuyumlarini ishlab chiqaruvchilar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.

Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə