3 -ma’ruza Tikuv mashinalarini moki mexanizimlari texnik xizmat ko‘rsatish. Ma’ruza rejasi



Yüklə 155,5 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü155,5 Kb.
#97486
3-маруза Тех Хиз-2


3 -ma’ruza


Tikuv mashinalarini moki mexanizimlari texnik xizmat ko‘rsatish.


Ma’ruza rejasi



  1. Tikuv mashinalarini moki mexanizimlarining tuzilishi, vazifasi, ishlash prinsipi.

  2. Tikuv mashinalarini moki mexanizimlariga texnik xizmat ko‘rsatishdagi amalga oshiriladigan ishlar



1. Moki mexanizmlarini vazifasi


Xar bir tikuv mashinasidagi moki mexanizmlari asosiy mexanizmlardan hisoblanib, ular ignani kalta ariqchasi tarafda hosil bo‘lgan solqini ilib olish bilan birga, uni kengaytirib o‘zlarini Qaltaklaridagi ip atrofida aylantirib u bilan chalishtirish vazifasini bajaradilar.
Moki mexanizmlari markaziy Qaltakli, nomarkaziy Qaltakli, hamda vertikal tekislikka parallel tekislikda aylanuvchi va gorizontal tekislikka parallel tekislikda aylanuvchi turlarga bo‘linadilar. SHuningdek, buralma-qaytma xarakat qiluvchi moki mexanizmlari xam ma’lum.

2. 1022, 1022-M, 97-A, 220 va 862 sinf mashinalarini


moki mexanizmlari.

Quyida ko‘rsatilgan sinf mashinalarining moki mexanizmlarini kinematik sxemalari keltirilgan.



Rasm 3.1. 1022 sinf mashinasini moki mexanizmi sxemasi.

Rasmda: 1. Bosh val. 2,3,5,6 - konik shesternyalar. 4. Vertikal val. 7. Moki vali. 8. Moki. 9. Qadaluvchi vintlar. 10. Moki burni.


1 bosh val soat strelkasi bo‘ylab aylanganida, 3 shesternya xam soat strelkasi bo‘ylab aylanadi, u 4 val bilan 5 shesternyani xam o‘sha tarafga aylantiradi, natijada 6 shestyarnya soat strelkasiga qarshi tarafga aylanib, 8 mokini xam o‘sha tarafga aylantiradi. Bosh val bir marotaba aylanganida, moki ikki marotaba aylanadi, birinchi marotaba u ishchi xarakat bajarsa (igna ipini o‘z ipi bilan chalishtirsa), ikkinchi marotaba salt aylanadi.

Rasm 3.2. 97-A sinf mashinasini moki mexanizmi sxemasi.

Rasmda: 1. Yгmalash podshipnigi. 2. Tishli barabanlar. 3. Tishli tosma. 4. Gorizontal val. 5. Ichki tishli shesternya. 6. Tashqi tishli Qilidark. 7. Moyli idish. 8. Moki vali.



Rasm 7.3. 1022-M sinf mashinasini moki mexanizmini sxemasi.

Rasmda: 1. Ikki qatorli yumalash podshipnigi. 2. Tashqi tishli ilashma.





Rasm 7.4. 220 sinf yarim avtomatini moki mexanizmi sxemasi.


Rasmda: 1. Tirsakli val. 2. SHatun. 3. Ayrisimon ikki elkali richag. 4. Sirpangich. 5. Barmoq. 6. Koromislo. 7. Moki vali.


8. Moki yuritgich (karetka).

Bosh valni tirsagi shatun 2 ni yuqoriga ko‘targanda 3 richag soat strelkasiga qarshi buraladi, natijada 4 sirpangich va 5 barmoq yordamida 6 koromisla 7 moki valini xam soat strelkasiga qarshi tomonga buradi, bunda 8 moki yuritgich mokini (sxemada ko‘rsatilmagan) soat strelkasiga qarshi tarafga buradi. Aksincha bosh val 1 ni tirsagi 2 shatunni pastga qarab surganda, 8 moki yuritgich mokini soat strelkasi bo‘ylab buradi.


Moki yuritgichni burilish burchagi 206-210 atrofida o‘zgartirilishi mumkin.
Buralma-qaytma xarakat qiluvchi moki mexanizmlari 220 sinf puxtalash yarim avtomatidan tashqari, 1 sinf, 2-M sinf, 100 sinf, CHayka-116, CHayka-134, CHayka-143 uy tikuv mashinalarida ishlatiladi.

Rasm 7.5. 862 sinf mashinasini moki mexanizmi sxemasi.


Rasmda: 1. Gorizontal val. 2. Yo‘naltirgichlar. 3. Tashqi tishli ilashmalar. 4. Moki vali. 5,6. YUmalash podshipniklari.
7. CHetlatgich vali. 8. Krivoship. 9. Bormoq. 10. CHetlatgich richagi.
11. Moki. 12. Moki burni.

3. Moki mexanizmlaridagi sozlashlar:


Bu mexanizmlarda iki turli sozlashlar ko‘zda tutilgan.


1. Moki burnini ignani kalta ariqchasi tarafida xosil bo‘lgan solqini ilib olish vaqtini sozlash. Igna eng pastki xoldan 1,5-2,5 mm ko‘tarilganda mokining burni uni xarakat chiziQida bo‘lishi lozim. Agar kechikib kelsa, solqini ilib ololmaydi – mashina tikmaydi, voxli kelsa igna sinishi yoki mashina tashlab-tashlab tiqishi mumkin.
Bu xol (Rasm 7.1.) 9 vintlarni bo‘shatilib, 8 mokini soat strelkasi bo‘ylab yoki soat strelkasiga qarshi tomonga 7 moki vali atrofida burish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Moki burni bilan igna orasidagi masofa 0,1-0,15 mm bo‘lishi kerak. Bu masofa katta bo‘lsa mashina tikmaydi, kichik bo‘lsa moki burni ignaga tegib uni sinishiga sabab bo‘ladi.
Bu sozlash yana 9 vintlarni bo‘shatilib, moki 8 ni uni vali 7 bo‘ylab chapga yoki o‘ngga surish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

4. Mexanizmlarni bir-biridan farqlari va afzalliklari


1022 sinf mashinasidagi mexanizmda mokiga bosh valdan tishli ilashmalar orqali xarakat uzatish ko‘zda tutilgan, bu xol mexanizmni ancha shovqin sharoitida ishlashiga sabab bo‘ladi.
1022-M, 97-A, 862 sinf mashinalarida mokiga xarakat bosh valdan tishli tasmalar orqali uzatiladi, bu shovqinni ancha kamayishiga sabab bo‘ladi, ammo tasmalarning cho‘zilishga ishlashligi sababli, gohida ular solqi holga kelsa, ularni tez almashtirish
kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari 97-A sinf mashinasida mashinadagi xamma ishqalanuvchi bo‘Qinlarga, shuningdek mokiga xam avtomatik ravishda moy uzatuvchi nasos sistemasi ishlatilgan. Bu detallarni qizishini oldini oladi, ularni ishlash muddatini oshiradi, shovqinni kamayishiga sabab bo‘ladi.


Nazorat uchun savollar:



  1. Tikuv mashinalarini moki mexanizimlarining tuzilishi, vazifasini aytib bering.

  2. Tikuv mashinalarini moki mexanizimlarining ishlash prinsipini tushuntirib bering.

  3. Tikuv mashinalarini moki mexanizimlariga texnik xizmat ko‘rsatishdagi amalga oshiriladigan ishlar nimalardan iborat?

Yüklə 155,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə