3- ma`ruza: til birliklarining nutqdagi vazifalari va qo 'llanish xususiyatlarl



Yüklə 1,75 Mb.
tarix27.01.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#99517
4 mavzu

Mashg’ulot rejasi:

  • Mashg’ulot rejasi:
  • 1.Til va tafakkur.
  • 2.Til va nutq.
  • 3.Davlat tili tushunchasi.
  • 4.O‘zbek tili va davlat qonunlari.
  • Tafakkur arabcha so’z bo’lib, fikr yuritish,o’ylash, fikrlash kabi ma‟nolarni ifodalaydi. Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi:
  • Ki har ishni qildi odamizod,
  • Tafakkur birla qildi oni bunyod.
  • Tafakkur fikrning ko’pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo’lishidir, ya’ni fikr (tafakkur)ning ro’yobga chiqishida til asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog’liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo’lolmaydi (obrazli qilib aytadigan bo’lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo’lolmaganidek).
  • XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko’p o’ylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so’zi ham shunchalik go’zal bo’ladi, boshqalarga ibrat bo’ladi.
  • Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida o’sib, rivojlanib boradi. Demakki, til va uning ko’rinishi bo’lgan nutq ham tafakkur bilan bog’liq holda takomillashib boradi.
  • “O’zbek tilining izohli lug’ati”da “til”ga shunday ta’rif beriladi: “Kishilar o’rtasida, jamiyatda o’zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o’rganilish obyekti”. Biz o’z fikrimizni tilsiz turli vositalar bilan (qo’l, bosh, yuz, ko’z harakati bilan) ham bir qism ifodalashimiz mumkin. Biroq til va uni ro’yobga chiqaruvchi nutqimizsiz ko’zlangan maqsadga to’liq erisholmaymiz.
  • Inson ongi biror bir voqelik aks ettirar ekan, u so’zlar orqali (nuqt vositalari bilan) yuzaga chiqaradi. Odamzodning bolaligidan to umrining oxirigacha oladigan ilmiy va hayotiy ta’limi so’z va til vositasida amalga oshadi. Tafakkur, til va uning yuzaga chiqaruvchi (og’zaki,yozma shaklda) vosita so’z bo’lar ekan (nutq), bu borada A.Navoiyning quyidagi misralarini eslatib o’tish maqsadga muvofiq:
  • Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
  • Bilki, guhari sharif yo’qdur ondin.

1. Til – aloqa quroli. Nutq ana shu aloqa jarayonini amalga oshiruvchi vosita, aloqa shaklidir.

  • 1. Til – aloqa quroli. Nutq ana shu aloqa jarayonini amalga oshiruvchi vosita, aloqa shaklidir.
  • 2. Tilning umri uni yaratgan xalqning o’zidek uzoq tarixga ega. Nutqning umri alohida bir shaxs umri bilan teng.
  • 3. Til muayyan bir tilda so’zlovchilar uchun umumiy bo’ladi. Til me’yorlaridan kelib chiqib, barchaga bir xil talab qo’yiladi. Masalan, maktab so’zi turli hududlarda turlicha talaffuz etilsa ham (jumladan, maktap, mektep va h.k.), orfoepiya qoidasiga ko’ra shu millatning barcha vakili maktab tarzida talaffuz etishi me’yoriy hol sanaydi.

4. Til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan bo’ladi. Til va nutq o’z birliklariga ega. Til birliklari sifatida quyidagilarni sanash mumkin:

  • 4. Til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan bo’ladi. Til va nutq o’z birliklariga ega. Til birliklari sifatida quyidagilarni sanash mumkin:
  • Fonema – tilning ma’no farqlash qiymatiga ega bo’lgan eng kichik birligi. Fonema hozirgi zamon tilshunosligining mustaqil tarmog’i bo’lmish fonologiyada o’rganiladi.
  • Morfema – tilning xususiy ma’noga ega bo’lgan, boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan birligi: tur, yur, boshliq va b.
  • Leksema – jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo’lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan til birligi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə